Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Institutsional 
mezon
Bunga 
ilmiy 
darajali 
mutaxassislarning 
fan 
tarmoqlari,ijtimoiy institutlarga taqsimlanishi kiradi. O’z navbatida 
institutsional qismlarni: 
a) 
oliy O’quv yurtlari; 
b) 
O’zRFA ning ilmiy tadqiqot institutlari; 
v) tarmoq vazirligining oliy O’quv yurtlari va 
tadqiqot institutlari;
g) boshqaruv tizimlari (huquq-tartibot, ijrochi, sud
organlari); 
d) moliya xO’jalik tashkilotlari va tizimlari tashkil etadi. 
3) Ilmiy faoliyat va O’ziga xoslik mezoni
Bunda kasbiy mahlumoti 
O’zgacha, 
lekin fan sohasida (spetsifika-O’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan) 
mutaxassis hisoblangan xodimlar xususida tahlil qilinadi. 
4.Demografik-etnik mezon. Bunda xodim demografik, yosh, jins, etnik, milliy va 
hokazo belgilari orqali ifodalanadi. 
5.
Regional mezon. Fan sohasidagi ilmiy 
xodimlarning, hududiy mintaqa 
bO’yicha taqsimlanishi kiradi. 
Ilmiy xodimni baholashda, uning ilmiy darajasi hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo’lmasada, u 
tayyorlagan dissertatsiya fan uchun ahamiyatli, shu sohaga 
kiritilgan ilmiy hissa deb tushuniladi. 
SHaxsning shakllanishi uchun kadrlar bilan uzluksiz, kompleks ravishda quyidagi 


tartibda ish olib borish 
zarur; 
1)
mafkuraviy faoliyatlarni takomillashtirish; 
2)
kadrlarni ilmiy tadqiqot rejalari bO’yicha to’g’ri taqsimlash; 
3)
yuqori 
ilmiy saviyadagi mutaxasis kadrlar tayorlashni yo’lga qO’yish; 
4)
ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan 
davlat-jamiyat talablarini bajarishi 
va ilmiy xodimlarning shaxsiy ehtiyojlarini tO’la qondirish; 
5)
jadal 
surhatlarda kadrlarni 
tayorlash 
va O’stirish uchun ishlab 
chiqarish korxonalari bilan birgalikda ish 
olib borish . 
Ilmiy xodimlarning ijodkorlik qobiliyatini ustirishda raxbarlarning boshqaruv 
qobiliyati 
hal qiluvchi rolgp O’ynaydi. Jamoa har bir ilmiy xodimning ijodkorlik 
qobiliyatini shakllantirish uchun raxbar bilan xodimlar O’rtasida O’zaro ishonchga 
tayangan hamkorlik munosabati O’rnatilishi zarur. Jamoa bilan xodimlarning ish 
natijalari samarasi muntazam baholab borilishi lozim. Bunda : 
1)
ish natijalarining xilma-xil sohalari uchun ahamiyat kasb etishini anglash 
kerak; 
2)
raxbarlik tomonidan jamoaning erishgan yutuqlarini muntazam baholab 
borish orqali mahnaviy psixologik muhitni yaxshilash lozim; 
3)
yuqori saviyada 
bajarilgan ishlarni munosib ravishda taqdirlash
qolganlariga kerakli bo’lgan sharoitni yaratib, yaxshi natijaga keltirish; 
4)
baholashni mahorat bilan yuqori malakada, 
muntazam,
O’z vaqtida, asosli tarzda olib borish zarur. 
«Ilm maskanlarida faqatgina fikr erkinligi, chinakam ijod va izlanish hukmron 
bo’lmogi zarur.»
1
Ilmiy faoliyatning samarali olib borilishida ommaviy axborot vositalari 
yetakchi rolgp O’ynaydi. Holbuki, u 
yoki bu korporatsiyaning ilmiy, ishlab chiqarish 
sohalaridagi, hayot tarzidagi tahsirini ifodalash, ijtimoiy fikrni to’g’ri bayon etish, 
samarali ishlarni ommalashtirish, ijtimoiy iqtisodiy muammolar 
hal 
qilinishi 
siyosatini to’liq olib borishning asosiy yo’lidir. Bunda asosiy diqqat ilmiy elitaga 
qaratiladi. (elita ilmiy muhitning eng sara namoyondalari, davlat siyosatida
dasturiy, moliyaviy tahminot va huquqiy masalalar hal qilinishida ishtirok etuvchi 
yuqori lavozimdagi olimlar kiradi.) 
Fanda nashr 
ishlari, 
nashriy mehnat tahminoti muhim va dolzarb O’rinni 
egallaydi. SHuni aytish joizki, ilmiy muloqot, bilimning 
rivoji, 
tarqatilishi, 
ilmiy
saviya nashr ettirish orqali ehtirof etiladi. Fanda ilmiy elitaning bergan intervyu va 
maqolalari orqali davlat siyosatining asosiy strategik maqsadlari bayon etilishi; ilmiy 
muhitni isloh qilish, O’zgartirish usullari bO’yicha foydali taqliflar berilishi
mumkin. 
Bu juda katta ahamiyatga ega, 
chunki ilmiy muhit islohi, uning
xarakteri va yo’nalishi, ilmiy siyosatning olib borilishi, mablag’ manbalari va 
ularning hajmi hamda muhimligi diqqatga sazovordir. 
Fan ahliga, ziyolilarga samarali ishlash uchun zarur sharoit yaratib berish davlatning 
burchidir. 
Hozirgi vaqtda fan tahminotining kontseptual vaziyati quyidagicha: 
-ilmiy tadqiqotlarning tO’la tahminlov kontseptsiyasi; 
-muhim ilmiy yo’nalishlarga 
xomiylik qilish kontseptsiyasi; 
-fanning bozor jarayoniga moslashishi kontseptsiyasi; 
Ilmiy tadqiqotlarning tO’la tahminlov kontseptsiyasining asosiy mohiyati shundash
iboratki, 
uni tashkil qiluvchi elementlari amaliy (konkret ilmiy natijalar
oluvchi) 
fan va fundamental (nazariy kontseptsiya va modellardan tashkil 
1
Ислом
Каримов
«
Бунёдкорлик
йулидан
» 
Тошкент
– «
Узбекистон
» - 1996 
й
, 90-
б
). 


topgan) fan bilan hamohang rivojlanishi lozim. Bunda ayniqsa, fundamental fan rivojiga 
kO’proq urg’u beriladi. 
Turli xil fundamental fan yo’nalishlari, tarmoqlari, uning 
maktabi O’z-O’zidan 
rivojlangan emas, ularning birortasini yO’qotish fundamental 
fan tizimga katta zarba berishi 
mumkin. Bundan chiqadigan xulosa 
shundan 
iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tahminlov masalasi jiddiy va og’ir bo’lsada, 
davlatning fundamental fanga munosabati paternalizm (katolik dinidagi xudoga sodiklik) 
yoki islomdagi iymon darajasidagi sodiqlik kabi bo’lishi lozim. Bu borada prezidentimiz 
– «Ayniqsa fundamental fanlarga alohida ehtibor berish kerak. CHunki fundamental 
fanlar taraqqiyot asosidir» - degan fikrni ilgari suradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan 
tahminlovi quyidagicha: 
1) 
davlat byujetidan to’g’ridan-to’g’ri 
sarmoyalar ajratish; 
2) 
grant va innovatsion loyihalar orqali mablag’ ajratilishi; 
3)
korxona, firma va korporatsiyalar tomonidan byudjetdan tashqari hisob bO’yicha 
mablag’ ajratilishi asosida olib borilmokda. 
Lekin shuni 
aytish joizki, grant va innovatsion loyihalar bO’yicha tahminlov 
epizodik xarakterga ega bo’lib, u fanning asosiy muammolarini yechishda yordam bera 
olmaydi. Korxonalar, firma, korporatsiyalar tomonidan ajratilgan byujetdan tashqari 
tahminlov juda ham 
kam (yO’q hisobida), holbuki, kO’p ishlab chiqarish 
kompaniyalari fanga investitsiya ajratishga qodir emaslar. 
Muhim ilmiy yo’nalishga xomiylik qilish kontseptsiyasida mamlakatdagi mavjud 
iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay fanning bahzi bir zaruriy fundamental yo’nalishlari 
uchun davlat tomonidan yordam berilishi kO’zda tutiladi. Natijada fanda muayyan 
jiddiy institutsional va iqtisodiy jihatdan obhektiv zarurat kelib chiqishi mumkin. Fanning
bozor iqtisodiyotida islohotlanishi, moslashuvi zarur bo’lib, u O’z O’rnida fan 
tarmoqlari va sohalarini nechog’li maqbul 
rivojlantirilishiga bog’liq. Demak, zaruriy 
ilmiy yo’nalishlarni avval nazariy, sO’ngra institutsional shaklda, huquqiy 
asosda 
tahminotini rejalashtirish yo’lga qO’yiladi. 
Davlat boshqaruvi tahminoti ilmiy yo’nalish doirasidagi maktablarning hozirgi
kunda faqat "omon" qolishi uchun emas, balki jahon andozalari bO’yicha 
zamonaviy talab va taqlifga mos ravishda barpo qilinishiga kO’maklashishi kerak. Zero, 
voqelikni umumiy va 
tadbiqiy izchillikda tasvirlash obhektiv taraqqiyot qonunlarini
ochib berish, ilmiy faoliyatda moddiy texnika va 
informatsion 
tahminlovni
muxtasar tarzda tahlil qilish imkoniyatini tug’diradi. 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə