Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


 Noishlab chiqarish tarmoqlari jamoalari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
2. Noishlab chiqarish tarmoqlari jamoalari: sog’liqni saqlash, ijtimoiy tahminot, 
xalq tahlimi, sanhat, ilm - fan, davlat mahmuriy organlari apparati, boshqaruv organlari, 
jamoat tashkilotlari va boshqalar. 
Mamlakatimizda mehnat tashkilotlari hayotida talaygina O’zgarishlar sodir 
bo’lmoqda, yagpni xususiy mulkchilikga O’tish jarayoni jadal surhatlar bilan ketmoqda. 
Hozirda ishlab chiqarish, ilmiy tekshirish, muhandislik tashkilotlari, oliy O’quv 


yurtlari, ilmiy-texnikaviy, ijodiy ittifoqlar va boshqa subgpektlar shartnoma asosida 
tuzilgan jamoalar tashkil qilinmoqda. Xalqaro integratsiyaning iqtisodiy, ilmiy, 
moliyaviy kabi yangi shakllari paydo bo’lmoqda. Ular xalqaro kapitallarning qO’shilishi 
negizida tashkil qilingan. SO’nggi yillarda mayda savdo korxonalari, yakka tartibdagi 
tadbirkorlik va mayda guruhli mehnat korxonalari kengaymoqda, ular faoliyatining 
huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. 
SHaxsning shakllanish jarayonida jamoaning va unda tashkil etilgan mehnatning 
ahamiyati katta. Mehnat shaxsning barcha muhim sifatlariga tahsir ko’rsatadi. U inson 
psixologik jarayonlarini yO’naltiruvchi va muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida rol 
O’ynaydi. 
Olimlarning tagpkidlashicha, yaqin yillarda mamlakat iqtisodida sezilarli 
O’zgarishlar 
rO’y 
beradi. 
Foyda 
keltirmaydigan 
korxonalarning 
yopilishi, 
xususiylashtirish, ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan texnologiyalarning joriy etilishi 
malakali kadrlarga bo’lgan extiyojni oshiradi. 
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat jamoalarida va tashkilotlarida kO’pincha 
ixtiloflar, nizolar ham ruy beradi. Ularning sababi juda xilma-xildir. Nizo- vujudga 
keladigan ziddiyatlarni bartaraf qilishning samarasiz yo’lidir, chunki nizo paytida 
odamda hissiyotlar ustun kelgani sababli, fikrlash susayadi, O’z xulqini nazorat qilish 
qobiliyati pasayadi. 
Mamlakatda mehnat jamoalari bozor munosabatlarining tarkib topishi asosida kO’p 
hollarda O’z xodimlarining axloqiy sifatlari va dunyoqarashlarini O’rganishlari zarur 
bo’lib bormoqda. Bunda raxbarning O’z qO’li ostidagi xodimlari bilan munosabatlari har 
kimning qobiliyatiga ko’ra xizmat vazifalariga qO’yilishi, mutaxassislarning malakalarini 
muttasil oshirib borish, jamoada normal insoniy munosabatlar iqlimining buzilishiga 
ehtibor berish katta axloqiy va mahnaviy ahamiyatga ega bo’ladi.CHunki normal bozor 
munosabatlarining shakllanishi normal axloqiy psixologik muhitni, sog’lom raqobatni
shaxsiy manfaatning jamoat manfaati bilan uyg’unlashuvini talab qiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə