Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
1.Madaniyat sotsiologiyasi. 
Madaniyat moddiy va mahnaviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va O’zaro munosabatlar, 
siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, tahlim, tarbiya, ijod, ilm - fan, xizmat ko’rsatish, 
turmush tarzi qabilar bilan birga rivojlanadi. Jamiyatning taraqqiyot darajasini aks 
ettiradi. 
Madaniyat tushunchasi keng va tor mahnolarda ishlatiladi. Keng -mahnoda - 
insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va mahnaviy 
boyliklarning yig’indisini aks ettiradi. Tor mahnoda madaniyat atamasi jamiyatning 
mahnaviy estetik turmush darajasini ifodalash uchun qo’llaniladi. Madaniyat atamasi 
keng mahnoda qo’llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va mahnaviy hayotida 
qO’lga kiritgan yutuqlar majmui, biror ijtimoiy guruh yoki xalqning mahlum davrda 
qO’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, O’qimishlilik, tahlim - tarbiya ko’rganlik, 
ziyolilik, mahrifatlilik hamda turmushning mahrifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan 
shartlari yig’indisini bildiradi. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga kura 2000 yil 
"Xalqaro jahon madaniyati yili" deb ehlon qilinganligi bejiz emas. 
Madaniyat sotsiologiyasi-«tushunuvchan"("izohlovchi") sotsiologiya 70-yillarda 
Germaniya va Frantsiyada vujudga kelgan oqim. Madaniyat sotsiologiyasi ijtimoiy 
hayotning murakkab shakllari, aqliy va mahnaviy hayoti, yahni sanhatni, din sohasini
fanni va hokazolarni tahlil etishga qobiliyatsiz bo’lgan pozitivistik sotsiologiyaning 
nazariy-metodologik chegaralanganligiga aks tahsir sifatida vujudga kelgan. 
Madaniyat - insonning faoliyati, uning oqibatida yaratilgan moddiy va mahnaviy 
qadriyatlar bo’lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo’lgan ijtimoiy 
hodisadir. 
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va mahnaviy madaniyatga bo’lish rasm bo’lgan. 
Madaniyatning bunday bo’lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi - moddiy va 
mahnaviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liqdir. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə