So’z turkumlarini o’qitishda klaster va bbb usulidan foydalanish tursunova Diloromxon Erkinjon qizi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#161285
  1   2
Sharq Falsafasi-2023-MAY-1 qism-227-234



227 
2023 MAY 
SO’Z TURKUMLARINI O’QITISHDA KLASTER VA BBB USULIDAN 
FOYDALANISH
Tursunova Diloromxon Erkinjon qizi
Namangan Davlat Universiteti magistratura lingvistika o’zbek tili yo’nalishi 2-
kurs magistranti.
Annotatsiya: ushbu maqolada tilshunoslik bo‘limining eng muhim bo‘limlaridan 
biri sanalgan Morfologiya va uning o‘rganish ob’yekti sanalgan so‘z turkumlari hamda 
ularni ona tili darslarida o‘rganish usullari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kalit so‘zlar: zamonaviy ta’lim, metod, klaster, interfaol, so‘z turkumlari, texnik 
vositalar.
Ma’lumki, muvaffaqiyat muvaffaqiyatlarga olib keladi. Ta’limni hech qachon e’tibordan 
chetda qoldirib bo‘lmaydi, chunki ta’lim har qanday jamiyatning yuragini tashkil qiladi. Har 
qanday jamiyatning muvaffaqiyati uchun yangi kashfiyotlarni yaratish, bu kashfiyotlarni 
bilish orqali ta’limga erishish mumkin. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan davlatlarning 
o‘sishi odamlarga berilayotgan ta’lim sifatiga bog‘liqdir. Sifatli ma’lumotga ega bo‘lgan 
odamlar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘sishi va rivojlanishiga olib keladigan 
islohotlarni amalga oshirish orqali jamiyatni yaxshilashga qodir.
Bugungi kunda faqatgina ma’ruzaga asoslangan an’anaviy darslar vaqti o‘tdi. 
Axborot oqimi sur’ati tezlashgan ijodkor bir paytda o‘tilayotgan har bir dars rang-barang 
bo‘lmasa, o‘quvchi e’tiborini bilimga jalb etish mushkul. Buning uchun o‘qituvchi tinmay 
izlanishi, har qanday savollarga tayyot bo‘lmog‘i darkor. 
Bunday holda, ayniqsa darsni o‘yinlar asosida ko‘rish tizimiga asoslanib o‘tish 
sezilarli samara beradi. O‘yinlar esa o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, tanlangani 
ma’qul. Birinchi bo‘lishga undash uslubi doimo o‘zini oqlaydi. Chunki bolalar hamisha 
o‘zini ko‘rsatgisi, tengdoshlaridan bir qadam oldinda yurgisi keladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs va jamiyat munosabatlarida uyg‘unlikni vujudga keltirish 


228 
2023 MAY 
ehtiyoji mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga ko‘ra, pedagogika fanida shaxsning 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradigan o‘quv jarayonini tashkil etishning turli yo‘llarini 
izlash alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida zamonaviy interfaol 
usullarini tizimli qo‘llashni talab etadi. Interfaol usullarni har bir darsning didaktik 
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab 
qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning 
o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars jarayoni oqilona 
tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib
ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini 
kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo‘llash 
va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu 
usullar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə