Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
-rivojlangan fuqarolik jamiyatining mavjudligi
-barcha fuqarolarning huquqiy tengligi; 
-huquqning umumiyligi, uning barcha fukarolar, tashkilotlar, muassasalar, jumladan, 
davlat hokimiyatiga ham teng taalluqli bo’lishi; 
- xalq va davlat suverenitetining konstitutsion huquqiy jihatlardan 
muvofiqlashganligi; 
-qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlarining bo’linishi, ular faoliyatining
hamkorlikdagi birligi; 
-individ erkinligini cheklash faqat barcha kishilar erkinligi va huquqlarini himoya qilish 
bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Huquqiy davlat shaxsning mutloq erkinligini bildirmaydi. 
Har bir shaxsning erkinligi boshqa kishining erkinligiga zid kela boshlasa, xuddi shu 
yerda uning erkinligi tugaydi. 
O’zbekiston Respublikasida milliy istiqlol sharofati bilan bozor munosabatlariga 
O’tish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish uchun qulay shart - sharoitlar 
yaratishga qaratilgan islohatlar tobora chuqurlashib bormoqda. Davlat va hukumatimiz 
milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab kuchli ijtimoiy siyosat yuritib 
kelmoqda. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi ham 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdir. Hozirgi davrda bunday davlat va jamiyat 
barpo etishning konstitutsion va qonuniy asoslari yaratildi. Demokratik tipdagi milliy 
davlatchilik shakllandi. Fuqarolik jamiyat sifatida kO’p partiyalilik va O’z - O’zini 
boshqarish organlari - jamoat birlashmalari tizimi shakllandi. 
2.Ijtimoiy boshqaruv sotsiologiyasi. 
Ijtimoiy munosabatlarning unumli tarzda kechishini har xil mezonlar yordamida 
O’rganadigan fan sohasi ijtimoiy boshqaruv deb nomlanadi. 
Bu fan umumsotsiologiya fanining XX asrning boshlarida Teylor, Veber, Fayola 
kabi olimlar asos soldilar. XX asr O’rtalaridan boshlab boshqaruv muommalarining 
yechilishida sistemali yondashuv qo’llanila boshladi. 
Hozirgi davrda korxona va tashkilotlarni unumli boshqarish davr talabidan kelib 
chiqib, samarali boshqaruv mexanizmlarini yaratish va joriy etishni taqoza etadi. 
Zero, kuchayib borayotgan integratsion jarayonlar va axborotlar tizimining xalqaro 
darajaga yetib borishi, raqobatning kuchayishi va boshqalar ijtimoiy boshqaruvga bo’lgan 
munosabatini foydali tomonga keskin O’zgartiradi va boshqaruv tizimida ijtimoiy 
O’zgarishlarga bo’lgan moslashuvini tezlashtiradi. 


Ijtimoiy boshqaruvning takomillashuv istiqbollari O’zbekistonda barcha islohotlarni 
yanada tezroq va samaraliroq amalga oshirish, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, 
O’z-O’zini boshqarish tuzilmalarini takomillashtirish va oxir oqibatda aholining turmush 
darajasini oshirish imkonini yaratadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə