Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy jarayonlar va



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
4.SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy jarayonlar va 
ijtimoiy jamoalarga bergan bahosi. 
Qadimgi SHarq falsafasi, uning teologik asoslari qadimgi Movarounnahr xududida 
yashovchi xalqlarning ijtimoiy jarayonlarga munosabatlari va fikrlash tarziga bevosita 
tahsirini ko’rsatgan. Xususan, O’zbek halki va uning boy mahnaviyatining shakllanishiga 
islom dinining kirib kelishi va unin xalq tomonidan qabul kilinishi O’zga hodisa bo’ldi, 
deb hisoblash mumkin. SHuni alohida tahkidlash lozimki, O’zbek xalqi Islom diniga O’z 
milliy xususiyatlari, urf-odatlari, turmush tarzi, anhanalari bilan kirib keldi. Bu esa qabul 
qilingan Islom teologiyasi nazariyasiga tegishli aniqliklar va tadrijiy O’zgartirishlar 
kiritilishini taqozo eta boshladi. 
Movarounnahr jamoatchilik fikri tarixini O’rganishda Moturidiya maktabining 
asoschisi Abu Mansur al- Moturidiy asarlari muhim O’rin tutadi.Uning asarlarini 


nafaqat dinshunoslik, balki jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan shaxs haqidagi 
tahlimot sifatida yondashish, ularni Movarounnahr hududi hayot tarzi, mentalitetiga 
muvofiq keluvchi, ularni g’oyaviy, ehtiqodiy yakdillikka undovchi yaxlit ilmiy 
sotsiologik kontseptsiya sifatida baholash va har tomonlama O’rganish maqsadga 
muvofiqdir. Ulgprix Rudolgpf shaxsning islom ehtikodi darajasidagi faoliyati, erkin 
fikrlash xuquqi va imkoniyatlarini atroflicha katta mavqega muvofiq keluvchi nazariya 
deb baholaganda, buyuk yurtimizning xarakterli qirralarini ochib berdi. Darhaqiqat, inson 
shaxsi va mavqei masalasi uni turli ijtimoiy-siyosiy, kerak bo’lsa, diniy tazyiqlardan 
himoya qiluvchi al-Moturidiyning murosaviy muvozanat kontseptsiyasini, islomni 
anglash jarayonlaridagi ijobiy jihatlar yig’indisigina emas, balki Movaraunnahrdagi real 
ijtimoiy-siyosiy muhit, xalq turmush tarzi, mentaliteti, boy madaniy-tarixiy tajribasi bilan 
boyitilgan insoniy yondashuvlar sintezi, deb, baholash maqsadga muvofiqdir. 
Al-Motrudiy jabariylarning, insonning hamma amallari oldindan uning taqdiriga 
yozib qO’yilgan, shu boisdan u O’zi qilayotgan ishlarga mashul emas,degan nuqtai 
nazarini ham qadariylarning, Olloh inson faoliyatlari va amallarining himoyachisi emas, 
degan nuqtai nazarini ham asosli tanqid qilib, inson yaxshi va yomon amallarni O’z 
erkiga ko’ra tanlash va bu yo’lda Ollohning madadini olishi nazariyasini ilgari suradi. 
SHu asoslarda Al Moturidiy Movaraunnahr jamoatchilik fikrining mahnaviy asoslari 
kuchli insoniy mazmun bilan boyitilishiga katta hissa qO’shdi. 
Xulosa sifatida Al Moturidiy Movarounnahr ijtimoiy fikriga ko’rsatgan tahsirini 
quyidagi yo’nalishlarda qayd etish mumkin. 
a) Al Moturidiy Movarounnahrda jamoatchilik fikri shakllanishining O’ziga 
xosligini inobatga olib, umumiy fikrga kishilarni ongli tarzda ixtiyoriy ravishda 
birlashishga dahvat etgan. Bunday fikr birligi islomiy ehtiqodda ham, hayotiy-ahloqiy 
sohalarda ham, mafkuraviy siyosatda ham insonlarning yakdillikka erishishlarida 
namoyon bo’ladi. 
b)Al Moturidiy Movarounnahr uchun xos bo’lgan mohiyatni aksariyat ramzlarda 
talqin etish xususiyatiga, bu borada chuqur ildiz otgan ijtimoiy maylga diqqatni jalb 
etadi. Insonning intellektual kamoloti shartli ramzlarga kO’chish darajasiga, O’zlikni 
nechog’liq majoziylashuviga bog’liqligini bu esa O’z navbatida mohiyatni shunchalar 
teran anglash imkoniyatini berishni asoslab beradi; 
v) Al Moturidiy Movarounnahrdagi ijtimoiy muhit barqarorligi jamiyatdagi 
mahnaviy tO’laqonlikni tahminlash, mavjud turmush tarzi, anhanalari, xalq marosimi va 
urf-odatlari, milliy mentalitet, etnik va ruhiy intelektual O’ziga xosliklariga tayangan 
holda amalga oshuviga ishonadi. Zero, Abu Xanafiya mazhabining mohiyati ham islom 
tahlimotini real voqelik bazasida amal etishi,shu bazis negizidan yangi ehtiqod, ijtimoiy 
ong yo’nalishining shakllanishi va takomil topishini asoslaydi; 
g) Al Moturidiy amalga oshadigan barcha sahy-harakatlar, qolaversa ana shu sahy-
harakatlarning mahnaviy-ruhiy ifodasi sifatida namoyon bo’luvchi, hamda qayta 
faoliyatlar yuzaga kelishiga asos bo’luvchi jamiyatning umumiy ijtimoiy fikri ikki 
tomonlama tarzda rO’y berishini asoslab beradi. Yahni bir tomondan, har bir alohida 
shaxs taqdirining azaliy hukm asosida ruyobga chiqishi hamda amal etishi ehtirof etilgan 
holda har qanday xolatda ham shaxsning erkin tanlash imkoniyati saqlanib qolishini at-
roflicha asoslaydi. Bu nuktai nazar, yahni ijtimoiy voqelikka erkin yondashuv va 
ixtiyoriylik nazariyasini jamiyat doirsidagi zO’rlik, zO’ravonlik hodisalari bilan O’zaro 
muvofiqlasha olmaslik g’oyasini Abu Rayxon Beruniy davom ettirgan edi. Uning 
"odamlarning kuchsizligi ham O’zidan zaif bo’lgan birovlarga egalik va raislik qilishdan 
holi emas" nuqtai nazari al-Moturidiyning inson ozodligi, Olloh oldida O’z taqdirini 


yaratishda erkinligi g’oyasining uzviy va mantiqiy davomidir. 
d) Al-Moturidiy Qurhoni Karimdagi din isbottalab dalillarga emas, balki, ehtiqod va 
insonga asoslanishi lozimligini har tomonlama tavsiflab, jamiyatdagi ijtimoiy fikr 
barqororligini ham tazyiq va kuch vositasida emas, balki O’zaro hamjihatlik, hamkorlik 
negizida amal qilishi g’oyasini ilgari suradi. Ulug’ mutafakkir O’zi yashagan davrdagi 
murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar, diniy ziddiyatlar, ehtiqodiy qarama-qarshiliklar 
muhitida oqilona O’rta mehyor, murosaviy muvozanat kontseptsiyani ishlab chiqqanligi 
va ana shu tO’laqonli nazariy tahlimot vositasi Abu Hanifa tomonidan asoslangan 
sunniylik mazhabining Movaraunnahrda keng yoyilishiga hissa qO’shdi. 
Movaraunnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik anglash va O’rganish ulug 
mutafakkir Al Forobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U al-Moturidiy tomonidan ilmiy-
teologik jihatdan asoslangan inson erki nazariyasini yanada rivojlantirdi. U O’zining 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə