Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/122
tarix29.11.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#143073
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

10-vaziyat
. Biz ko’pincha onalarning o’z bolalari bilan muloqotda ularning
imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo’lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men
qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to’g’ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan
foydalanadilar.
Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen
nimani ham bilar eding, o’rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan
foydalanadilar.
Keysga savol- vazifa:


195
Turli onalarning o’z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq nimada?
Yechim.
Bir xil onalar bolalarida o’ziga ishonchni shakllantiradilar (“Agar onam
meni maqtasa, demak, men nimagadir qodirman!”). Ular bolaning kamol topishiga
imkoniyat beradilar, unda hayotiy faollikni yaratadilar va to’g’ri shakllanishiga yordam
beradilar.
Boshqa onalar, aksincha, bolada o’ziga ishonmaslikni shakllantiradilar, unda
xavotirlanish hissini paydo qiladilar, faolligini pasaytiradilar, kelajakka ishonchsizlik
tug’diradilar (“Agar onam meni urishsa, demak, men hech nimaga qodir emasman, men
yomonman!”)
8
.
8
A.A.Abduqodirov
«Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti .-T.: «Fan va
texnologiyalar», 2015. 43-bet


196
XOTIMA
Hozirgi kunda bilimlar juda ko’p bo`lib, ularni egallash uslublari ham zamon
va makon talablari asosida tubdan o’zgarmoqda, ular nafaqat zamonaviy zarur
bilimlar yig’indisida, balki yangi bilimlarni o’rganish uslublarida ham katta
o’zgarishlar ro’y bermoqda. respublikamizda ta’lim tizimining modernizatsiyasi
amalga oshirilayotgan ayni paytda yangi mazmun, yondashuv, pedagogik mentalitet
taklif etilmoqda.
Bunday sharoitlarda fan o’qituvchilari zamonaviy innovatsion texnologiyalar,
g’oyalar, yo’nalishlarning keng qamrovida harakatlanishlariga to’g’ri keladi. Ma’lum
narsalarni ochish emas, balki respublikamizda mavjud, qolaversa, xalqaro ijobiy
pedagogik tajribalardan foydalanishlari zarur. Bugungi ta’lim texnologiyalarini
o’rganmay turib, pedagogik savodli mutaxassis bo’lishi mumkin emas. Zero, “Har
bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish,
o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini
shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo’li
ta`lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni barkamol, komil
inson qilib tarbiyalash”
9
ekanligi doimo pedagoglarning e`tiboridadir. Demak,
bugungi ta`lim oluvchi kelajakdagi savodli mutaxassis bo’lishi uchun bizning bosh
maqsadimiz ham ma`nan barkamol, mustaqil fikrli shaxs tarbiyalashni izchil amalga
oshirish shartdir. Bu borada ta`lim sohasida olib boriladigan ishlar katta ahamiyat
kasb etadi. Toki hayot davom etar ekan, ta`lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga
qo’yayotgan yangi-yangi talablarga ko’ra muttasil ravishda o’zgarib-yangilanib
boraveradi. Biz ham “Pedagogik texnologiya” o`quv qo`llanmasini yaratish drqli
ta`lim sohadagi dastlabki qadamlarimizni to’g’ri qo’ydik, deb o`ylaymiz. Mazkur
o`quv qo`llanma ustozlarningilg`or tajribalari, fikr-mulohazalari, yaratgan asarlari,
turli manbalar asosida etildi. “Pedagogik texnologiya” o`quv qo`llanmasi ilk bor
chop etilayotganligi bois kamchilik va nuqsonlardan holi bo`lmasligi tabiiy, shu
9
Komilov N. Komil inson – millat kelajagi. – Toshkent: O’zbekiston, 2001.


197
sababli ustozlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar uchun biz mualliflar
minnatdorchilik bildiramiz.


198

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə