So’z turkumlarini o’qitishda klaster va bbb usulidan foydalanish tursunova Diloromxon Erkinjon qizi


Interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha umumiy metodik tavsiyalar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#161285
1   2
Sharq Falsafasi-2023-MAY-1 qism-227-234

Interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha umumiy metodik tavsiyalar:
1. Ishlash uchun joyni tayyorlash. Sinfni shunday tayyorlash kerakki, 
bunda ishtirokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun qulay joylashishlari zarur. 
2. Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish.Barcha tinglovchilar har bir 
nuqtayi nazarga sabrli bo‘lib, so‘z erkinligini hurmat qilishlari kerak. 
3. Tinglovchilarning guruhlarga bo‘linishiga jiddiy e’tibor berish. 
4. Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo‘lishi kerak. 
5. Tinglovchilarning mashg‘ulotga ruhiy tayyorgarligiga ko‘maklashish. 
6. Interfaol usullar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni 
ko‘p bo‘lmasligi kerak. 4-6 kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlarda samarali ish olib 
borish mumkin. 
Ona tili darslarida qo‘llanishi tavsiya etiladigan interfaol usullar
1.Grammatikani o‘rgatishda quyidagi usullardan foydalanish tavsiya 
etiladi: Bilaman/bilishni xohlayman/bilib oldim (B/BH/B). 


229 
2023 MAY 
Masalan, 
1. Ona tilida sifat mavzusi o‘tilishi o‘quvchilarga e’lon qilinadi. 
2. Mavzu bo‘yicha jadvalning birinchi (bilaman) va iikkinchi (bilishni xohlayman) 
deb nomlangan qismlarini to‘ldiradilar. 
3. So‘ngra mavzuga oid material tarqatiladi.Tarqatma material o‘zaro raqib guruhlar 
tomonidan o‘qib o‘rganilgandan keyin jadvalning uchinchi (bilib oldim) bandi to‘ldiriladi. 
4. Guruhlar tomonidan to‘ldirilgan jadvallar o‘zaro taqqoslanadi. 
Bilaman 
bilishni 
xohlayman 
bilib oldim 
aniqlovchi-
aniqlanmish, 
qaratqich-
qaralmish munosabati 



-sifat so‘z tartibi 
-sifatning imlosi 




-sifatning 
o‘ziga 
xosligini 
BBB usulining afzalliklari: 
Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchanlikni olib borish imkonini beradi. Tizimli 
fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 
Ona tili darslarida “So‘z turkumlari” mavzusini yoritishda “Klaster” usuli beqiyos ahamiyat 
kasb etadi. Chunki bu metod orqali o‘quvchilar mavzuga oid tushunchalar ustida ishlaydi. 
Masalan, sifat so‘z turkumiga oid tushunchalarni ular quyidagi tartibda tarmoqlarga 
ajratishlari mumkin: 


230 
2023 MAY 
Sifat 
so’z 
turkumini 
o‘rganishda 
interfaol 
usullarni 
qo’llash 
Sifatni o‘rganish sistemasi materiali leksik va grammatik tomondan 
izchillik bilan boyitib

murakkablashtirib borish ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1-sinfda sifatning leksik ma’noni 
ko‘zatadilar, sifatga qanday? qanaqa? So‘rog‘ini berib o‘rganadilar; 2-sinfdv sifat so‘z 
turkumi sifatida o‘rgangan, 3-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga 
bog‘liq holda –
roq 
qo‘shimchasi bilan yasalgan qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlarning 
yozilishi o‘rgatiladi (termin 
aytilmaydi). Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi sifatlar bilan boyitiladi, 
oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlaning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. 
Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat, predmetning 
belgisi (rangi, shakli, hajmi, ko‘rinishi, maza, ta’mi, hidi, o‘rni va paytga munosabati)ni 
bildiradi. 
Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi. 
Sifatni 
tushunish uchun
1-sinfdayoq bolalar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga 
qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda 
so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan 
tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (termin aytilmaydi). 
Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning simantik-
grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashning leksik va grammatik (morfologik va 
sintaktik) rejada olib borishni talab etadi. 
Boshlang‘ich sinflarda “sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1. Sifat bilan 
dastlabki tanishtirish (1-sinf). 2. Sifat haqida tushuncha berish. (2-sinf). 3. 
Shu grammatik 
mavzu
 bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (3-sinf). 
Sifat bilan dastlabki tanishtirish. (1-bosqich) sifatinining leksik ma’nosi va so‘roqlari 
ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib uni rangi 
mazasi, shakli, xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini 
shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O‘qituvchi predmetni yoki 


231 
2023 MAY 
uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, 
qanday? Olma-qizil, shirin, yumaloq olma. 
Suhbat
 
asosida o‘quvchilar olma so‘zni nima? So‘rog‘iga javob bo‘lib predmet nomini bildirishi, 
qizil, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? So‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisini 
bildirishini aniqlaydilar, xulosa chiqariladi. Qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan 
so‘zlar predmet belgisini bildiradi. 
O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun 
sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarni tushurib qoldirib, so‘ngra sifatlari 
bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Bu darslarda ko‘rgazmalaridan keng 
foydalanadi. 
O‘quvchilar qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun 
quyidagi mashqlardan foydalaniladi:
1. So‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash.
2. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish.
3. Matndan kim? Yoki nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab aytish va yozish.
4. Tayanch so‘zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish. 
2-bosqichda asosan 2 vazifa: “Sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar 
nutqini
yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos 
sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi. 
Sifatlarning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham 
qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchilaruning so‘z 
turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ko‘rsatadilar. a) predmet belgisini bildiradi. 
b) qanday yoki qanaqa? So‘rog‘iga javob bo‘ladi v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z 
birikmasi hosil qiladi, 
ikkinchi
 darajali bo‘lak vazifasida keladi. 
O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va 
predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun:


232 
2023 MAY 
1. Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash 
va yozish.
2. Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash; ehtiyotkor, ayyor, 
yovvoyi (tulki) 3.Predmetlarning 
belgisiga qarab
topishmoqlarning javobini aytish kabi 
mashqlardan foydalanish mumkin. 
Sifatning nutqimizdagi fikrini aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta 
o‘zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonimlar ustida ishlash, o‘qish darslarida o‘z va 
ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida 
so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z 
turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ongli foydalanish malakasini 
shakllantiradi. 
3-bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda 
sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirsh bilan bog‘liq holda 
–roq
qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil sifatlarni to‘g‘ri yozish 
malakasi shakllantiriladi. 
Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilarning nutqini 
o‘stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda tanlab qo‘yish, gapda sifat 
bilan bog‘lanish otni (so‘z birikmasini) 
aniqlab yozish
; otga mos sifatlar tanlab predmetni 
tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan 
foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan yaxshiroq, 
aqilliroq kabi, shuningdek
tip-tiniq
, sap-sariqiq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor 
beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi oshgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin 
murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq 
holda 
o‘rganish 
asoslaniladi. 
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta 
o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish 
mumkin. 


233 
2023 MAY 
Xullas, ona tili ta’limida bu kabi metodlar va usullardan foydalanish dars davomida 
o‘quvchilarning faolligini ta’minlash bilan bir qatorda ularni mavzu doirasida mustaqil 
fikrlashga hamda o‘z g‘oyalarini dadil ifodalashga o‘rgatadi. 
O‘zbek tili ta’limi jarayonida bir qancha interfaol metodlardan foydalanish dars 
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Axborotlarni klasterga ajratish u ko’p variantli fikrlashni, o’rganilayotgan tushunchalar
o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi, biror mavzu bo’yicha ta’lim
oluvchilarni erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam beradi. Klasterlarga ajratishni 
dars davomida, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag’batlantirish
uchun qo’llash mumkin. Asosan u yangi fikrlarni uyg’otish va muayyan mavzu bo’yicha 
yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Adabiyotlar:
1.Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Ona tili.
Adabiyot. O’zbek tili (ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) .
Toshkent. “Sharq nashriyot–matbaa konserni. 1999-yil, 1-maxsus son.
2.O’zbekiston Pespublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni. 1997-y 29-avgust.
3.B.To’xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. “O’zbek tili o’qitish metodikasi”
Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2006-y.
4.A.G’ulomov, M.Qodirov “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent. “Universitet
nashriyoti. 2001-y.
5. O’zbek tilining asosiy imlo qoydalari” Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti
1995-y.
6.Y.G’ulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedov. “O’zbek tili o’qitish
metodikasi” Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti 1975-y.
7.O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev “Ona tili didaktikasi”
Toshkent. “Yangi asr avlodi nashriyoti 2005-y.
8.N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, V. Qodirov, Z. Jo’raboyeva. Ona
tili. 5 – sinf uchun darslik. Toshkent “Ma’naviyat” 2004- y.
9.Ne’matov, A. G’ulomov, M. Qodirov, M.Abduraimova. Ona tili. 6 – sinf


234 
2023 MAY 
uchun darslik. Toshkent. O’qituvchi” 2003- y.
10.Ne’matov, A. G’ulomov, M.Abduraimova, M. Qodirov. Ona tili. 7 – sinf
uchun darslik. Toshkent. O’qituvchi” 2000- y.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə