Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Milliy mafkura - ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
2.Milliy mafkura - ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng 
qamrovli 
ijtimoiy-iqtisodiy 
isloxotlar jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur qamrab olib, davlatimizni 
rivojlangan mamlakatlar safidan tezroq O’z munosib O’rnini egallashiga xizmat 
qilmoqda. Albatta, ushbu ijtimoiy jarayonning bir tekisda kechishi muayyan 
qiyinchiliklarga duch 
kelmoqda.Mazkur qiyinchiliklar ijtimoiy munosabatlarning
alohida turi bo’lgan milliy mafkurani yaratish harakatlarida kO’proq namoyon
bo’layotgani biz jamiyatshunoslarni kO’proq tashvishga solmoqda. CHunki, milliy
mafkura mustaqil davlatning asosiy mahnaviy poydevorlaridan hisoblanadi.prezidentimiz 
tahkidlaganlaridek – Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo’lmasa 
odam, jamiyat, davlat O’z yo’lini yO’qotishi muqarrar
1
. Milliy mafkuramiz esa biror bir 
siyosiy partiya yoki ijtimoiy harakatlarning emas, 
balki 
umumxalq 
manfaatlarini 
ifodalashi juda muhimdir. Ushbu mafkuraning mazmuni va mohiyati millatimizning 
O’ziga xos bo’lgan tafakkur tarziga mos kelishi uni real hayotdan ajralmasligini 
tahminlaydi. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va 
mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini kO’zlagan va 
uning dunyodagi O’rnini aniq ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va 
ertangi kun O’rtasida O’ziga xos kO’prik bo’lishga qodir g’oyani jamiyat mafkurasi deb 
1
Каримов
И
.
А
.
Жамиятимиз
мафкураси
халк
ни ќалљ,миллатни миллат килишга хизмат этсин.Т.1998.4-бнт.


bilish mumkin. Respublika prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan fikrlardan mahlumki, 
milliy mafkuraning shakllanishiga millatning O’ziga xos xususiyatlari: milliy urf-odatlar, 
qadriyatlar, anhanalar va udumlar negizida shakllanadigan hamda rivojlanadigan tafakkur 
tarzi bevosita asos bo’ladi.
SHu jihatdan qaraganda, milliy g’oya va tafakkur O’zaro bog’liq tushunchalardir. 
SHuning uchun ularni bir-birlaridan sira ajratib olishi mumkin emas. SHu i nazardan
qaysi bir jamiyatda ushbu masalaga to’g’ri munosaatda bo’lib, uning negizida milliy 
mafkura shakllansa, O’sha jamiyatda taraqqiyot, erkinlik va ozodlik qaror topadi. O’rta 
asrlarda yashab O’tgan avlod-ajdodlarimiz hayot yo’llarini tahlil qilib ko’rsak, shunga 
amin bo’lamizki, al Forobiy, al Beruniy, Ibn Sino, A.Temur, Ulugbek, Navoiy, Bobur
va boshqa kO’plab yuksak tafakkur egalari bo’lgan bobokalonlarimiz yashagan 
ijtimoiy – madaniy muhitda shakllangan tafakkur tarzi va milliy 
g’oyalar 
naqadar 
teran va ilmiy asosga qurilganligini ko’ramiz. Demak, ajdodlarimiz yashagan O’sha 
davrlarda ushbu masalalarga katta ehtibor qaratilgan. SHuning oqibati O’larok, Turon eli 
yuksak rivojlangan ilm-fan va madaniyat O’chog’i bo’lgan. Lekin baxtga qarshi, 
Yevropadagi mashhur Renesans davridan ancha ilgari yaratilgan bu taraqqiyot yo’lini biz
asta-sekinlik bilan unuta boshladik. Milliy g’oya, milliy mafkuraning asoslaridan 
bo’lgan mahnaviy boyliklarimizga qanchalik ehtiborimizni kamroq qaratsak, taraqqiyot 
yo’lidan shunchalik chetga chiqib keta berdik va milliy g’oya O’rnini "mahalliychilik" 
g’oyasi egalladi. Buning natijasida markazlashgan ulkan davlatimiz parchalanib, mil-
latimiz 
tarqoq va qoloqlik darajasiga tushib qoldi. Yagona milliy g’oyamizni 
mahalliychilik g’oyasiga aylantirishimiz, buning natijasida esa tarqoqlilik va kuchsizlik 
darajasiga tushishimiz sababli avval chorizm mustamlakasiga, keyinchalik esa 
sobiq 
SHO’ro imperiyasining arzon xom-ashyo yetishtirib beradigan "viloyati"ga aylandik.
Mana endi biz 130 yildan ortiq vaqt davom etgan mustamlakachilikdan qutulib, 
yana markazlashgan davlatchiligimizga erishdik. SHu O’rinda aytishimiz joizki, bizdan 
oldin O’tgan avlod ajdodlarimiz yo’l 
qO’ygan 
xato 
va 
kamchiliklarini 
aslo 
qaytarmasligimiz zarur. Buning uchun yoshlarni milliy istiqlol 
ruhida 
tarbiyalashimiz kerak. Jamiyat hayotini sotsiologik tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, 
Vatandoshlarimiz ushbu milliy mafkura mohiyatini borgan sari chuqurroq tushunib 
borayotganliklarini qayd qilish mumkin. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə