Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Sotsiologik tadqiqotlarning tashkil etish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
 
2.Sotsiologik tadqiqotlarning tashkil etish. 
Sotsiologik tadqiqotlar rejasi va dasturi to’liq ishlab chiqilgandan sO’ng amalga 
oshiriladi. Sotsiologik tadqiqotlarda sotsiolog O’ziga xos bir necha yo’nalishda faoliyat 
yuritishi ham mumkin. Monografik tadqiqotlar ana shunday ilmiy izlanish usullaridan 
biri bo’lib, muayyan muammo, ijtimoiy jarayon yoki holatning muhim jihatlarni, 
mohiyati va mazmuni negiziga chuqur kirib borishini nazarda tutadi. 
Keng kO’lamdagi tadqiqot jarayoniga kirishishdan avval mazkur tadqiqot amaliyoti 
va usullarini tajribada sinab qurishning ahamiyati kattadir. SHu boisdan ham 
sotsiologiyada «pilotaj» (inglizchada tajriba O’tkazish uchun moslama mahnosini 
anglatadi) tadqiqot usuli ham alohida bo’lajak yangi tadqiqot usuli ham alohida bo’lajak 
yangi tadqiqotni O’tkazish uchun qO’rilgan tayyorgarliklarining kay axvolda ekanligi, 
tarqatiladigan anketa savollari sifati, kuzatish usuli qaydnomalari, hujjatlar tO’plash va 
ularni tahlil etishga oid kO’pgina misollari amalda sinab ko’riladi. Ayni vaqtda bunday 
izlanishlar jarayonida bo’lajak sotsiologik tadqiqotlar O’tkazish uchun zarur bo’lgan vaqt 
va joy masalalari ham hal qilinadi. 
Tadqiqot dasturining amaliy qismida O’tkazilishi mO’ljallangan izlanishning 
bevosita uslubiy jarayonlari birlamchi materiallarni tO’plash ijtimoiy axborot majmuini 
qayta tiklash, tahlil etish va tavsiflash hamda ishlab chiqilgan nazariy va amaliy 
tavsiyanomalarni hayotga tadbiq etish masalalari bayon etiladi. 
Tadqiqot dasturining keyingi bosqichlaridan biri yalpi so’rov natijalari, turli 
tadqiqot usullari jarayonida tO’plangan mahlumotlarni mushohada etish va qayta 
ishlashdan iboratdir. 


Mahlumotlarini atroflicha tahlil etish hozirgi zamonda sotsiologdan chuqur va 
atroflicha bilim talab etadi. 
Ular 
jumlasiga 
tahlilning 
matematik 
usullarini 
yaxshi 
O’zlashtirish, 
programmalashtirish zaruriy usullarini bilish kompgpyuterda ishlash qobiliyatlarini 
kiritish mumkin. 
Ayni chog’da hozirgi ilmiy tadqiqotlar mufassal ishlab chiqilgan mehnat taqsimoti 
dasturiga ega bo’lishni talab etadi. 
Sotsiologik tadqiqotlar O’tkazish jarayonida texnik va texnologik imkoniyatlarning 
kengaytirilishi, ijtimoiy axborot va takliflarning har tomonlama mantiqiy asoslangan 
bo’lishiga doir talablarning oshib borishi, ilmiy izlanishlar davomida kO’plab 
mutaxassislarning jalb etilishi, ish jarayonining kO’p qirraligi, mehnat taqsimoti
dasturning puxta va ilmiy asoslangan bo’lishini taqozo etadi. 
Sotsiologik tadqiqotlarning yakuniy bosqichida hisobot tayyorlanadi. Hisobot ilmiy 
izlanishlar jarayonida tO’plangan empirik mahlumotlarni O’zida ifodalab, dasturda 
belgilangan barcha talablarning qay darajada bajarilganligini bayon etadi. Hisobot 
alohida tO’plangan hujjat sifatida baholanishi va matbuotda ehlon qilinishi mumkin. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə