Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
2.Din sotsiologiyasi. 
Ijtimoiy hayotning muhim jabxasi bo’lgan din va diniy ehtiqod masalasi sotsiologiya 
fanining muhim obhektlaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini O’rganar 
ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo’lgan va ayni paytda unga kuchli tahsir 
O’tkazuvchi omil - din doimo uning diqqat markazida bo’lgan. Kont jamiyat 
taraqqiyotini davrlarga bo’lar ekan, asosiy mezonlardan biri sifatida dinga murojaat 
qiladi. Unint fikricha insoniyat O’z rivojida uch bosqichni bosib O’tadi. Bular 
quyidagilar: teologik, metofizik va ilmiy bosqichlar. Har uch bosqichda ham din 
muayyan rol O’ynaydi. 
Din quyidagi O’ziga xos belgilarga ega: 
1. Muayyan ehtiqod va tahlimotning mavjudligi. Har bir din dunyoni O’z nazaricha 
izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan ehtiqod shakllantiradi. 
2. Marosim va rasm rusumlar. Har bir din O’ziga xos marosim va rasm rusumlarga ega. 
3. Diniy marosim va rasm rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa 
bo’lib bajarilishi. Masalan, yahudiy va xristian dinida ibodatning asosiy qismi sinagogda 
va cherkovda bajariladi. Islom dinida erkaklar tomonidan O’qiladigan namoz asosan 
jomhe masjidlarida O’qiladi. Din sehrgarlikdan avvalo mana shu belgi bilan, yahni 
muayyan marosimlarni muayyan davrlarda bajarish bilan farqlanadi. Sehrgar va 
shomonlar g’ayritabiiy harakatlarni individual holatda bajarsalar, dindorlar diniy 
marosim va ibodatlarni asosiy qismini jamoa bo’lib bajaradilar. Sanab O’tilgan 
belgilarning uchtasi ham dunyoviy dinlarning barchasida mavjud. Bu dinlar quyidagilar: 
iudaizm, xristianlik, islom. 
 Iudaizm ular ichida eng qadimiysi bo’lib, miloddan taxminan ming yil oldin 
shakllangan. Bu din O’sha davrdagi dinlardan farqli O’larok, yakka xudoni tan olardi. 
Milodning dastlabki asrlarida yahudiylar dunyoning kO’p mamlakatlariga tarqab 
ketdilar, lekin biror mamlakatda iudaizm rasmiy din sifatida tan olinmadi. KO’p 
mamlakatlarda bu din vakillari tahqib ostiga olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida 
natsistlar tomonidan kO’plab yahudiylar qirib yuborildi. Urush tugagach, Isroil davlati 
tashkil topdi va unda iudaizm rasmiy din sifatida ehtirof etildi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə