Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


SHaxs, Jamiyat va davlat sotsiologiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
 
1.SHaxs, Jamiyat va davlat sotsiologiyasi. 
SHaxsning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi O’rni va mohiyati doimo sotsiologiya 
fanining muhim va bahs talab sohalaridan biri bo’lib kelgan. Insonning mohiyatini 
O’rganish eramizdan oldingi davrlarda Xitoyda boshlangan edi. Buyuk faylasuf 
Konfutsiy va uning izdoshlari inson shaxsining mazmuni,mohiyati,shakllanishi va 
rivojlanishiga doir qimmatli fikrlar bildirganlar. Eramizdan oldingi 298-238 yillarda 
yashagan olim Sengp-TSzi shunday deb yozgan edi: "Tug’ma xususiyatlar bu-samoviy 
munosabatlar hosili bo’lib, ularga tahlim yoki ularni odamning O’zi yaratishi vositasida 
erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun 
orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu 
shunga olib keladiki, kishilar O’zaro raqobatlashadilar bir birlariga yon bermaydilar. 
SHuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini O’zgartirish yaratilgan qoidalar 
asosida tahlim berib, ularni adolatlilikka va mashuliyatlilikka O’rgatish lozim". 
Abu Nasr Farobiy "Arastu falsafasi" asarida qadimgi yunon olimining inson 
haqidagi fikrlarini quyidagicha sharhlaydi: "Arastu insonda, hayvonlarda bo’lmagan 
boshqa imkoniyatlar, ruh va ruhiy kuchlardan paydo bo’lolmaydigan sabab va asoslarni 
topadi. Inson tabiati va unda mavjud bo’lgan tabiiy kuchlarni tushuntirish borasida ular 
faqat ruh faoliyatiga qaraganda yuksakroq faoliyat uchun moslashganlar degan fikrga 
keladi..."
1
Bu O’rinda Arastu,nega bunday bo’lishini O’rganishga majbur bo’ldi va inson 
nutq egasi ekanligini topdi,nutq esa aql bilan bog’liqdir... 
Insonning muhim xususiyatlaridan biri -uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson 
O’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida O’zi kabi insonlar bilan birlashishga 
intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sunhiy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa 
insonlar O’rtasidagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo’lsa, 
O’zidagi yovuzlik va hayvoniy tabiatidan holi bo’la olmaydi. 
1
Форобий
.
А
.
Н
.
Фозил
одамлар
шахри
Т
.1993 102-
бет



Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: "Har bir 
inson O’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikga 
erishmoq uchun kO’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir O’zi bunday narsalarni qO’lga 
kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. 
Bunday jamoa ahzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va 
yetuklikga erishish uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. SHuning uchun inson 
shaxslari kO’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga O’rnashdilar, natijada inson 
jamoasi vujudga keldi" 
SHu bilan birga inson fikrlovchi mavjudotdir. U ko’rgan va eshitganlarini yodda 
saqlaydi, O’z hayoloti, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilimlarni, mahlumot va 
axborotlarni tahlil etadi, umumlashtiradi, transformatsiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim 
va tajribalarini takomillashtiradi, O’z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvurlay oladi. 
Hozirgi davr sotsiologiyasida "inson" deganda Yerda yashayotgan mavjudot 
turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur vakilini ifodalovchi umumiy 
tushunchadir. Inson bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning ichida ham tabiatga, ham 
ijtimoiy hayotga mansubdir. 
Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biridir. SHaxs 
esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u mahlum va betakror individlikga ega 
bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini tahminlaydi. Ijti-
moiy munosabatlarga kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va mehyorlarni 
O’zlashtirib berish uchun zamin yaratadi. Bu jihatdan u ijtimoiy tahsir obhektidir. 
SHuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda 
faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar obhekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga 
aylanadi. 
Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy 
munosabatlardagi O’rni yuksalib bordi. Insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy 
institutlarni nazorat etish,inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik 
O’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy 
kishilik birliklarini fuqarolik jamiyati, deb atash boshlandi. 
Kishilik jamiyati-bu iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va mahnaviy sohalarda kishilar 
orasida yuzaga keladigan va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan munosabatlar 
yig’indisi bo’lib, jamoa turmush tarzining tarixiy shakllangan formasidir. 
Fuqarolik jamiyati g’oyasi oliy maqsad sifatida bir necha asrlardan beri yashab 
kelmoqda erkaklar va ayollarni bir biri bilan bog’lab turuvchi kO’plab ijtimoiy, 
fuqaroviy, diniy, iqtisodiy, madaniy aloqa va munosabatlar yanada rivojlanadi. Fuqarolik 
jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir shaxs boshqalar bilan birla-
shishi yoki boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Fuqarolik jamiyati 
shuningdek insonni ulug’vorlikni, yuksaklikga kO’taradi. 
Hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari 
to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan bo’lsak, u holda fuqarolik jamiyati bu:
-avvalo, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy ijtimoiy va mahnaviy sohalarida ixtiyoriy 
ravishda shakllangan, boshlang’ich nodavlat tuzulmalarini O’z ichiga qamrab olgan 
insoniy birlikdir. 
-ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, mahnaviy, axloqiy, 
diniy,ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir.
-uchinchidan,erkin individlar ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning 
turli davlat organlari tazyiqlari yoki bir qolibga tushib qolishlaridan qonunlar vositasida 
himoyalangan jamiyat bo’lib, unda ular O’zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy 


imkoniyatlarga ega bo’ladilar. 
SHu bilan bir qatorda hozirgi davrda fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari 
shakllandi. Bular asosan quyidagilar:
Iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar, kooperativ shirkatlar. ijara jamoalari, 
aktsiyadorlik jamoalari, uyushmalar, korparatsiyalarning mavjudligi; 
Ijtimoiy sohada: oila, partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlari, ish va yashash 
joylaridagi O’z-O’zini boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari. 
jomoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning zamonaviy shakllari: 
ijtimoiy ixtiloflarni kuch bilan emas, balki qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining 
mavjudligi; 
Mahnaviy sohada: so’z, vijdon va fikrlar erkinligi, O’z fikrini ochiq bildira 
olishning real imkoniyatlari: ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham 
qonuniy, ham ommaviy jihatdan tahminlanganligi. 
Fuqarolik jamiyatining belgilari, mezonlari va insitutlarini tasavvur qila olgan har 
bir kishiga ko’rinib turibdiki, bunday demokratik jamiyatning asosini O’z-O’zini 
boshqarish va jamoat tashkilotlari O’zaro munosabatlarining majmuasi tashkil qilar ekan. 
Fuqarolik jamiyati insonlarda O’z-O’zini anglash, ularning obhektiv rivojlanishdagi 
mashuliyat hissini sezish qobiliyatining yuksalishida hamohang ravishda shakllanib 
boradi. Bu jamiyatda shakllangan imkoniyatlar fuqarolari siyosiy, axloqiy va huquqiy 
madaniyatlari darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi
1
. Qadimgi davrdan boshlab to 
O’rta asrlargacha bo’lgan zamonda davlat keng talqin etilgan, lekin u O’zi tashkil 
qiladigan va ifodalaydigan jamiyatdan alohida emas edi.
Nikkolo Makiavelli adabiyotlarga "Stato" degan maxsus terminni kirgizib, u 
davlatni, uning qandaydir aniq shaklidan qathiy nazar jamiyatning alohida siyosiy 
tashkiloti sifatida talqin etdi. 
" Davlat" tushunchasi odatda mahlum bir hududda oliy hokimiyatga ega tashkilotni 
anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama anglash uchun 
uning muhim belgilarini bilish lozim. 
Davlat O’zining tuzilishi jihatidan 3 ga bo’linadi: 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə