Soʻzlovchining oʻz fikrini qisqa va batafsil ifodalab tinglovchiga yetkazishi ham oʻziga xos san’atdir


Ular qo'llanishiga ko'ra ilmiy va kasbiy atamalarga bo'linadi, aniq bir ma'noni ifodalaydi



Yüklə 19,01 Kb.
səhifə3/3
tarix25.05.2022
ölçüsü19,01 Kb.
#87902
1   2   3
8-v

Ular qo'llanishiga ko'ra ilmiy va kasbiy atamalarga bo'linadi, aniq bir ma'noni ifodalaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama soʻzlar haqida berilgan noto'g'ri fikrni toping.
A) Ushbu gapda sifat, ot, fe'l turkumiga oid yasama soʻzlar qatnashgan.
B) Ushbu gapda qatnashgan barcha yasama soʻzlarning yetakchi morfemalari o'zaro bir xil soʻz turkumiga oid.
C) Ushbu gapda tarkibida ikkita soʻz yasovchi qoʻshimcha qatnashgan yasama so'z mavjud.
D) Ushbu gapda qatnashgan barcha yasama soʻzlarning yasalish asoslari o'zaro bir xil soʻz turkumiga oid.

+++++++++++++++++++++++++++ADABIYOT++++++++++++++++++++++++


1. Quyida berilgan qaysi asarda shoʻro tuzumining eng adolatsiz, eng chirkin bosqichi boʻlmish qatagʻon davri aks etgan?
A) "Jimjitlik" B) "Oltin zanglamas" C) "Shinelli yillar" D) "Mening оʻgʻrigina bolam"
2. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan shohning zolim qaroqchi tuzog'iga ilingani Navoiy ”Xamsa”sidagi qaysi dostonda hikoya qilinadi?
A) “Sab'ayi sayyor” B) ,,Saddi Iskandariy” C) “Layli va Majnun” D) “Farhod va Shirin”
3. Qaysi ijodkor umrining so`nggi yillarida “Yodgorlik” to`plamini yozgan?
A) Mirzo Kenjabek B) Zulfiya C) Oybek D) Mirtemir
4. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo'nalishda bitilgan pyesa hisoblanadi?
A)"Oltin buzoqcha" (Ilf va Petrov) B)"Qiyshiq oyna" (Chexov)
C)"Tubanlik kishilari" (J ek London) D)"Maysaraning ishi" (Hamza)
5. Quyidagi qaysi she’rda mehribon, jonkuyar otaning ezgu umidlari ko‘ngilga xush yoquvchi
ovozda farzandga izhor tarzida berilgan?
A) ”Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush” B) “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” C) ”Oʻzbekiston” D) ”Qoraxat”
6. ”Jaloliddin Manguberdi” dramasidagi Elbors pahlavonning kasbi nima edi?
A) lashkarboshi B) bosh soqchi C) jallod D) choʻpon
7. U ”bersang – yeyman, ursang – oʻlaman” deydigan odamlar xilidan ham emas... og‘ir sharoitda halol mehnat qiladi, yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan ham taqdirlanadi. Ushbu ta’riflar qaysi adabiy qahramonga tegishli?
A) Tursun (”Ufq”) B) Bektemir (”Chinor”) C) Nizomjon (”Ufq”) D) Akbarali (”Chinor”)
8. ”Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi...” Bu qaysi ijodkorning eng soʻnggi soʻzlari edi?
A) A.Qahhor B) Gʻ.Gʻulom C) O.Sharafiddinov D) H.Olimjon
9. Mirtemir ijodiga oid toʻg‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Gogolning “Tergovchi”, I.Frankoning “Feruza", L.Andreyevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi” asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
B) “Sharq shaxmati”, “Fors shoiri Umar Xayyom” singari ilmiy asarlari mavjud.
C) “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim” komediyalari bilan o‘zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.
D) "Manas” qirg'iz xalq eposi, “Qirqqiz” qoraqalpoq xalq dostonini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
10. Bo‘lajak shoir bir yilga yetmay "Haftiyak" va "Chor kitob"ni o‘qib tugatadi. Sakkiz yoshida Farididdin Attorning "Mantiqut-tayr" dostonini yod oladi, sal o'tib, Navoiy mutolaasiga tutinadi. Ushbu ma’lumot qaysi shoir haqida?
A) Muqimiy B) KomilXorazmiy C) Ogahiy D) Furqat
Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə