Sovet hokimyatining o’zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy ma’naviy-ma’daniy tadbirlar va ularning mustamlakachilik mohiyati



Yüklə 3,85 Mb.
səhifə1/2
tarix20.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98869
  1   2
TARIX

SOVET HOKIMYATINING O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRGAN IJTIMOIY-SIYOSIY IQTISODIY MA’NAVIY-MA’DANIY TADBIRLAR VA ULARNING MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI

MA’RUZACHI: NORBOBOYEV DOSTON

XX asr 20-yillari boshlariga kelganda o’lka hayoti, yerli aholining maishiy-turmush tarzi

XX asr 20-yillari boshlariga kelganda o’lka hayoti, yerli aholining maishiy-turmush tarzi

nochor ahvolda edi. Birinchi jahon urushining og’ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o’rnatishda

bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga nisbatan qo’llagan zo’rlik siyosatining oqibatlari har

qadamda ko’zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari

ishlamayotgan, ekin-maydonlari payxon bo’lib ketgandi. Eng yomoni, o’lkada ochlik,

qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi. Buning ustiga mamlakatda fuqarolar urushi

davom etayotgan paytda Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zo’rlik bilan

joriy etila borgan oziq-ovqat razverstkasi va u bilan uyg’unlashgan «harbiy kommunizm»

siyosati o’lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish

maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki,

mustaqilligini qat’iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda bu yerdagi

ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib borishiga sabab bo’ldi.

Yangi iqtisodiy siyosat. Vaziyat Sovetlar yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang

vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib qo’ydi.

Bu vazifalar 1921-yil mart oyida bo’lib o’tgan RKP (b) X syezdi belgilab bergan Yangi iqtisodiy

siyosat (NEP) da o’z ifodasini topdi.

Bu siyosatning muhim bo’g’inlari oziq-ovqat razverstkasini

oziq-ovqat solig’i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda

hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish,


Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə