Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
4.Mehnat sotsiologiyasi 
 
Jamiyat taraqqiyotidagi barcha O’zgarishlar inson omilining faollashuviga
insonlarning mehnat va intellektual salohiyatidan imkoni boricha unumli foydalanishga, 
barcha mehnatkashlarning ijodiy quvvatlarini tO’la ishga solishga hamda shaxs, jamiyat 
va davlat O’rtasidagi manfaatdorlik va munosabatlarning mutanasibligini tahminlashga 
bog’liqdir. 
Mehnat sotsiologiyasi mehnat sohasidagi ijtimoiy mehnat munosabatlari, iqtisodiy,
ijtimoiy munosabatlarni O’rganadi va ularni boshqa omillar bilan birga boshqarishni 
tahminlaydi. 
Mehnat sotsiologiyasining yaratilishi ancha uzoq tarixga ega va katta manbalarga 
ega bo’lsa ham, hali u fan sifatida tO’la shakllanmagan. Mehnat sotsiologiyasi bO’yicha 
olib borilgan nazariy va amaliy sotsiologik tadqiqotlar juda katta izlanishlar lozimligini 
ko’rsatmoqda. 
Mehnat sotsiologiyasi mehnat sohasi bO’yicha barcha ijtimoiy axborotlarni 
tO’plashga, ishlab chiqarish zahiralaridan tO’la foydalanishga, hamda mehnatni 


boshqarishning optimal strategiyasi va texnikasini belgilashga xizmat qiladi. 
Bizning yosh, mustaqil va kelajagi buyuk davlatimizni taraqqiy ettirishda mehnat 
sotsiologiyasining xalq xO’jaligidagi jarayoni katta ahamiyat kasb etish bilan birga, 
mamlakatda huquqiy, demokratik tuzumni rivojlantirishga, ijtimoiy adolat O’rnatishga, 
mehnat unumdorligini oshib borishiga yordam beradi. Mehnat sotsiologiyasi, bozor mu-
nosabatlari sharoitida mehnat muammolarini tO’la-tO’kis yechib berish va uning 
istiqbollarini belgilashni nazariy va amaliy jihatdan O’z oldiga qO’ymoqda. Bugungi 
kunda mehnatni boshqarishning barcha turkum omillarini hisobga oluvchi axborotlar 
bazasini yaratish va uning sotsiologik monitoringini yaratish maqsadga muvofiqdir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai-nazardan mehnat insonlarning tabiatga to’g’ridan-to’g’ri 
tahsiri jarayonidan iborat bo’lib, uning natijasida istehmol bahosi, moddiy va mahnaviy 
manfaat paydo bo’ladi. Mehnat, asosan inson faoliyatining shakli, turmushning muhim 
sharti sifatida ko’rib chiqiladi. 
Mehnat tabiatan jamiyatni tabiatdan, insonni hayvonot olamidan ajralib chiqishiga 
sabab bo’ldi va imkon tug’dirdi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə