Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Xoja Baxovuddin Naqshband



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Xoja Baxovuddin Naqshband so’zlari ibratomuzdir: «Tolib avvalo bizning dO’stlarimiz 
bilan ham- suhbat bo’lishi zarur, toki unda bizning suhbatimizga nisbatan qobiliyat 
paydo bo’lsin». Ulug’ hazrat umumiy yaxlit fikrni shakllantirishdan bosh maqsad 
haqiqatni bilmoq mohiyatan xalqqa yaqinlashmoq ekanligini, buning uchun esa bevosita 
muloqot, bahs, suhbatlar asnosida har bir inson O’zligini chuqurroq anglab olishi 
zarurligini tahkidlagan. 
4.
 
Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lishi. 
Jamoatchilik fikri O’z tabiatiga ko’ra dinamik xususiyatga ega ijtimoiy hodisadir. U 


jamiyatda uzoq yillar statik holatda yashab keluvchi passiv ijtimoiy fikrlardan eng 
avvalo, maqsadning konkretligi, ijtimoiy fikr real moddiy kuchga aylanib borganligi,
qatnashchilarining potentsial va real soni inobati, masalan hal etish quvvat hosilasiga 
ko’ra farqlanib turadi .
Jamoatchilik fikri tushunchasi mahno-mazmun nuqtai nazaridan «Jamoat»,
ppJamoatchilik pp, ppFikrpp so’zlarining mantiqiy maqsadni uyg’unlatuvchi mahsulidir. 
Jamoatchilik fikrini teran va to’g’ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi so’z 
terminlarni avval boshdan anglab olmoq muhimdir. Hozir va O’tmishda, Vatanimiz va 
xorijda tadqiqotchilar bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berib ularga maqsaddan 
kelib chiqadigan mahno yuklatib kelishgan. Xususan, aksariyat tadqiqodlarda 
jamoatchilik fikrining tarkibiy qismi bo’lgan «Fikr» tushunchasi tasavvur, muhokama, 
fikr bildirish, ehtiroz, ishonch, ehtiqod, lafz, qarashlar, mulohazalar, fikr yakdilligi va 
hokazo terminlarga sinonim tushuncha sifatida ham talqin etiladi. 
«Jamoatchilik» tushunchasi eng qadimgi davrlarda xususan kO’hna Ellada va Rim 
davlatlari siyosatida muhim O’rin tutgan bo’lib unga xalq fikri nuqtaiy nazaridan qarab 
kelingan. Garchi qadimgi Ellada mamlakatida jamoatchilik fikriga muhim ahamiyat berib 
kelingan bo’lsada, bu masalada kO’proq defferentsial yondashuv ustunlik qilgan. 
Xususan, xalq fikri zodagonlar, askarboshliqlari, shaharliklar, ozod afinaliklar fikri 
periferiya, polislar yoxud pleybeylar va qullar fikridan keskin farq qilgan. SHu boisdan 
«Jamoatchilik»termini qadimgi yunon va rim davlatlarida «El, xalq maqsad tilaklari»
polgpsha , CHexoslovakiya, Rossiyada «Yig’in fikr yodi» mahnolari bilan uyqash 
tushunib kelingan . 
Movarounnahrning kO’p ming yilik tarixida jamoatchilik termini muqaddas 
tushunchalardan sanalib shaxs va jamoa munosabatlarida birlamchi O’rin tutib kelgan. U 
shaxsning tavalludidan boshlab butun hayoti davomida muayyan mayoq vazifasini 
O’tab tartib qoidalar, tuzuklar, qonunlar, urf-odatlar va anhanalar tarzida amal qilib 
kishilarning hatti-harakatlari, uy fikrlari, orzulari va rejalarini muayyan maqsadlar sari 
yO’naltirib turgan. SHu boisdan jamoatchilik fikri tushunchasini xalq yondashuvi yohud 
nuqtai nazari tarzida tushunish maqsadga muvofiqdir. Zero, fikr nuqtai-nazar mahnosida
tushunilganda O’z lug’aviy mazmuni zamiriga mulohaza, baholash, qarashlar singari 
tarkibiy hamda tizimiy tushunchalarni ham qamrab oladi. Jamoatchilik fikri 
tushunchasining mahno doirasi juda keng bo’lib, uning tarkibiga mazkur ijtimoiy 
hodisaning shakllanish jarayonlari faoliyat ko’rsatish shart-sharoitlari, umuminsoniy 
vazifalarni hal etishdagi O’rni va tasviri masalalari ham kiradi .Jamoatchilik fikri termini 
G’arbiy Yevropada ilk marta Angliyada huquq nazariyasi fanidan qo’llanilgan bo’lib 
sO’ngra u Olmoniya va Farangiston kabi mamlakatlar ijtimoiy siyosiy hayotida keng 
foydalanila boshladi. XVII-XVIII asrlarda Angliya ijtimoiy hayotida mazkur muammo 
bir muncha tor tushunilib asosan siyosiy fikrlar jamoatchilik fikri sifatida talqin etilib 
mamlakat parlamentida qabul qilingan qarorlarga nisbatan xalqning qarshi yoki 
tarafdor kayfiyati jamoatchilik fikri sifatida talqin etib kelindi. XVIII asr sO’nggiga kelib 
Angliyada shaxs erkinligi va ozodligi amalda tahminlanganligi, har bir shaxsga O’z fikri 
mulohaza va nuqtai-nazarlarini oshkora izhor eta olish huquqlarining rasman berilganligi 
va qonun yo’lida mustahkamlanishi bilan jamoatchilik fikri tushunchasi keng ommalasha 
boshladi. Jamoatchilik fikrining ommalashuvi jamiyatda uning rasmiylashuvi tashkiliy 
shakllanishi jarayonlarini ham tezlashtirib yubordi. Ijtimoiy hayot tarkibida turli xil
siyosiy oqimlar, partiyalar, uyushma va jamiyatlar faol amaliy–nazariy sahy-harakatlarini 
boshlab yubordilar. G’arbiy Yevropada jamoatchilik fikri XIX oxiriga qadar 
huquqshunoslik fanining predmeti sifatida O’rganib kelingan. XX asr boshlaridan 


ehtiboran esa jamaotchilik fikri bilan ijtimoiy psixologiya fanining yirik namoyondalari 
jiddiy qiziqa boshladilar. Qisqa vaqt ichida Lebon, Baur, Kuli, Lipman va boshqa yirik 
mutaxassislarning salmoqli tadqiqotlari nashrdan chiqarildi. Jamiyat hayotiga 
sotsiologiya fanining kirib kelishi jamoatchilik fikrining ijtimoiy ahamiyatini keskin 
kuchaytirdi. Jamoatchilik fikri sotsiologiya fanining uzviy tadqiqot obhekti sifatida
atroflicha O’rganila boshlandi.
Buyuk Britaniya jamoatchilik fikri institutining direktori G.Dyurent jamoachilik
fikri jamiyat mahnaviy hayotining tor mahnodagi murakkab ijtimoiy hodisasi ekanligini 
qayd etib, ana shu murakkablik bois uni lO’nda va yaxlit tavsiflash va tahriflash imkoni 
yO’qligini bu jarayonning kO’l bilan ushlab bo’lmaydigan, kO’z bilan ko’rib 
ilg’amaydigan, hech qanday O’lchovlarga tushmaydigan serqirra hodisa ekanligini
tagpkidlaydi. 
Davlat muassasalari, ishlab chiqarish va jamoat tashkilotlarida, obrO’-ehtiborli shaxslar 
kO’magida quyidagi yo’nalishlarda jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadga 
muvofiqdir: 
-Ezgulik yo’lida xizmat qiluvchi shaxslar, mehnat ilg’orlari, piru-badavlat insonlar 
obrO’-ehtiborini oshirishga qaratilgan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish;
-Ijtimoiy munosabatlar tizimida totalitar tizim sharoitida shakllangan sotsial zararli 
odatlar, xususan, surbetlik, hayosizlik, jamoat mulkini mensimaslik va toptash
kosmopolitizm, Vatanga beqadrlik, milliy mahnaviy qadriyatlarga hurmatsizlik, xususiy 
mulkka nafrat singari ijtimoiy salbiy yondashuvlarni jamoatchilik fikri orqali neytrallash; 
-O’zbekiston Respublikasining insonparvar ichki va tashqi siyosatini yalpi qO’llab-
quvvatlash bO’yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning muayyan holati 
sifatida keng xalq ommasining alohida shaxslar, guruhlar va real borliq voqea-
hodisalarga nisbatan munosabatni bildiruvchi nuqtai- nazaridir. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə