Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


sotsiologiyaning formal - analitik maktabi asoschilaridan biri deyish mumkin



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
sotsiologiyaning formal - analitik maktabi asoschilaridan biri deyish mumkin. 
Tennisning nazariy sotsiologiyasi asosini qarama - qarshi mohiyatga ega ikkita 
yechimli - «jamoa» va «jamiyat» tashkil qiladi. Tennis fikricha, tarixiy jarayon qarama – 
qarshi-qarashlardagi odamlarning - jamoa va jamiyatdagi birgalikdagi hayotidan 
iboratdir. 
Bu ikkita qarama - qarshi ijtimoiy aloqalarning asosiy manbai sifatida inson erki 
maydonga chiqadi. «Jamoa» ga insonlar O’zlarining tabiiy erklari asosida, «jamiyat» ga 
esa ratsional erk asosida birlashadilar. 
«Jamoa»dagi insonlararo munosabatlar tabiiyligi, osoyishtaligi va maromiyligi bilan 
ajralib turadi. «Jamoa» ning bu jihatlari oilaviy - qarindoshchilik munosabatlarida, 
qO’shnichilik va dO’stlik munosabatlarida, urf-odat, anhana va din orqali amalga oshadi. 


«Jamiyat» turidagi munosabatlar turli ko’rinishdagi shartnomalar, savdo 
munosabatlari va boshqa holatlarda namoyon bo’ladi. Jamiyatdagi aloqalar faqatgina 
odamlar orasidagi munosabat emas, balki turli guruhlar va tashkilotlar O’rtasidagi 
munosabatlar hamdir. 
Sotsiologiya tarixida Georg Zimmelgp (1858-1918) g’oyalarining M. Veber va E. 
Dyurkgeym g’oyalari kabi XX asr sotsiologiyasi rivojida O’ziga xos O’rni bor. 
Zimmelgp, O’zining falsafiy va sotsiologik ijodini ijtimoiy munosabatlar tipologiyasini, 
analitik va formal sotsialogiyani rivojlantiruvchi anhanalar tahliliga bag’ishlanadi. 
Agar Zimmelgp tomonidan asoslangan ijtimoiy hayot shakllarini klassifikatsiya 
qilishga urinsak, unda ularni quyidagicha ajratish mumkin: 
1) ijtimoiy jarayon; 2) ijtimoiy tur; 3) rivojlanish modeli. 
Zimmelgp shaharlar demografiyasi, din va ehtiqodlar, bilish va boshqalarni 
sotsiologik tahlil qilish uchun kO’pgina qimmatli g’oyalarni ilgari surdi. Zimmelning 
g’oyalari zamonaviy sotsiologiyadagi madaniy tanqidiy anhanalarning shakllanishiga 
kuchli tahsir ko’rsatdi. 
Frantsuz sotsiologi E. Dyurkgeym (1858-19171) ham Kontga O’xshab sotsiologiya 
tabiiy fan metodlari asosida ish tutish kerak, deb hisoblaydi. U ijtimoiy faktlar tarkibiga 
jamoaviy qarashlar, axloqiy hayotning har xil mavjudliklari, anhanalar, urf-odatlar, rasm-
rusumlarini kiritgan. Dyurkgeymning fikricha, «ijtimoiy haqiqatga obhektiv 
yondashishni tahminlab beruvchi asosiy qoida ijtimoiy faktlarga narsa sifatida 
qaralishidir». 
Dyurkgeym qarashlari asosini «sotsiologizm» g’oyasi tashkil etadi. Frantsuz 
sotsiologi odamlararo ishonchning muhimligini tahkidlab, kishilar yagona umumiy g’oya 
atrofida birlashishlari lozimligini ehtirof etadi. 
E.Dyurkgeymning «ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi to’g’risida» deb nomlangan asosiy 
ishi bevosita «hamjihatlik» muammosini O’rganishga bag’ishlangan. U sotsiologiyaning 
asosiy vazifasi ijtimoiy integratsiyani tahminlovchi ijtimoiy aloqa va mexanizmlar 
tabiatini aniqlashdir, deb biladi. Dyurkgeym jamiyat evolyutsiyasini O’rganib, ijtimoiy 
aloqalarning ikki asosiy turini ajratadi: «mexanik hamjihatlik» va «organik hamjihatlik». 
Birinchi turida arxaik jamiyat alohida individlarni O’ziga butunlay buysundirmoqchi 
bo’ladi. Bunda ijtimoiy hamjihatlik inson axloqini qattiq nazorat qiluvchi diniy ishonch, 
urf-odat, anhanalar orqali ijtimoiy ongga singdiriladi. Organik hamjihatlik bo’lgan 
zamonaviy ijtimoiy aloqalarda umuman boshqa narsa kuzatiladi. Bu yerda ijtimoiy 
birlashuv individlarning iqtisodiy O’zaro aloqalari va mehnat taqsimoti orqali 
tahminlanadi. Dyurkgeym nuqtai nazaricha, XIX asr kapitalizmiga xos ziddiyatlar 
mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi va turli ijtimoiy salbiy oqibatlar bartaraf etilgan 
taqdirda O’z-O’zidan hal bo’ladi. 
Buyuk nemis mutafakkiri M. Veber tomonidan ilgari surilgan bilimlar, g’oyalar, 
metodologik yondashuv, bilish nazariyasi, ideal tiplar g’oyasi, madaniyat, etika, din 
sotsiologiyasi haqidagi qarashlari ilmiy jamoatchilik tomonidan ehtirof etilgan. Uning 
fikricha, sotsiologiya ijtimoiy tarixiy faoliyatlarning subhektiv sohalarini hisobga olish
voqelikni ilmiy metodologiya talablariga mos ravishda obhektiv va empirik jihatdan 
tadqiq etish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish mumkin. Sotsiologiya, Veber 
tahkidlashicha, ijtimoiy fanlar orasida shunday O’rin tutishi lozimki, uning asosiy 
vazifasi – insonning ijtimoiy hulqi mohiyati va ahamiyatini tushunish,
jamiyat rivojiga 
sabab bo’lgan qonunlar yechimini ko’rsatib berishdan iborat bo’ladi. Inson hulqini talqin 
qilish metodiga Maks Veber tomonidan qanchalik katta ahamiyat berilganligiga qarab 
uning sotsiologiyasini kO’pincha tushunuvchi yoki «interpretativ» sotsiologiya deb ham 


atashadi. 
M. Veber ijtimoiy harakatlar yoki xulqning 4 ta asosiy turini ajratadi: 
1)
mablag’ topishni maqsad qilgan harakatlar - oqilona (ratsional) maqsadli; 
2)
muayyan qadriyatlar tahsirida (diniy, axloqiy va boshqa) sodir
etiluvchi harakatlar - oqilona (ratsional);
3) odamlarning immutsional reaktsiyasiga asoslangan
affektiv harakatlar; 
4) anhana va urf - odatlarga qaratilgan anhanaviy harakatlar. 
Veber siyosiy sotsiologiya rivojiga katta hissa qO’shgan. O’zining ijtimoiy harakat 
nazariyasiga tayangan holda, u hukmronlikning 3 turini: dohiyning affektiv harakatiga 
ko’r-ko’rona ishonchiga asoslangan xarizmatik, anhanaviy hamda 
maqsadga 
yO’naltirilgan ratsional turlarini tadqiq etadi. U Yevropa kapitalizmi sharoitida hukmron 
bo’lgan ratsional – byurokratik (rasmiy - huquqiy) davlat modelining jamiyatga kuchsiz 
tahsirini haqqoniy tarzda ko’rsatgan. Veber bu holatdan chiqib ketish yo’lini byurokratik 
davlat apparatini xalq ommasi ehtiyojlariga yO’naltira oladigan, umumxalq saylovi orqali 
saylanadigan siyosiy lider (prezident) ni joriy etish imkoniyatlarini beruvchi 
demokratiyaning rivojida ko’rgan. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə