Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va boshqarish quyidagi asosiy vazifalarni



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va boshqarish quyidagi asosiy vazifalarni 
kO’zlaydi: 
-istiqbolni baholash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko’rsatkichlarini aniqlash 
va unga oqilona yetishning samarali vositalarini belgilash; 
-mehyorlarni aniqlash, istiqboldagi asosiy ijtimoiy talab va uni qondirish imkoniyatlarini 
belgilash; 
-tahdidlarni taxminlash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga aks tahsir etish mumkin bo’lgan 
O’zgarishlarni aniqlash va tahlil etish. 
Ijtimoiy bashorat quyidagi turlarga bo’linadi: 
1.Istiqboldagi holatlarni bashorat qilish - jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti haqida 
olimlarning O’tgan zamon, hozirgi zamon va istiqbol anhanalarini bashorat etishdir. 
2. Mehyorlar bashorati - istiqboldagi kutilayotgan ijtimoiy hayottga mos 
mehyorlarni topish, yahni shu holatga olib keluvchi shart - sharoitlarni aniqlash. 
3.Tahdidlar bashorati - ijtimoiy taraqqiyot jarayonining izdan chiqishi holatining 
tahliliga asoslangan bashorat. 
Ijtimoiy boshqarishni amalga oshirishda ijtimoiy axborot muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ijtimoiy axborot 3 guruhga bo’linadi: 
1. Ijtimoiy guruhlar tuzilmasi va holati haqidagi axborotlar. 
2. Odamlarning mehnat va turmush sharoitilari haqidagi axborotlar. 
3. Odamlarning hayot faoliyati va turmush tarzi haqidagi axborotlar. Boshqaruv nuqtai-
nazaridan ijtimoiy axborot-tashkiliy, nazariy hisobga olish natijaviy axborotlardan 
iboratdir.Ijtimoiy boshqaruv jarayoni ham sifat ko’rsatkichli ham miqdor ko’rsatkichli 
axborotlar orqali amalga oshiriladi. Sifat ko’rsatkichli axborotlar ijtimoiy hodisa va 
jarayonning ta’rifiy xususiyatlari va tarkibiy tuzilishining ko’rinishlari haqidagi 
mahlumotlardir. Miqdor ko’rsatkichli axborotlar ijtimoiy hodisa, jarayonlarning 
miqdor O’lchov shaklida aniqlangan kattaliklaridan iboratdir. 
Bu axborotlar EHM ga asoslangan holda matematik modellashtirishni va u orqali 
ijtimoiy bashorat qilishni, tahlil qilish va baholashni amalga oshirish imkonini beradi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə