Spetsifik fermentlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/21
tarix08.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#116061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
mRNK 5AUG GUG (kodon) 31

metionin tRNK(antikodon) to’g’ri keladi


Initsatsiyada kamida uchta oqsilli faktorlar (F1, F2, F3) ishtirok etib, ular ribosoma va GTF ni tashkil etuvchi komponentlariga ta’luqli emas. Oqsilli faktorlar mRNK ga ribosomaning kichik subbirligi va GTF bilan bog’lanishini yengillashtiradi. Bu birlamchi kompleks (initsiatsiya faktorlari – kichik subbirlik – mRNK – GTF) ga katta subbirlik birikadi va shundan so’ng initsiatsiya oqsil faktorlari ribosomadan ajraladi. Katta va kichik subbirliklarning birikishi uchun zarur energiya GTF ning gidrolizidan hosil bo’ladi. Shundan so’ng hosil bo’lgan initsiator kompleks (mRNK, ribosoma va metionin – tRNK) elongatsiya jarayoniga tayyor.

Metionin – tRNK ning antikodoni bilan mRNK ning boshlovchi kodoni – AUG bilan juftlashadi, tRNK ning aktseptor qismi esa ribosomaning katta subbirligiga birikkan bo’ladi.


Elongatsiya bosqichi


Elongatsiya – Polipeptid zanjrini bitta aminokislotaga uzayishi. Sintez doimo N – oxiridan boshlanib, C – oxirgi tomoni bilan tugaydi. Polipeptid zanjirini bitta aminokislotaga o’sish jarayoni elongatsiya hisoblanib, u yani elongatsiya 3 qadamdan iborat:

1- qadam. Bog’lanish. Aminoatsil-tRNK ning bog’lanishi;

2- qadam. Transpeptidatsiya (yoki peptidning ko’chirilishi, tashilishi);

3- qadam. Translokatsiya (yoki mRNK ning bitta tripletga joylashishi);



Birinchi qadam. Ribosomaning (rasmga qaralsin) chap qismida tRNK joylashgan bo’lib, u antikodoni bilan mRNK ning kodoniga, aktseptor qismi esa uzayuvchi peptidga bog’lanadi (rasmda dipeptid keltirilgan). Bu peptid peptidil-tRNK ga kirub, ribosomaning katta subbirligida joylahsgan P-qism bilan bog’lanadi. Birinchi qadamda – mRNK ning ikkinchi kodoni erkin bo’ladi. Erkin kodon bilan ribosomaga kirgan aminoatsil-tRNK o’zining antikodoni bilan birikadi. Avval tRNK ning aminoatsil uchi ribosomaning katta subbirligidagi A-qismi bilan, kodon antikodonlar bilan bog’lanib, ribosomadan tRNK sitoplazmaga transport qilinadi.

Bog’lanishda GTF ning fosfat bog’larini energiyasidan foydalaniladi. Elongatsiya mRNK tarkibidagi tekst o’qib bo’linmaguncha tugamaydi



Ikkinchi qadam – Transpeptidatsiyada peptid bog’i hosil bo’ladi. Bu qadamda tRNK lar ribosomaning A qismidan aminokislotalar P qismiga ko’chirilib peptid bog’ini hosil qiladi.


Jarayon initsirlovchi N-formilmetionin qoldig’ini tashib yurgan tRNK dan peptidiltransferaza yordamida A qismda joylashgan aminokislotaning aminoguruhiga ko’chirilishi tufayli dipeptidil tRNK hosil bo’ladi.



Uchinchi qadam – bunda GTF energiyasi kerak bo’ladi. Ribosomaga birikkan dipeptidil tRNK va mRNK bilan keyingi aminokislota qoldig’i ham huddi avvalgi aminokislota qoldig’i kabi birikadi. Har bir aminokislota o’suvchi polipeptid zanjiriga birikishi uchun ikki molekula GTF energiyasi sarflanadi. Elongatsiya mRNK tarkibidagi tekst o’qib bo’linmaguncha tugamaydi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə