Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
3.Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi. 
Jamiyatda insonlar faoliyati hatti-harakatlari va xulq atvorlarini ijtimoiy mehyorlar 
boshqaradi. Ijtimoiy mehyor- jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, shaxs yoki 
ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar 
majmuidir. Ijtimoiy mehyorning xulqiy, axloqiy, diniy hamda urf odatlariga oid turlari 
mavjud. Ijtimoiy mehyorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan moslashtirib 
borilgan shaxslar kO’pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga 
chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, 
balki unga tO’siq bo’luvchi mehyordan og’ish holatlari ham mavjud bo’lib, 
sotsiologiyada bu narsa «Deviantlik holatlari», undan tug’iluvchi xulq atvorni «Deviant 
xulq-atvor» deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda O’rnatilgan axloq mehyorlarga 
mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy hodisa bo’lib, 
yolgonchilik, dangasalik, ugirlik, ichkilikbozlik, giyoxvandlik, O’z joniga qasd qilish va 
boshqa kO’plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant 
xulq-atvor deganda quyidagilar nazarda tutiladi: A) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda 
O’rnatilgan qonun va mehyorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati 
jinoyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. 
V) Ichkilikbozlik. 1) Alkogolni har zamonda istehmol qilish. 
2) Alkogolni kO’p istehmol qilish. 
3) Alkogolizm- spirtli ichimliklarga patalogik O’rganib qolish bilan tavsiflanuvchi 
kasallik. 
S) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qO’yish 
va tibbiy ko’rsatmalarsiz istehmol qilish. 


D) Fohishabozlik. Ikki turga bo’linadi. 1.Konkubinat – nikohsiz birga yashash. 2. 
Fohishabozlik – pul uchun O’z tanasini sotish. G’arb mamlakatlarida asosan ikkinchisi 
qoralansada, SHarqda ikkala holatga ham mehyordan og’ish sifatida qaraladi. Ulardan 
tashqari, xalqimizda mahalliychilik, urug’ aymoqchilik boqimandalik kabi salbiy holatlar 
ham mehyordan chekinishning diqqat talab ko’rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-
atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan 
guruhning og’ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. 
Mahlumki, ijtimoiy mehyor va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning 
ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-
mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun qoidalaridagi 
axloqiy mehyorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «Qonunlar»da barcha 
huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, 
deb hisoblangan.
O’rta asrlarda aholi mehyorlari diniy qarashlar tahsiri ostida rivojlandi va ulardan 
chekinish diniy nuqtai-nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada 
hukmronlik qilgan bo’lsa, SHarq dunyosida axloqiy huquqiy mehyorlar va ular haqidagi
tahlimotlar islom falsafasi tahsirida rivojlandi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy 
mehyoriy va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Monteskgpe, 
Russo, Bekkorio, Gelgpvetsey, Didro, Golgpbax, Morelli va Furgpelar O’z ilmiy 
izlanishlaridan ijtimoiy mehyorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlarini 
topishga intildilar. 
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar 
taraqqiyotiga ham O’z tahsirini ko’rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy mehyordan 
og’ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki tahlimot, Dyurkgeymning "Anomiya" g’oyasi 
edi. Dyurkgeym fanga O’zi kiritgan "Anomiya" atamasi orqali qonunchilikni,
qonunlarning tan olinmasligi va ularga amal qilinmaslikni tushunadi. 
Deviant xulq atvor muammolarini tahlil qilishda Merton ishlab chiqqan tahlimot
sotsiologiyada yetakchi O’rin tutadi. Dyurkgeymning "Anomiya" g’oyasini rivojlantirib, 
Merton deviant xulq atvorga quyidagicha tahrif beradi: "Deviant xulq atvor jamiyatda 
ehlon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq atvor standartlari bilan aholi xulq atvor
motivlari hamda 
mavjud imkoniyatlarni bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir". 
SHaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo’lishi shakllanishi va
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan 3ta omilni ko’rsatish mumkin. Bular shaxs 
xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlaridir. 
a) SHaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3ta omil muhim ahamiyat kasb 
etadi,bular:
-irsiy omillar;
-psixofiziologik omillar;
-shaxsning bilim darajasi. 
b) Muammoli vaziyat shunday holatki u subhektdan yechimini talab qiladi, uning 
yechimi ijtimoiy mehyorlarda ko’rsatilgan bo’lsada, u yoki u sabablarga ko’ra, ushbu 
mehyorlarni qO’llash qiyinroq bo’ladi. 
Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, yahni turli shaxslar yoki
guruhlarning mahnfaatlari bir-birilariga tO’qnash kelganda yuz beradi. SHu O’rinda 
tahkidlab O’tish joizki O’z joniga qasd qilishlarning 40 foizi oilaviy mojarolardan 
paydo bo’ladigan ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi. Jamiyatda shaxs shakllanishiga tahsir 
etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi darajasiga ko’ra 


muammoli holatning 4ta asosiy holati kO’zga tashlanadi: 
1. Hech qanaqa muammo yO’q holat, bunday holat hech qanaqa qaror qabul qilishni 
talab qilmaydi; 
2. Muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo’lsada, uning yechimi ham ijtimoiy 
mehyorlarda ko’rsatilgan holat; 
3. Mavjud muammoni subhekt ijtimoiy mehyorlar doirasida hal qila olmaydigan 
holat; 
4. Muammoni hech qanaqasiga hal qila olmaydigan holat. Ushbu turlicha holatlar 
keng kO’lamda biridan ikkinchisiga O’tib turadi. Jamiyat ahzolari shaxsiy nuqtai-
nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq atvorga nisbatan ijtimoiy faol
munosabatlarini tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi 
shaxslar,tashkilotlar raxbarlarining O’rni va roli kattadir. "Bahzilarga mumkin,
boshqalarga mumkin emas","Hozir yaxshi ertaga yomon" va shu kabi munosabat 
holatlarining ikkilamchi fehl atvor shaklida, yahni parallel standartlar yo’nalishida amal
qilishiga izn berish juda xavflidir shu boisdan har qanday holatlarda ham mansabdor 
shaxslar turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog 
tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor mehyorlarini 
buzishi qathiy qoralanadi. 
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik giyohvandlik, O’z-O’zini 
O’ldirishlar bilan bog’liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy 
oqibatlariga ko’ra mohiyatdan farqli jihatlarga egadir. 
Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishi deviant xulqi turmush 
tarzining uzviy bo’lagiga aylanib ketishidan iborat bo’ladi. Doimiy oilaviy 
kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, ishdagi tushunmovchiliklar va 
hokazolar, bularning bari mavjud vaziyatni O’zgartirishga urinadi. Bu O’rinda ijtimoiy 
institutlardagi kamchiliklar, shu jumladan, ziddiyatlar rivojlanishining oldini oluvchi va 
ularga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ham salbiy rolgp O’ynaydi. 
Ikkinchi farq, yuqoridagi holatlarni hal qilishning mahlum qiyinchiliklarga egaligidir.
Mahlumki, har qanday holatda ham, kO’p "qurbon" berib bo’lsada, to’g’ri yechimga 
erishish mumkin. Lekin hamma gap shundaki, subgpekt "qurbon" bera oladimi: xotini
(yoki eri) bilan ajrashib keta oladimi yoki yO’qmi. Kathiy qarorga kela olmay, 
kO’pincha subhekt O’rinbosuvchi vositalarga, ichkilik va giyohvand moddalarga 
murojaat etadi. Biroq bu yo’l ziddiyatning chuqurlashuviga va turmush tarzini
zararlantiruvchi faktorga olib keladi. 
SHaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni jamiyatning va atrofdagi odamlarning qathiy 
nazorati ostida amalga oshadi. Insonlar bolalarni faqat O’rgatibgina qolmasdan xulq 
atvor mehyoriy talablarining to’g’ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy 
nazorat vakili vazifasini bajarishadi. 
Agar nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu individual tavsifga ega bo’ladi va 
agar butun bir jamoa, oila, dO’stlar, maktab, mahalla tomonidan amalga oshirilsa,
ijtimoiy tavsifga ega bo’ladi. hamda ijtimoiy 
nazorat deyiladi. 
Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi 
bo’lib, diviant xulqatvorining oldini olishda ham ushbu jamoalarning O’rni katta 
bo’ladi. 
Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu - oiladir. 
Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog’lom oila muhitning O’rni 
beqiyosdir. Keyingi yillarda yurtimizda oila haqida sog’lom avlod haqida O’ylash,


oilani mustahkamlash borasida bir qancha ishlar amalga oshiriladi. Xususan,
yurtboshimiz tomonidan 1998 yilni "Oila yili" deb ehlon qilinishi fikrimizning isbotidir. 
prezidentimiz I.A.Karimov O’zining "Barkamol avlod orzusi" asarida shunday fikrlar 
yuritadi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos anhanalar,
qadriyatlar, urf odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy 
hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. 
Inson hatti-harakati, xulq atvori va faoliyatini tahlim muassasalari, mahalla, mehnat 
jamoasi, umumdavlat miqyosida esa, huquqni muhofaza etuvchi organlar (sud, 
prokuratura, militsiya) ham nazorat qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy 
nazorat institutlari vazifasini bajarishadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə