Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Begonalashuv muammosi - sotsiologiya fanining muhim masalalaridan hisoblanib, 
uni 
bir qator taniqli sotsiologlar O’z tadqiqotlarida O’rganganlar.Zamonaviy jamiyat 
hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
1)
Iqtisodiy
2)
Siyosiy. 
3)
Madaniy. 
4)
Ijtimoiy. 
5) psixologik. 
Ushbu begonalashuv turlari O’zlarining mahlum bir shakllariga egadirlar. Masalan, 
iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega: 
1. Faoliyatdan begonalashuv. 
2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashuv. 
3.Faoliyat natijalaridan begonalashuv. 
Siyosiy begonalashuv siyosiy hokimiyatdan; madaniy begonalashuv-mahnaviyatdan 
va 
madaniyatdan; ijtimoiy begonalashuv muloqotdan, insonlarning bir-biridan
psihologik begonalashuv O’z-O’zidan begonalashuvdan iborat bo’ladi. 
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birilariga bog’lik hodisalardir. Agar
jamiyatda ishlab chiqarish surhatlari keskin pasaysa, xO’jalik aloqalari uzilsa, pulning 
kadri tushib ketsa, narxlar tez surhatlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa 


va siyosiy tanglik vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan
degan fikrga kelishimiz mumkin. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik 
kengaysa, tanazzul ham chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida 
mehnatning taqsimlanishi rO’y beradi. Bir qarashda bu taraqqiyot uchun qO’yilgan katta 
qadamdir. 
Lekin bunda ijtimoiy mulkka asoslangan shunday ishlab chiqarish munosabatlari 
shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan 
uzoqlashib, asta-sekinlik bilan 
O’z mehnatining natijasidan begonalashib boradi. Endi
bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yO’q. Marksizm 
tahlimoti bO’yicha, xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga 
ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin 
ijtimoiy amaliyotda 
esa buning aksi bo’lib chiqdi. 
Siyosiy hokimiyatni bosib olgan proletariat ishlab 
chiqarish vositalarini endi davlat mulkiga aylantiradi. 73 yillik tarix davomida bizga 
uqtirib kelingan 
ijtimoiy mulk mutloq davlat mulki edi, bu mulk 
esa
mulkchilikning eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Mehnat kishisi xususiy 
mulkdan begona etilgan edi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə