Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
3.Axloq sotsiologiyasi. 


Axloq - ijtimoiy ong shakli sifatida muayyan xalq elat yoki uyushmaning asrlar 
davomida shakllangan xulq - atvor, hatti-harakatlar, his-tuyg’u va kishilar O’rtasidagi 
O’zaro real munosabatlari tizimini ifoda etadi. Axloq muayyan xalqning atrof muhitga, 
kishilarga va O’z-O’ziga bo’lgan munosabatlar sifatida, bir jihatdan mahalliy-milliy 
talablariga uyg’un muvofiqligini tahminlovchi umuminsoniy xususiyatga ham egadir. 
Axloq va ijtimoiy munosabatlar uchun mushtarak manbalardan
biri, tabiiyki til hisoblanib, u ijtimoiy axborotni saqlovchi, ifodalovchi va yetkazuvchi 
muhim vosita bo’lib, kishilar hatti harakati, fehl-atvorlarini boshqarish omilidir. Til 
muloqot kaliti-ijtimoiy munosabatlarga tarixiy-tabiiy mahsulidir. 
Axloq va jamoatchilik fikri hodisalarining bog’liqligi insoniyat taraqqiyotining ilk 
bosqichi va undan keynngi davrlarida namoyon bo’la boshlagan bo’lib, u qabila hamda 
elatlar maishiy va ijtimoiy ongida O’z tahsirini O’tkaza boshladi. 
Axloq asrlar davomida odamlarni jamoaga, uyushuvga, boshqalar manfaatini shaxsiy 
manfaatlardan yuqori qO’yib, yondashuvga undab kelgan. Bu xususda ulug’ 
donishmandlar ibratli fikr qarashlarini ilgari surganlar. 
SHarq axloq qoidalari nafaqat shaxsni uyushuvga undaydi, balki uyushgan holda ham 
kishining shaxs sifatidagi bir butunligi barqaror turmog’i, jamoaviy integratsiya doirasida 
ham ruhiy botiniy yaxlitlik sanalmog’i zarurligi, umumiy bir butunlik kO’plab serjilo va 
mustaqil yaxlitliklar yigmasidan iboratlitini yorkin ifodalaydi. Jamoada shaxs bir 
butunligi yemirilmaydi, umumlashtirishlar negizida qurbon etilmaydi, balki mantiqiy 
muvofiqlik mezoni doirasida uyg’un birlashuv jarayoni tabiiy ravishda amalga oshiriladi. 
Ayni paytda shuni ehtiborda saqlash kerakki, har qanday uyg’unlashuv O’lchovsiz, 
chegarasiz bo’lmasligi, har bir harakatda mezon hisi va aqliy xushyorligi bo’lishi 
xalqimiz fehl-atvoriga xos anhanaviy belgidir.
Movarounnahr xalqlari axloq tizimi jamoatchilik fikrini salmog’ini, uning haq va 
islom qoidalariga nechogli muvofiq kelishiga bog’liq ekanligini alohida qayd etadi. SHu 
jamoa ahzolarining to’g’ri va halolligi gunoh ishlardan qanchalik O’zlarini forig’ tuta 
bilishlari bilan ham O’rganishiga ehtibor qaratadi. Ayni chog’da jamoa ahzolari gunoh 
yo’lga kirgudek bo’lsalar, ularni tarbiyalash ishidan bO’yin tovlamaslik zarurligi ham 
uqtiriladi. Xazrat Bahovuddin Nakshbandiy xalqni ayblash noto’g’ri va behuda ish 
ekanligini uqtiradi
1
. Xalq to’g’ri yo’ldan adashgan bo’lsa, unga tushunish kO’zi bilan 
qaramoq lozimligini, xalqni bevosita emas, bilvosita usullarda tarbiyalamoq lozimligini 
tayinlaydi. 
Inson bir umr shakllanadi, tarbiyalanib boradi. Aslida inson O’z hayotini butun umr 
davomida mahqulroq tartibga tushirish, jamiyat talablariga muvofiqroq yo’nalishlarga 
solish tashvishlari bilan yashab O’tadi. SHu boisdan ham jamoatchilik fikri jamiyat 
axloqiy qarashlari, talab va yO’riqlariga har jihatdan bog’liq bo’lib keladi.Insoniyatning 
ongli faoliyati boshlangan ilk davrlarda insonning tashqi dunyo bilan bog’liqligini 
anglatuvchi ilk mafkuraviy yo’nalish - totemizm, yahni ibtidoiy jamoa kishisining O’z 
kelib chiqishini turli xil hayvon-qushlarga olib borib taqash nuqtai nazari chuqur ildiz 
otdi. Bu xususiyat har xil elatlarda turlicha namoyon bo’lib, tegishli hayvonlarda O’z 
O’tmishini ko’rish, shu hayvonlar bilan bog’liq tasavvur, ramzlar, odat hamda irimlar 
tizimini yuzaga keltirdi. Masalan, hindlarda sigir, qozoqlarda uchqur ot, inglizlarda 
burgut, turon turk- O’zbeklarda afsonaviy Humo qushi va hokazolar. Totemizm xalqlar 
mahnaviyatining shakllanishida, tabiiyki muhim bosqich hisoblanib, u ilk mafkuraviy 
silsila sifatida elatlarning etnik jihatdan O’z-O’zini anglash qobiliyati hamda etnik 
1
Абул
Мухсин
Мухаммад
Бокир
Ибн
Мухаммад
Али
Баховуддин
Балогардаон
Т
.
Ёзувчи
.1993.80-
бет



asoslardagi jamoatchilik fikrini tarkib toptirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Bu davr mahnaviyatida axloqiy qoidalar garchi qog’ozlarda ifodalanmagan bo’lsa-da, 
urug’ umumiy qarashlarida muhrlangan og’zaki yO’sinda ifodalanuvchi barcha axloqiy 
talablar so’zsiz va bekamu-kO’st bajarilib borishi bilan ehtiborlidir. 
Matriarxat tuzumining patriarxat tuzumi bilan almashinuvi jamoatchilik fikridagi 
axloq mohiyatini ham tubdan O’zgartirib yubordi. Istehmol munosabatlarida ishlab 
chiqarish munosabatlariga, taqsimotdagi adolat va tenglik shart - sharoitlaridan ishlab 
chiqarish natijasida erishilgan nehmatlarni O’zlashtirishdagi tengsizlik holatlariga 
O’tilishi matriarxat hukmronligi davriga tamomila chek qO’yildi. Axloqiy qarashlar 
manzarasi ham tubdan O’zgarib, ota obrazi ilohiylashtirila boshlandi, otaga sig’inish, 
otaga xurmat, izzat-ikrom chegaralari kengaydi. KO’pxotinlilik, qullar va chO’rilar 
asrash, erkaklarning rO’zg’or tashvishlaridan uzoqlashuvi, urug’ tarkibidan erkak 
boshchiligida alohida oilalarning ajralib chiqa boshlashi, erning oiladagi hukmron 
mavqei va boshqalar, shular jumlasidandir. Tabiiyki, patriarxat axloq qoidalarining 
jamiyat hayotida mustahkam O’rnashuvi uchun yana ming yillab vaqt qurbon qilindi. 
SHuni tahkidlash joizki, O’zbek xalqi O’z mahnaviyati mazmunida matriarxat va 
patriarxat davrlari asoratlarini eng yaxshi anhanalarini saqlab qola bilgan. 
SHuni alohida qayd qilish lozimki, har qanday axloqiy qoida va talablar jamiyat 
tomonidan ehtirof etilib, jamoatchilik fikrida mustahkamlangan holdagina umrboqiylik 
kasb etadi. SHu boisdan ham axloq jamoatchilik fikrining asosi va unga bevosita bog’liq 
ijtimoiy ong ko’rinishidir. 
Har qanday siyosiy tizim birinchi galda axloq asoslarini O’zgartirishga intiladi. 
Hozirgi kundagi ijtimoiy munosabatlar mazmuniga bozor iqtisodiyoti unsurlarini tezkor 
kirib kelishi axloqiy qarashlar va bu qarashlarning ifodasi bo’lgan jamoatchilik fikri 
mazmunida ham katta O’zgarishlar bo’lishiga olib kelishi shubhasizdir. 
SO’ngi yillarda umuminsoniy qadriyatlar va umumplanetar axloq normalarini ishlab 
chiqishga bo’lgan sahy harakatlar bir muncha quloch yozdi. Jahon faylasuflarining XV 
anjumanida Amerika olimi Archi Bom umumjahon axloq qoidalarini ishlab chiqish 
zaruriyati pishib yetilganligi, uni sinovdan O’tgan umuminsoniy munosabatlar, 
gumanistik tamoyillar asosidagina tarkib toptirish zarurligini uqtiradi. Buning uchun esa 
planetamizning barcha ahzolari uchun umumiy yagona axloq qoidalarini tuzib beruvchi 
qO’mita tashkil etish zarurligini O’rtaga qO’ydi. 
Xalqaro axloq qoidalari kuch yoki qurol vositasida hayotga joriy etilmaydi. 
Umuminsoniy tamoyillar negiziga quriluvchi bu axloqiy qoidalar faqat jamoatchilik fikri 
orqaligina boshqariladi va nazorat qilib boriladi. 
Xulosa sifatida quyidagilarni alohida qayd etib O’tish zarur: 
1)
axloq jamoatchilik fikrining uyg’onishi, shakllanish va amal qilishning uzviy 
manbalaridan sanalgan holda xalq axloqi yaxlitligining yuzaga kelishida jamoatchilik 
fikri ham muhim O’rin tutadi, bu ikki ijtimoiy hodisa hamma holatlarda mustahkam 
aloqada bo’lib turadi, bir-birini tO’ldirib, boyitib boradi; 
2)
Jamoatchilik fikri O’zining shakllanish manbalarining salmog’i, kishilarning 
uyushqoqlik darajasi, aholining hissiy emotsional, mantiqiy intelektual imkoniyatlariga, 
shuningdek, milliy, iqlimiy, mahalliy va regaonal shart-sharoitlarga bog’liqdir; 
3)
Axloq va jamoatchilik fikrining O’zaro aloqadorlik mehyori jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyasiga, yalpi taraqqiyot uchun tanlangan rivojlanish dasturiga, mantiqiy 
yo’nalishlar O’ziga xosligiga, xalq mahnaviyatiga va milliy O’ziga xosliklar omillariga 
bog’liqdir; 


4)
Sovet tuzumi davrida «avval iqtisod keyin siyosat» aqidasining amal qilishi, iqtisod, 
siyosat «avval materiya sO’ng ong» degan moddiyunchilik shiorlarining g’oyaviy tahsir-
tazyiqi ostida shakllantirilganligini puxta hisobga olish zarurdir. Mahnaviyatning 
birlamchiligi, umuminsoniy tamoyillar ustuvorligini ehlon qilib, ozod jamiyat qurishga
kirishgan O’zbekistonda nafaqat iqtisodiy, balki chuqur mahnaviy bO’xtonlar 
botqog’idan muvaffaqiyat bilan chiqilmoqda; 
5)
Jamoatchilik fikri xalq anhana va urf - odatlariga mustahkam tayanadi va ularning 
jamiyat hayotida amal qilishiga imkoniyat yaratadi. Zero, anhanalar axloqiy 
qarashlarning progressiv jihatlarini avloddan - avlodga yetkazuvchi muhim omili
xalqning O’ziga xos qiyofasini saqlab qolish va himoyalash mezonidir; 
6)
Axloq kategoriyasining muayyan urug’, qabila, elat va xalq miqyoslaridan xalqaro 
miqyoslarga O’sib O’tish, umuminsoniy tamoyillar negizida umumplanetar axloqning 
tarkib topishida jamoatchilik fikri O’ziga xos kO’prik vazifasini O’taydi. Ayni chog’da 
jamoatchilik fikri va axloq jamiyatda umumiy murosa va madoraning turg’un maromini 
tahminlash jarayonidagi muvofiqlikda rivoj topa boradi, bir - birini tO’ldiradi, bir - 
biriga uyg’un tarzda mukammallashadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə