Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Sotsiologik tadqiqot usullari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
3.Sotsiologik tadqiqot usullari. 
Sotsiologik tadqiqotlar usullari ichida hozirgi kunda keng tarqalgan so’rov usulidir. 
So’rov usulining qulayligi shundaki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini 
faqat mutaxassis sotsiologlar qO’llash mumkin bo’lsa, so’rov usulida tadqiqot 
O’tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan O’tgan yordamchilarni ham jalb qilish va 
ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin. 
So’rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot kO’lamini 
kengaytirishda so’rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo’llanilganda katta 
korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot 
O’tkazish mumkin. 
So’rov usuli respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatdan 
kO’zlangan niyatlari, O’tgan davrda kilgan va hozir qilayotgan ishlarn,kelajakka 
mO’ljallangan rejalari to’g’risida batafsil mahlumot olish imkonini beradi. Ayniqsa, 
kishining his-tuyg’ulari, kechinmalari, harakatlari motivlari to’g’risida mahlumot 
tO’plash kerak bo’lganda, bu usul qO’l keladi. CHunki bu hodisalar kuzatuvchi 
nigohidan yashirin bo’lib, ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo’lmaydi. 
Lekin, so’rov usulining ham bir qator kamchiliklari mavjud. Masalan, bu usul 
yordamida olingan mahlumotlarning haqiqatga mosligini sinchiklab tekshirish kerak. 
CHunki, bu usul qo’llanganda mahlumot manbai faqat respondent bo’ladi. Respondentlar 
esa O’z xarakteri, dunyoqarashi, hulqi, mahlumoti bO’yicha turlicha kishilar bo’lib, ular 
ham doim ham haqiqatni gapiravermaydilar. 
So’rov usulini mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi savol beradi va 
respondent O’zining dunyoqarashi, mahlumoti, bilimi va hohishidan kelib chiqib, 
savollarga javob beradi. 
TO’planishi kerak bo’lgan mahlumot xarakteri va uni tO’plash usuliga qarab 
so’rovlar ikki turga bo’linadi. 
1.Anketa so’rovlar. 
2.Intervgpyu. 
Savol berilishi mumkin bo’lgan odamlar yoki potentsial respondentlarni qay 
jarajada qamrab olishiga qarab so’rovlar yana 2 turga bo’linadi. 
1.Yalpi so’rovlar 
2.Saylanma so’rovlar. 


Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so’rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so’rov sinov 
turlar ham mavjud. 
Sotsiologik tadqiqot usullaridan yana biri hujjatlarni O’rganish hisoblanadi. 
Hujjat O’z semantik mahnosiga ko’ra isbot etish mazmunini ifodolovchi so’zdir. 
Hujjat-moddiy material manba hisoblanib, voqea va faktlar xususidagi mahlumotlarni 
O’zida ifodalaydi. 
Hujjatlarda O’ziga xos xususiyatlar quyidagilar: 
1.Sotsiologik tadqiqot uchun mumkin ahamiyatga ega holat, faqat avallo inson 
tomonidan qayd etiladi sO’ngra hujjat shaklida ifodalanadi. Demak, hujjat inson ongida 
avval paydo bo’lib sO’ng og’zaki, yozma manbalarda ifoda etiladi, qayd qilinadi, 
saqlanadi va tarqatiladi. 
2.Har qanday holatlarda ham muayyan fakt va holatlarining muhim jihatlari 
xususidagi informatsiyaga ega bo’ladi. 
3.Ayrim hujjatlar mazmun faqat muayyan maxsus bilimlarga ega bo’lgan 
kishilargagina tushunarli bo’ladi. 
Masalan, murakkab texnologiya loyihalari, qurilish smetalarini EHM beradigan 
mahlumotlarni maxsus bilimlarsiz anglab olish keyin. Ammo bunday hujjatlar mazmuni 
maxsus bilimlarga ega bo’lgan. Har xil kishilar uchun bir xil mahno berishi kerak. 
4.Hujjat, uning saqlanishi va yagona mazmuni berishi xususiyatlari tayin, istalgan 
manbada bayon etilishi va istalgan usulda ifodalanishi mumkin. 
Tashkilot, muassasa va mansabdor shaxs tomonidan beriladigan hujjatlar umumiy 
qabul qilingan muayyan guvohlik mazmunini ifodolovchi rasmiy rekvizitlarga ega 
bo’ladi. Ularni shunday xarakterlash mumkin. 
1.Hujjatlarda muxr, shtamp, bosmaxona blanki belgilari bo’lib, ular muayyan 
muassasa, tashkilotga tegishli ekanligidan dalolat berib turadi. 
2.Hujjat mahlum mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo’lib, uning ismi, sharifi 
va unvoni aks etadi. 
3.Hujjatda u tuzilgan joy, vaqt, qabul etish muayyan adresga jO’natish belgilari 
qayd etilgan bo’ladi. 
Albatta sotsiologiya uchun hujjatda aks ettirilgan mazmun birinchi darajali 
ahamiyatga esa ammo mazkur hujjatning nechog’lik haqqoniygi va realligi uning tuzilish 
shakliga ham bog’liqdir. 
Sotsiologik tadqiqot usullaridan yana biri bo’lgan intervgpyu usuli anketa bilan 
kO’p umumiyliklarga ega. Anketa savollar yozma tarzda berilsa, intervgpyuda og’zaki 
savollar beriladi. 
Intervgpyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi. Bu muloqotni qog’oz 
yoki magnit tasmasiga qayd etish mumkin. Intervgpyu (inglizcha-uchrashuv) usulidan 
sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika, etnografiya, statistika, pedogogika kabi sohalarda 
foydalaniladi. Intervgpyu O’tkazilish tajribasiga ko’ra erkin standart va yarim standart 
ko’rinishiga ega bo’ladi. Erkin standart ilgaridan tayyorlangan savollar asosida emas, 
balki suhbat mazmunidan kelib chiquvchi savollar asosida qurilib, dastur yo’nalishida bir 
necha soat davom etish va tadqiqot muammosini aniqlash, razvedka vazifasini bajarish 
maqsadida foydalanishi kO’zda tutadi. 
Erkin standart intervgpyu: 
a) qisqa muddatli 
b) uzok muddatli intervgpyu turlariga bo’linadi. 
Yarim standart intervgpyu ham O’z navbatida bir necha turga bo’linadi: 
a) guruhiy panel (qayta-qayta intervgpyu). 


b) klinik intervgpyu. 
v) fokuslashtirilgan intervgpyu. 
Intervgpyu usulining O’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. 
1.U yoki bu sohadagi intervgpyu. 
2.Intervgpyu vaqtida ruhiy, hissiy holatlarni nazorat qilish mumkin. 
3.Savollar vaqtida shaxsning mashuliyati his etib beriladi.
Kuzatish turli maqsadlarda turli shaklda turli qamrovda turli vositalar yordamida 
olib boriladi. Kuzatish tashqi dunyo voqeligini va ichki olam haqiqatini bilishning keng 
tarqalgan usullaridan biridir. Turli yoshdagilar faoliyatini kuzatishda ularning pedagogik 
tamonlariga va psixologik jihatlariga ehtibor berish kerak bo’ladi. 
Kuzatish usulining quyidagi ko’rinishlari mavjud: 
1)
Bevosita kuzatish.2) Bilvosita kuzatish. 3) Universal kuzatish. 4) O’z-O’zini 
kuzatish. 5) Ochiq-oydin kuzatish. 
6 )Monografik kuzatish. 7)Tor ixtisosli kuzatish. 
Sotsiologik kuzatish olib borishning shart va talablari quyidagilar: 
1) kuzatish kerakli saviyada va darajada tashkil qilinishi kerak. 
2) kuzatish muntazam olib borilishi kerak. 
3) kuzatuvchi holis bo’lishi shart. 
4) kuzatilayotgan obhekt to’g’risida mumkin qadar kO’proq mahlumot tO’plash 
kerak. 
5) kuzatishning borishi va natijalarini batafsil qayd etib borish kerak. 
«TEST» inglizcha so’z bo’lib tajriba, sinov tekshirish degan mahnolarni bildiradi. Test 
standartlashtirilgan qisqa muddatli sinovdir. Test sinalayotgan shaxsning psixofiziologiya 
va shaxsiy xususiyatlarini, shuningdek intelektual rivoji, qobiliyat va malakasini 
tekshirishda qo’llaniladigan standart mashqlar hamdir. Test birinchi marta 1884 yili 
Angliyada O’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida qo’llanilgan. Ingliz 
psixologi Galton 1883 yili testning nazariy asoslarini ishlab chikdi. Bu terminni birinchi 
marta 1890 yili AQSH lik psixolog Kettel kiritgan. Frantsuz psixologi Binyo testologik 
tekshirishlar printsiplarini insonlarning oliy ruhiy funktsiyalariga kO’lladi. XX asr 
boshlarida test printsiplarini ishlab chiqishda olimlar kO’plab ishlar olib bordilar. 
Dastlabki standart pedagogik test AQSHlik psixolog Torn Dayk tomonidan tuzilgan. 
Testning bir qancha turlari mavjud:  
1)Torents testi- shaxsning fikrlash doirasini aniqlaydi.
2)Noven testi- shaxsning mantiqiy fikrlashini tekshiradi. 
3)Diferentsial-diagnostik test- shaxsning kasbga moyilligini aniqlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach tahlim tizimida test sinovlari 
keng qo’llanila boshlandi.1992 yili Termiz DU qoshida tashkil etilgan iqtidorli bolalar 
laboratoriyasi asosida 1993 yili Respublika test markazi tuzildi. Davlat Test Markazi Oliy 
va O’rta maxsus O’quv yurtlariga qabul qilishda foydalaniladigan test savollarini 
tayyorlab, imtihonlarni adolatli tarzda kechishini nazorat qilib boradi. 
Testdagi savollar qiyinligi darajasiga qarab 4 tipga bo’linadi: 
1.Sodda savollar-45% 
2.Sal qiyin savollar-30% 
3.Qiyin savollar-16% 
4.O’ta qiyin savollar-9% 
Test O’tkazishda eng avvalo miqdor va sifat ko’rsatkichlariga javob beradigan 
asosda savollar ishlab chiqish kerak. 
Test natijalari kuzatish intervgpyu usullari natijalari bilan taqqoslanishi kerak. 


Konkret sotsiologik tadqiqotlar deganda biz O’rganayotgan obhekt haqida yangi 
bilimga ega bo’lishiga kO’maklashadigan nazariy va amaliy jarayonlar tizimini 
tushunamiz. 
Bu tadqiqotlar umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalardan kelib 
chiqadigan tamoyillar, tushunchalar, ko’rsatkichlar asosida aniq ijtimoiy jarayonlarni 
O’lchash imkoniyatini beradi. 
Konkret sotsiologik tadqiqotlar turli ko’rinishlarga ega. Tahlil nuqtai-nazaridan 
konkret sotsiologik tadqiqot asosan uch turga bo’linadi: dastlabki sinov (pilotaj), 
tasniflovchi va analitik. 
Dastlabki sinov (pilotaj) tadqiqotning maqsadi boshlangich axborotni hosil qilish
barcha jarayonlarni O’tkazish va ommaviy mahlumotlarni tO’plashning tashkil qilish 
bO’yicha uslublarning yaroqligini tekshirish. 
Sinovning asosiy maqsadi rejalangan savollar to’g’ri tuzilganmi, respondentlarga 
ular tushunarlimi, mO’ljallangan mahlumot olishga erishishi mumkinmi?- kabi savollarga 
javob berishdir. Dastlabki sinov tadqiqot bosqichma-bosqich bajariladi. 
Tasniflovchi tadqiqot tahlili izlanishning murakkabroq turi deb hisoblanadi. Uning 
yordamida O’rganilayotgan ijtimoiy hodisa haqida dastlabki sinov tadqiqotga nisbatan 
tO’laroq tasavvur beradigan empirik axborot olinadi. Bunday tadqiqot odatda 
O’rganilayotgan obhekt xilma-xil tasniflar bilan ajralib turadigan (masalan yirik 
korxonaning mehnat jamoasi, bu yerda kasbi, jinsi, yoshi, ish bO’yicha har xil shaxslar 
ishlaydi) katta miqdorda ega bo’lgan holda O’tkaziladi. Bunday tadqiqotlar bir yoki 
necha konkret sotsiologik tadqiqotlarning uslublari qo’llanishi mumkin. 
Analitik tadqiqot sotsiologik tahlilning asosiy turi hisoblanadi. Sabab va oqibat
orasidagi bog’lanishlarni izlash ushbu tadqiqotning asosiy maqsadidir. Analitik 
tadqiqotlarda u yoki bu ijtimoiy hodisani tarkib toptiruvchi omillar majmui O’rganiladi. 
Odatda ular asosiy va asosiy bo’lmagan, doimiy va vaqtinchalik, nazoratli va 
nazoratsizlarga bo’linadi. 
Analitik tadqiqotni sinchkovlik bilan tuzilgan dastursiz va maxsus uslublarsiz 
O’tkazish ancha mushkul. U odatda dastlabki sinov va tasniflovchi tadqiqotlarning 
yakuni sifatida yuzaga keladi. Sotsiologik tadqiqotlar davomida olingn mahlumotlar 
jamlangach, ular ustida hisob-kitob ishlari olib boriladi. So’rovnomadagi savollar 15 tani 
tashkil etib, so’rovnomalar soni 300tagacha bo’lsa hisob-kitob ishlari qO’lda 
bajariladi.Undan katta hajmdagi hisob kitob ishlari EHM yordamida bajariladi.Bundan 
ko’rinib turibdiki, sotsiologlar tadqiqot davomida matematiklar bilan yaqin hamkorlik 
qilishi zarur. Matematika tO’plangan axborotni O’zida saqlovchi so’rovnomala 
to’plamini statistik ishlov berishni amalga oshiradi. Bu ishni bajarishda EHM matematika 
uchun texnik vosita bo’lib xizmat qiladi. Sotsiologik mahlumotlarni zamonaviy usullarda 
hisoblash uchun zarur bo’lgan asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: 
1.Matematik ishlov obhekti-so’rovnoma yahni so’rov natijasida olingan sonli 
mahlumotlar to’plami. 
2.Alomatlar-so’rovnomalar savollari. 
3.Alomatlar qiymati-respondent tomonidan berilgan javoblar. 
Hozirgi kunda sotsiologik tadqiqot mahlumotlarini EHM yordamida qayta ishlashda chet 
elda ishlab chiqilgan SpSACSESS kabi dasturlardan foydalanilmoqda.SHu bilan birga 
mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan va amalda qo’llanilayotgan maxsus 
mashina dasturlari ham yaxshi samara bermoqda. 
Sotsiologik tadqiqot mahlumotlariga EHM orqali ishlov berish quyidagi bosqichlarda 
amalga oshiriladi: 


A) bu bosqichda so’rovnomalarning tO’ldirilishini tekshirish, ishlovga yaroqsiz 
so’rovnomalarni hisobdan chiqarish ishlari bajariladi. Respondent haqidagi mahlumot 
tO’la bo’lmasa, so’rovnoma tO’ldirilgan joy, hudud haqida mahlumot bo’lmasa, 
savollarga talabga mos javob berilgan bo’lmasa so’rovnoma yaroqsiz deb topiladi. 
B) bu bosqichda so’rovnomalarni guruxlash va raqamlash ishlari olib boriladi. Guruhlash 
deganda tadqiqot O’ikazilgan hududlar-viloyatlar, tumanlar bO’yicha so’rovnomalarni 
tartibga solish,viloyat tuman kodlarini belgilash tushuniladi. Keyin esa har bir guruh 
so’rovnomalarining tartib raqamlari belgilanadi. 
V) bu bosqichda so’rovnomadagi ochiq savollar javoblari kodlashtiriladi. Odatda 
so’rovnomada har bir savolga tartib bilan son qO’yilgan javoblar keltirilgan bo’ladi.Ana 
shu son javobning «kod» vazifasini bajaradi. EHMga javoblar matni emas, balki ularga 
mos bo’lgan sonlar kiritiladi.
G) bu bosqichda EHMda so’rovnoma mahlumotlarini saqlash uchun mahlumotlar 
bazasini tuzish va mahlumotlarni kiritish ishlari bajariladi. 
E) bu bosqichda mahlumotlar bazasiga kiritilagn axborotlarni tekshirish va xatoliklarni 
to’g’rilash amalga oshiriladi. 
J) bu bosqichda natijaviy jadvallar shakli ishlab chiqiladi.Bu ish kO’pchilik tomonidan 
yaxshi O’zlashtirilgan WORD tizimi orqali bajariladi. 
Z) bu bosqichda EHM orqali hisobni bajarish ishi amalga oshiriladi.Bu ish dasturlar 
majmuasi HISOB dasturi va JADVAL dasturi yordamida bajariladi. 
HISOB dasturi biror gurux kesimlar bO’yicha natijalarni hisoblab chiqadi va natijaviy 
mahlumotlar to’plamini hosil qiladi. Dastur orqali mahlumotlar bazasiga ishlov berish 
jarayonning eng murakkab qismidir. Savolga bitta javob belgilanadigan holda hisoblash 
ancha yengilroq bo’ladi. Savolga bir nechtagacha javobni belgilash kO’zda tutilgan 
bo’lsa, mahlumotlar shuncha maydonda joylashadi. Bazani ishlov berishda shu 
maydonlarning har birini hisobga olish zarur. Dasturning vazifasi topilgan mahlumotlar 
natijalarini oldingi bosqichda avvaldan tayyorlangan va jadvallar shaklida joylashgan 
hujjatlarni kO’chirib yozishdir. Natijaviy jadvallar tayyorlangandan sO’ng tizim orqali 
ularni qog’ozga chop etish va boshqa qO’shimcha ishlarni amalga oshirish mumkin.
Sotsiologik tadqiqotlar davomida qO’lga kiritilgan mahlumotlarni tahlil etish tadqiqotlar 
jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichning maqsadi natijalarining 
mahnosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga 
keltirishdan iborat. Sotsiologik tadqiqotlarning natijalarini to’g’ri izohlab beruvchi qator 
ilmiy uslubiy yechimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir konkert holatda bu narsa bir 
butun kishilar jamoasi (sotsiologlar, respondentlar, mahmuriyat) ishtirokida amalga 
oshiriladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng 
samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.SHu 
sababli gipotezani sinash jarayonida tadqiqotchi kO’proq real hodisalarga tayanishi, 
xilma-xil mahlumotlarni birlashtirishi, empirik materiallardan O’rganilayotgan 
obhektning zaruriy jihat va xossalarini ajartib berishga intilishi kerak. Sotsiologik 
tahlilning natijalari tizimlashgan va guruhlarga ajartilgan ko’rinishda ilmiy hisobotda 
namoyon bo’ladi. Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so’rovnomalar, 
blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi. 
Amaliy sotsiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari surilgan 
masalalarning yechimidir. SHuning uchun bunday tadqiqot hisobotida gipotezalar, 
tadqiqot vazifalari, O’rtacha ko’rsatkichlar tizimi, axborotlar, boshlang’ich axborotlarni 
yig’ish bO’yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab beriladi. 
Hisobotga qO’yiladigan asosiy talablar quyidagilar: 


-
hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha O’zaro bog’langan 
muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va tO’la aks ettirilgan bo’lishi kerak; 
-
bajariladigan ishlarning turkumining mantiqiy ketma-ketligi tahminlangan bo’lishi 
kerak; 
-
hisobotning har bo’limida tadrijiy bir-birini tO’ldiriuvchi ikki qismining O’zaro 
mutanosibligini tahminlash zarur; 
-
so’rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalar ilmiy mantiq talablariga 
binoan tahlil etilishi kerak; 
-
hisobot texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to’g’ri tuzilishi 
kerak. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə