Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi



Yüklə 153,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü153,5 Kb.
#143349
Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi Mundarija -fayllar.org


Sport'''[[Sport]] oʻyinlari''' — musobaqalar turlari; uning asosida nishon (raqib darvozasi, maydonchasi va hokazo)ni sport anjomi (odatda, [[toʻp]]) bilan turli texnik va taktik usullar va vositalar yordamida egallash yotadi, belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi va maxsus koʻnikmalarni talab qiladi. Sport oʻyinlarida tabiiy harakatlar va jismoniy mashklar (yugurish, sakrash, uloqtirish va hokazo) kompleksi qoʻllaniladi. Sport oʻyinlarining 3 asosiy turi bor: jamoaviy sport oʻyinlari ([[basketbol]], [[voleybol]], [[gandbol]], [[futbol]], [[xokkey]], [[regbi]], [[Suv polosi|suv poloso]] va boshqalar), shaxsiy sport oʻyinlari (shashka, [[shaxmat]] va boshqalar) va shaxsiy hamda juftlik sport oʻyinlari ([[tennis]], [[badminton]]). Katta jismoniy kuchni talab qiladigan sport oʻyinlari, odatda, faqat erkaklar oʻrtasida oʻtkazishga moʻljallanadi.
Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi Mundarija: Kirish I bob Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi

Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………………2

I Bob Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi

1.1 Sport trenirovkasining vositalari va metodlari. Sport trenirovkasining tamoyillari. …………………………………………………………………….. 4

1.2 Olimpiada sport musobaqalari. Sportchining musobaqa faoliyati. ……….. 9

II Bob Sportchini tayyorlash tizimi.

2.1 Sport trenirovkasi maqsadi va vizifalari. ………………………………..... 20 Sportchini tayyorlash tizimiga tavsif. Sport mashlariga moslashish. ……………26

Xulosa ……………………………………………………………………...…....29

Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………..30

Kirish


Kurs ishining dozarbligi: Sport musobaqalari o‘ziga xos faoliyat bo‘lib raqib-larning harakatini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solish-tirib ko‘rishga va jismoniy sifatlarni maksimal daraja-da namoyon bo‘lishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi.

Sport hozirgi ko‘rinishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega:

Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga bo‘lgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil eti-ladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qo‘yiladi yoki pastdan yuqoriga).

Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o‘tkazishning umumiy me’yor-lari sifatida muayyan qoidalar bilan mustahkamlanadi.

Musobaqalashuvchilarni hatti harakatlari noantogo-nistik raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashti-riladi.

Sportchi tanlab olgan turidagi ko‘rsatkichlarni, individual holda o‘z imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, gollarda, ochkolarda va h.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda belgilanishi mumkin.

Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlarini etaloni bo‘lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o‘zining sport natijalarini solishtirib ko‘rishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirishi mumkin. Yuqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va rag‘batlantiruvchi roli yaqqol ko‘rinadi.

Kurs ishining maqsadi: Sport natijalari har doim ko‘p omillik hodisadir (bu esa ko‘pgina sabablarga bog‘liq). Jamiyatdagi sport natijalari taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Sportchining individual talanti va yuqori natijaga tayyorgarlik darajasi. Sportga tayyorgarlik tizimining samaradorligi, uni mazmuniga, taxlil etilishiga va material - texnik tomondan ta’minlanganligiga.

Kurs ishining vazifasi: Sport harakatining kengligiga va uni rivojlanishining umumiy ijtimoiy sharoitlariga bog‘liq. Sport musobaqalarining xususiyatlarini o‘rganish, sport sohasidagi mutaxassislarni qiziqtirib kelgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Kurs ishining metadalogik asoslari: Sport musobaqalari, sport mashg‘ulotidan genetik va bo‘ysunishi bo‘yicha “kattadir”. Ma’lumki, inson ma’naviyati va madaniyatini rivojlanishida, har xil yakkama yakka kurash va sport elementlari o‘rtasida o‘yinlar birinchi bo‘lib tashkil topgan. Keyinchalik esa ularni shakllari, uslublari va elementlari tashkil topa boshlagandan keyin tayyorgarlik ko‘rash yo‘llari aniqlana boshlandi. Hozirgi kunda sportda bu yo‘nalishni ko‘p soxasi bo‘yicha sportchilar tayyorlashni ilmiy asoslangan tizimi tashkil qilinib sport mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga oladi.

Kurs ishining obyekti: Sport musobaqalari sportchining jismoniy taktik-texnik imkoniyatlarini, zaxiralarini va sport jamoasini imkoniyatlarini aniqlashda “Poligon” bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun faqat musobaqa vaqtida psixologik qarama-qarshiliklarni yengish uchun raqobatchilik hosil qilinadi hamda sportchini musobaqa faoliyatini psixologik strukturasi aniq-lanadi. Musobaqalar tizimi o‘z ichiga bir qator ofitsial va ofitsial bo‘lmagan musobaqalarni birlashtirib, sport faoliyatini nisbatan alohida shakl sifatida tashkil qiladi. Bular ma’lum tartibda o‘zining masshtabi, ahamiyati, sportchini tayyorlash bosqichlari va boshqa sharoitlariga qarab bo‘linadi.

I Bob Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi

1.1 Sport trenirovkasining vositalari va metodlari. Sport trenirovkasining tamoyillari.

Sport musobaqalari o‘ziga xos faoliyat bo‘lib raqib-larning harakatini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solish-tirib ko‘rishga va jismoniy sifatlarni maksimal daraja-da namoyon bo‘lishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi.

Sport hozirgi ko‘rinishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega:

1) Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga bo‘lgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil eti-ladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qo‘yiladi yoki pastdan yuqoriga).

2) Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o‘tkazishning umumiy me’yor-lari sifatida muayyan qoidalar bilan mustahkamlanadi.

3) Musobaqalashuvchilarni hatti harakatlari noantogo-nistik raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashti-riladi.

Sportchi tanlab olgan turidagi ko‘rsatkichlarni, individual holda o‘z imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, gollarda, ochkolarda va h.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda belgilanishi mumkin.

Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlarini etaloni bo‘lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o‘zining sport natijalarini solishtirib ko‘rishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirishi mumkin. Yuqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va rag‘batlantiruvchi roli yaqqol ko‘rinadi.1

Sport natijalari har doim ko‘p omillik hodisadir (bu esa ko‘pgina sabablarga bog‘liq). Jamiyatdagi sport natijalari taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.

1) Sportchining individual talanti va yuqori natijaga tayyorgarlik darajasi.

2) Sportga tayyorgarlik tizimining samaradorligi, uni mazmuniga, taxlil etilishiga va material - texnik tomondan ta’minlanganligiga.

3) Sport harakatining kengligiga va uni rivojlanishining umumiy ijtimoiy sharoitlariga bog‘liq.

Sport musobaqalarining xususiyatlarini o‘rganish, sport sohasidagi mutaxassislarni qiziqtirib kelgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Birinchidan - musobaqa sportni asosiy mazmunini tashkil etadi.

Ikkinchidan - sport musobaqalari, sport mashg‘ulotidan genetik va bo‘ysunishi bo‘yicha “kattadir”. Ma’lumki, inson ma’naviyati va madaniyatini rivojlanishida, har xil yakkama yakka kurash va sport elementlari o‘rtasida o‘yinlar birinchi bo‘lib tashkil topgan. Keyinchalik esa ularni shakllari, uslublari va elementlari tashkil topa boshlagandan keyin tayyorgarlik ko‘rash yo‘llari aniqlana boshlandi. Hozirgi kunda sportda bu yo‘nalishni ko‘p soxasi bo‘yicha sportchilar tayyorlashni ilmiy asoslangan tizimi tashkil qilinib sport mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga oladi.

Uchinchidan - sport musobaqalari sportchining jismoniy taktik-texnik imkoniyatlarini, zaxiralarini va sport jamoasini imkoniyatlarini aniqlashda “Poligon” bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun faqat musobaqa vaqtida psixologik qarama-qarshiliklarni yengish uchun raqobatchilik hosil qilinadi hamda sportchini musobaqa faoliyatini psixologik strukturasi aniq-lanadi. Musobaqalar tizimi o‘z ichiga bir qator ofitsial va ofitsial bo‘lmagan musobaqalarni birlashtirib, sport faoliyatini nisbatan alohida shakl sifatida tashkil qiladi. Bular ma’lum tartibda o‘zining masshtabi, ahamiyati, sportchini tayyorlash bosqichlari va boshqa sharoitlariga qarab bo‘linadi.

Musobaqalarda asosiy o‘rinlarni absolyut birinchiliklar (shaxsiy va jamoa) dunyo va olimpiada o‘yinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga yo‘naltirilgan musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, mashg‘ulotning ayrim boskichlari rejalashtiriladi, yuqori sport natijalarga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi. Boshqa ko‘pgina musobaqalar tayyorgarlik uchun o‘tkaziladi. Sport mashg‘ulotlarini umumiy vaqtidan 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi.

Musobaqa faoliyati - bu tartiblashtirilgan raqobat bo‘lib, o‘z qobiliyatini ob’ektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija ko‘rsatilishini ta’minlash hamda tartibga solishdir. Bu bir qancha maxsus xususiyatlarga ega:

1. Musobaqa tizimida raqobatni oshib borish darajasiga qarab hamda yutuqqa bo‘lgan talabga nisbatan (dastlabki va ofitsial musobaqalarda) faoliyatini tashkil qilishga.

2. Musobaqa o‘tkaziladigan vositalarni amalga kiritishda sportchini faoliyati, shart-sharoiti va yutuqlarini baholash yo‘llarini tartiblashtirish, ma’lum qoidalar hamda musobaqani umum me’yorlari bilan mustahkamlanadi.

3.Musobaqalashuvchilarni xulqini va o‘zini tutish tartibiga ham bog‘liq.

Sport musobaqalari - his-hayajon holatidagi ko‘rinishda bo‘lib hozirgi kunda 100 dan ortiq sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Har qaysi sport turi, musobaqa o‘tkazish uchun o‘zining metodik xususiyati, qatnashish sharti, o‘tkazish qoidasi va g‘oliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi.

Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina shaxsiy sport tayyorgarligiga ega bo‘lmasdan, ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan (targ‘ibot, ko‘rgazmalilik va b.q.) holda ham tashkil qilinadi.2

Sport musobaqasi - o‘yin shaklida raqobat qilish shakli bo‘lib, jismoniy tayyorgarligi, harakat malakasi va mashqlarni bajarish san’ati yoki o‘ylash va tafakkur qilishni rivojlan-tirishni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musobaqalarga qatnashmay turib sport faoliyati xaqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Musobaqalar - sportchilar uchun, rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning o‘zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga o‘rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o‘rgatadi.

Sportchining musobaqalarda ko‘p qatnashishi shunchalik tajribaga ega bo‘lishligini amaliyot ko‘rsatib turibdi. Negaki sportning barcha turlari bo‘yicha bellashuvlar soni ortib ketdi.

Masalan, yuqori mahoratli velosipedchi, sprinter yil davomida 200-250 martadan musobaqaga chiqadi. (D.A.Polishchuk, 1982).

Malakali suzuvichlarning musobaqa tayyorgarligi kun tartibi ham tig‘iz bo‘ladi. Yiliga musobaqalar soni 25-30, davomiyligi 1 kundan 3-5 kungacha, 120-140 martagacha startlar bo‘ladi (V.N.Platonov, 1986).

O‘z mohiyatiga ko‘ra asosiy hisoblangan, mashqlarning yakuniy nuqtasi bo‘lgan bosh musobaqalar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak (yiliga 3-4 marta, sport o‘yinlari bundan mustasno). Bosh musobaqalar oddiydan murakkabga va qiyinchiligiga qarab joylashtirilishi lozim. Ularni joriy yilga shunday joylash-tirilish kerakki, bunda sportchi hal qiluvchi eng muhim musobaqaga doimiy tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lsin, musobaqalar orasida jismoniy hamda ruhiy dam olsin va bir musobaqada aniqlangan kamchiliklar mashq jarayonida keyingi musobaqalargacha tuza-tilsin.

Musobaqa davrida sportchi ishtirokining soni eng avvalo sport turi xususiyatiga bog‘liq. Sport turlarida musobaqalar (xaftasiga 1-2 musobaqa kunlari) chidamlilikda alohida talablar qo‘yadigan va uzoqroq tiklanishni talab etadigan sport turlaridagiga qaraganda ko‘proq o‘tkaziladi.

Sportchini musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik tizimida quyidagilarni hisobga olish zarur:

- sportchi uchun musobaqalar hafsala bilan tanlanishi va asta-sekin qiyinlashib boradigan bo‘lishi lozim;

- musobaqada kuch jihatdan teng bo‘lgan sportchilar qatnashish;

- yuqori darajadagi yutuqlarga erishish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi musobaqalarda qatnashish zarur;

- vaqtni u yerdan bu yerga kuchish va h.k.va kuchni ko‘p talab qiladigan musobaqalarning ko‘payib ketishi mashq ishlarini cheklab, sportchi tayyorgarligiga salbiy ta’sir etishi mumkin;

- musobaqalar taqvimi (kun, taqsimot, musobaqalar qiyinligi darajasi) shunday sharoit yaratishi kerakki, bunda sportchiga katta imkon yaratilsin. O‘tkazilayotgan barcha musoba-qalar shu maqsadga qaratilmog‘i zarur.

Shunday qilib, sport musobaqalari erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, ayrim sportchi va jamoaning yutuqlarini baholash va solishtirish usuli ekan.

Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan ayrim xarakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy, taktik, ruhiy integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati ko‘rinishining shakli hisoblanadi. Sport bellashuvi vaqti cheklangan raqiblik hisoblanadi, bu jarayonda bellashayotganlarning qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtiriladi.

1.2 Olimpiada sport musobaqalari. Sportchining musobaqa faoliyati.

Raqobat darajasi va yutuqlariga bo‘lgan talabni asta-sekin ortib borishi (sportchini yuqori darajadagi musobaqalarda natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir). Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashish uchun viloyatda o‘tkazilgan musobaqalarda tegishli o‘rin egallash zarur (tabiiyki, respublika musobaqalarida viloyatlardagiga qaraganda g‘alaba uchun raqobat kuchli bo‘ladi).

Sportchilar harakatini bir xil shaklga keltirish orqali bellashuvlar, ularni bajarish sharoitlari haqidagi nizom, sport turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari bilan belgilanadi:

-noantogonistik (do‘stona) raqobat (musobaqalar qoidalari) doirasida bellashuv o‘tkazish tartibi (tarbiya).

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda Prezdentimiz sportni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish to‘g‘risida katta g‘amxo‘rlik qilmoqda.

Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko‘ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo‘yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o‘z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:3

-bugungi sportchilar erishgan yuksak ko‘rsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo‘llanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.

-Eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo‘lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo‘lgan talabni benihoya oshiradi.

-Yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgar-likning shu qadar yuksak cho‘qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko‘tarilish eng og‘ir va eng murakkab vazifa bo‘lib qoldi, shunga ko‘ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo‘lib qoldi.

-Mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og‘irlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Shu bilan birga, mashg‘ulot samaradorligini oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo‘lish zarurati tug‘ildi. Shunga ko‘ra birinchidan, turlicha imtiyozli yo‘nalishlarda bo‘lgan yuklamalar o‘rtasidagi eng ko‘p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi o‘rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to‘la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni ko‘zda tutadi.

-mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni ta’minlovchi funksional uslublarga to‘la qonli ta’sir ko‘rsatish va bunday uslublarni o‘ta yuksak faoliyat darajasiga ko‘tarish bilan bevosita bog‘liqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab yetkazishning o‘ta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog‘lom aql va hissiyotga suyangan holda hal qilib bo‘lmaydi.

1-jadval






Shart-sharoit




Ilm olish

Sportchi

Mashg‘ulot

Rivojlanish




Musobaqalar

Tarbiya

Trener

Kuchni tiklash

Ilmiy metodik ta’minot guruhi

Ta’minot guruhi

Moddiy texnik va xo‘jalik ta’minoti guruhi

Sportchini tayyorlab yetkazish usullari ilmiy-metodik asoslar majmui, shuningdek, sportchilarni muayyan mutaxasislar bo‘yicha tayyorlashni izchillikni bilan amalga oshiruvchi tashkilotlar (muassasalar) xamjihatligi samarasidir.

1. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yuksak malakali sportchini tayyorlashga shart-sharoit sportchi-murabbiy majmui yagona asosiy negiz hisoblanadi. Bu majmua ichida eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadi, chunki aynan shu sportchi bir qator harakatlar (ilm olish, rivojlanish, tarbiya, mashg‘ulot, musobaqa, oragnizmini qayta tiklash) ta’siriga to‘qnash kelishi kerak. Vaholanki, sportchi o‘ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va xo‘jalik ta’minoti, ilmiy metodik ta’minot, guruhlarisiz musobaqaga tayyorlana olmaydi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aqlan, ham ahloqan) rivojlanishi, shuningdek, jismoniy, texnik taktik, aqliy, funksional jihatdan tayyorlangan bo‘lishini talab qiladi.4

2-jadval


Tashkilotchi




Musobaqa va o‘quv yig‘inlarni uyushtirish

G‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar

Muvofiqlashtirish xizmati

Tashkilotlar bilan muloqot




Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash

Rejalashtirish xaqidagi ma’lumotlarni to‘plash va taxlil qilish




Bo‘sh vaqt va xordiq chiqarish

2. Sportchini tayyorlab yetkazish uslublarini ko‘zdan kechirish uchun biz bu faoliyatni tashkiliy jihatiga murojaat qilaylik.

Ko‘rinib turibdiki, g‘oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining tarbiyalash birinchi o‘ringa qo‘yilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan taqdirdagina, o‘zini, trenerni, komanda a’zolarini, raqibini va boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida ko‘rsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish bilan bir paytda, sport qonunini buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o‘zga ahloqsizlarga qarshi hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak. Sportchilar orasida bosar-tusarini bilmay qolgan, og‘zi katta, mutakabbirlar, chempionlik shaxsiga sig‘inishni talab qiluvchilar hali ko‘p uchrab turadi. Sportchilar tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, modalar ketidan quvish, sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dog‘ tushirish kabi salbiy qilmishlar mavjud.

Musobaqalar va o‘quv yig‘inlarini rejalashtirishni ham albatta tashkiliy ish deb hisoblash kerak. Bu har qanday sport ishida eng mas’uliyatli jarayondir. Musobaqalarni shunday rejalashtirish kerakki, ular sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan muddatlarga albatta mos tushishi, o‘z amaliyotiga qarab tadrijiy ravishda o‘tkazilsin, shuningdek, eng yirik musobaqalarning qanday sharoitda (iqlim, joyning dengiz sathidan qancha balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa) o‘tkazilishi ham hisobga olinishi kerak. Musobaqalarni yillik sikl rejasiga to‘g‘ri taqsimlash, sport natijalarining o‘sishini jadallashtiradi, musobaqa sharoitiga moslanishiga imkon tug‘diradi.

Yillik siklda yuqori tasnifli sportchilarni rasmiy musobaqa va startlarga chiqish va mashg‘ulot kunlarida erishilgan hajmi.

3-jadval


Sport turlari

Musobaqa kunlarini

Startlar soni

Sport turlari

Musobaqa
kunlarini soni

Startlar soni

Gimnas
tika

25-30

210-250

futbol

70-85

70-85

Suvga sakrash

25-35

275-360

Stol tennisi

75-80

380-420

Qilichbozlik

30-40

415-480

Suv polosi

60-65

60-65

O‘quv yig‘inlarini tashkil qilish va o‘tkazish uslubi ham musobaqalar darajasi (rangi)ga bog‘liq: bunday yig‘inlarda bajariladigan har bitta ish nihoyatda puxta o‘ylanishi kerak. Masalan: sportchilarni yig‘in o‘tkaziladigan joyga olib borish; mashg‘ulot kunlarning puxta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish tartibi, mashq o‘tkaziladigan joylar va hokazo ishlar. Bulardan tashqari, tarbiyaviy ishlar, tibbiy hizmat, ilmiy-metodik ta’minot amalga oshiriladi. Yig‘inlar turlicha yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: o‘quv-mashq yig‘ini, kuch yig‘ish yig‘ini, nazorat-tayyorgarlik yig‘ini, musobaqa yig‘ini va hokazo. Shuni ham aytib o‘tish joizki, yig‘in bo‘ladigan joylarda sportchi uchun yaxshi sharoit yaratish lozim.

O‘quv-yig‘inlarini uyushtiruvchilar boshqa tashkilotlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatgan bo‘lishlari zarur.

Sport haqida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish yo‘li bilan, nafaqat sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin. Bu o‘rinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashg‘ulotlarga funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal qiladilar, ya’ni sportchilar 2005 yilning modelini tuzadilar.

Terma jamoalarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma yerda muntazam ravishda yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini olib borish kerak. Hozirgi kunda terma komandalar uchun oliy toifadagi trenerlarning malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport hakamlaridan nainki, hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional tayyorgarlik ham talab qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik konferensiyalar o‘tkaziladi, oliy darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yo‘li bilan murabbiylar tajriba almashadilar va vaqti - vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib turiladi.

O‘quv yig‘inlari va musobaqalar paytida sportchilarning bo‘sh vaqti va dam olishini to‘g‘ri tashkil qilish va samarali o‘tkazish zarur. Terma komandalarda g‘oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, komanda a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib boriladi.

Sportchilarning g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar, siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bag‘ishlangan kechalar va shu singari tadbirlar kiradi. Inqilob ishtirokchilari, fuqarolar urushi va mehnat qaxramonlari, sport faxriylari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta o‘ylab uyushtirish kerak bo‘ladi.

Yig‘in mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash, kelgan qurilish materiallarini mashina va vagonlardan tushirish, zallarni, sport anjomlarni ta’mirlash, oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar).

4-jadval



Moddiy-texnik ta’minoti




Baza qurilishi

Sport formasi bilan ta’minlash

Mashg‘ulot uchun joy tayyorlash

Anjom-uskunalarni takomillashtirish, trenajerlar yaratish

Apparatlar bilan ta’minlash

O‘quv yig‘inlari va musobaqalar o‘tadigan joylarda xo‘jalik ishlari.

Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to‘ldirish, mashg‘ulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to‘g‘ri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, sport ashyo -anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo‘ljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari yetishmaydi.

Sport formalari, anjomlari, uskunalari o‘zgarmoqda, sport natijalarining bo‘lg‘usi qiyofasi ham o‘zgarmoqda.

5-jadval


Tibbiy ta’minot




Jismoniy mashq yuklamasiga chidamlilik xolatini operativ va chuqur nazorat qilish




Kasallikni oldini olish (profilaktik) tadbirlar

Davolash tadbirlari

Tiklanish




Hozirgi shifokorlar sportchining mashg‘ulotga chidamlilik holati haqida faqat o‘z amaliy ko‘rsatkichlari bilan chegaralanib sportchining umumiy mashg‘ulotga qay darajada chidamli ekanligi xaqida gapirmaydi.

Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish (bu vazifani davolash fizkultura dispanserlari bajaradi), davolash pedagogik kuzatuvlar, o‘z salomatligini o‘zi nazorat qilish va oliy darajadagi sportchilarni tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan boshqa majmuali nazorat shakllari (masalan bosqichma bosqich va joriy majmuali tekshiruvlar) eng muhim ahamiyatga egadir.

Bu ishlarinng hammasi har bir sportchi uchun berilgan yuklamaga qanchalik chiday olishini aniqlashda, yuklamalarni me’yorga solishda va ularning og‘ir yengilligini, shuningdek, mashq qilayotgan shaxsning yoshini va jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda mashq jarayonini rejalashtirishda katta yordam ko‘rsatadi.

Shifokorlar profilaktika ishlari bilan shug‘ullanmay-dilar, rejalashtirish sifatining pastligi uchun javob bermay-dilar, ularning shaxsiy tayyorgarlik rejalari nomigagina tuzilgan o‘quv mashq yuklamalari ustidan nazorat qilish saviyasi past.

Sportchining salomatligi, funksional holati, uning psixologik jihatdan musobaqalarga shayligi va shu kabi boshqa jihatlari haqida amaliy ma’lumot yo‘q.

Tibbiy nazoratning vazifasi-sportchilarni har yili dispanser ko‘rigidan o‘tkazish, funksional tayyorgarlik sinovlarni ishga solish, nazoratni musobaqaga tayyorgarlik oldidan o‘tkazib, keyin kamida 3-4 oyda bir martadan joriy kuzatuv o‘tkazilib turilishi joiz.

Sportchining ish qobiliyati samarali tiklash va oshirishga qaratilgan tadbirlar quyidagilardan iborat:

a) organizmning qattiq charchashi va o‘ta zo‘riqishini bartaraf qiluvchi maxsus gigienik tadbirlar (bu tadbirlar, kuch-quvvatni tiklovchi pedagogik vositalar deb ham yuritiladi).

b) psixologik tadbirlar. Sportchi ruhiy holatini tartibga solishning psixo-profilaktik va psixo-terapevtik usullari autagen (mustaqil mashq, ruhiy holatni tartibga soluvchi (psixore-gulyatsiya) mashq, gipnoz bilan uxlab dam olish). Sportchining izzat-nafsiga qattiq tegmaslik, uning ruhiyatini avaylash uchun qulay psixologik mikroiqlim yaratish, rahbarlar, trenerlar, hodmlar sportchiga nisbatan xushmuomila bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari, ruhiy keskinlikni bartaraf qiluvchi usullar va mashg‘u-lotlardan, dam olishning turli xil ko‘ngilochar vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.

v) har turli jismoniy omillardan va organizmni qayta tiklash apparatlaridan keng ko‘lamda va kompleks usulda foy-dalanish.

g) tarkibida yuksak biologik qiymatga ega iste’mol preparatlari bo‘lgan taomlardan, quvvat va salomatlikni tiklash uchun xizmat qiluvchi maxsus ozuqa omuxtasidan, shuningdek, inson organizmida modda almashinishi oralig‘ida iste’mol qilinuvchi ozuqalar (qahrabo va limon kislotasi)dan, biokimyoviy jarayonga ta’sir etuvchi preparatlardan foydalanish.

6-jadval



Ilmiy metodik ta’minot




Sport turi xossalarini tadqiq qilish

Bo‘lg‘usi sportchilarning modelini tuzish

Sport taraqqiyoti yo‘nalishlarini oldindan ko‘ra bilish

Raqiblar haqida ma’lumot to‘plash

Sport formalarini mashq harakatlariga mosligini boshqarishga qaratilgan maslahatlar




Sportning barcha turlarini idrok qilish g‘oyat mushkul, hamma turlarini boshqaruvchi umumiy qonuniyatni sportchi chuqur o‘rganishi shart.

Shuningdek, sport kelajagini oldindan ko‘ra bilmay, mashq-lar kuch tiklash jarayonini to‘g‘ri va ilmiy tarzda rejalash-tirilmay turib sportni rivojlantirib bo‘lmaydi.

Sportchini kurashga tayyorlash tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash uchun, birinchi navbatda bo‘lg‘usi sportchining modelini tuzish zarur. Sportning ko‘p turlari bo‘yicha (yugurish, suzish, disk va nayza uloqtirish, balandga va uzunlikka sakrash, velosiped poygasi, bo‘lib qatnashgan va boshqalar), modellar ishlab chiqilgan. Ayni paytda, u turlarning tarkibiy qismi va o‘lchamlari ham tayyorlangan bo‘lib trenerlar sportchilarni harakat texni-kasidagi holatlarni to‘g‘rilash chog‘ida, hamda sportchini boshqa turli xil vositalar bilan musobaqaga tayyorlayotgan chog‘larida mazkur o‘lchamlarga suyanishlari mumkin.

Terma komandalarni ilmiy jihatdan ta’minlash, MDH bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida, har qaysi nomdor sportchining jismoniy xususiyatlari, mashq qilish usullari, qanday yuklamaga qurbi yetishi, turmush tarzi va o‘zga jihatlari imkoni boricha to‘laroq ma’lumot oli zarur. Bu sohada raqib komanda yoki raqibni uslublarini bilish razvedkasi tobora rivojlanib borishi kerak.

Ta’minot bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-uslubi guruh mashq jarayonini boshqarish, sportchining sport formasiga kirishishi, sport formasining dinamikasi bo‘yicha albatta o‘z mulohazasini aytishi kerak.

7-jadval



Murabbiy




Mashg‘ulotlar o‘tkazish




Saralash

Mashg‘ulot strategiyasi

Natijani rejalashtirish

Yuklamalarni rejalashtirish

Mashg‘ulot jarayonini boshqarish

Nazorat

Murabbiy, sportchining harakat a’zolari faoliyatini shakllantirishga jismoniy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan mashq jarayonini amalga oshiradi, mashg‘ulot usuli yordamida sportchini tartibli ravishda musobaqalarga tayyorlash masalasini va sportchi faoliyatining rivojlanishini boshqarishda pedagogik jarayonini ifodalovchi moslovchi masalalarni hal qiladi.

Murabbiy mashg‘ulot jarayonini amalga oshirar ekan, sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan tanlab olish (bu pedagogik, ijtimoiy, psixologik, metodik–biologik usullardan tarkib topgan xarakterlar majmuining tashkiliy–metodik tadbirlari tizimi bo‘lib, sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste’dodi va qobiliyati mazkur usullar yordamida aniqlanadi), ularning qaysi sport turiga layoqatli ekanligini aniqlash (hozirgi paytda sportning 16 turi bo‘yicha bolalarni saralashning ham miqdoriy, ham sifatiy tuzilmasi aniqlangan) farz va qarzdir. Lekin har qanday vaziyatda ham trener bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar yig‘indisiga e’tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga layoqati va o‘ziga xos xislatlarini hisobga olishi shart.

Har bir trener sportchini tayyorlab yetkazishda uning shaxsiy iste’dodi va alohida xususiyatlariga suyangan holda, o‘z usuli bo‘yicha ish ko‘radi. Shuni ham aytish kerakki, trener har qancha tajribali bo‘lsin hamma vaqt ham har qanday sportchidan mashhur sportchi yetishtira olmaydi. Masalan: 100 metrga yugurishda bir xil natijaga (10.1-10.2 soniya) erishgan sportchilar: A.Xarri, Merchi va Robert Xeyeslar agar bitta trener bilan mashq qilganida bormi, ulardan uchta sprinter yetib chiqishi amri mahol edi. Juda nari borsa, ulardan faqat bittasi yuqori natija ko‘rsatishi mumkin edi.

Hozirgi trenerlar mashq va musobaqa yuklamasini rejalashtirishni o‘rganib olganlar, lekin sportchi kuchini to‘plashni rejalashtirishni mutlaqo bilmaydilar bu jarayoni o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, ya’ni sportchi kuch yig‘ish usullarini o‘zi qidiradi (massaj, sauna, passiv dam, nazoratsiz ovqatlanish - xullas, kuch tiklanishning butun rejimi).

Biroq, eng yuqori malakali katta trener ham sportchi bilan munosabat qilgan va o‘z asosiy mutaxassislik burchini bajarayotgan chog‘ida, bir qator ob’ektiv qiyinchiliklariga duch keladi.

Murabbiy mustaqil ravishda sportchidan mashq paytida yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday tasodiflarni xotirjamlik bilan qarshi olishni talab qilarkan, uning ortiq darajada hayajonlanishiga, achchiqlanishiga, o‘zboshimchalik qilishga mutloqo yo‘l qo‘ymasliligi kerak.

Mashg‘ulot jarayonini omilkorlik bilan samarali boshqa-rishning asosiy sharti mashg‘ulot jarayonining tarkibiy qism-larini doimiy ravishda tahlil qilishdir. Bunday tahlilning asosiy tomoni quyidagilardan iborat:

1. Sportchilar tomonidan bajarilgan hamma ishni hisobga olish;

2. Sportchining ahvolini (uning mazkur ishga munosabatini) nazorat qilish, bunday nazorat natijasida sportchining holati haqida jismoniy, texnikaviy malakasining sifatiy rivojlanish sur’ati haqida va mashq yuklamalarini qay darajada bajara olishi haqida xolis ma’lumotlar olish mumkin.

Tavsiya qilingan yuklamalar sportchi organizmi imkoniyat-lariga mos tushganini bildiruvchi alomatlar: uning yaxshi kayfi-yatda bo‘lishi, xamma narsadan xafasalasi pir bo‘lishi, mashqdan ko‘ngli sovishi mumkin. Yuklamalarni organizmining funksional holatiga qanchalik mos tushganini puxta aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish lozim bo‘ladi: mashg‘ulotlarni qiyosiy tahlil qilish, aql-farosatni nazorat qilish, sportchining o‘z-o‘zi-ni nazorat qilishi, shifokor nazorati.










II Bob Sportchini tayyorlash tizimi.
2.1 Sport trenirovkasi maqsadi va vizifalari.
Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko’ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo’yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o’z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:
-bugungi sportchilar erishgan yuksak ko’rsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo’llanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
-eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo’lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo’lgan talabni benihoya oshiradi.
-yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar yuksak cho’qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko’tarilish eng og’ir va eng murakkab vazifa bo’lib qoldi, shunga ko’ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo’lib qoldi.
-mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og’irlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi ko’ndalang qilib qo’yildi. SHu bilan birga, mashg’ulot samaradorligini oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo’lish zarurati tug’ildi. SHunga ko’ra birinchidan, turlicha imtiyozli yo’nalishlarda bo’lgan yuklamalar o’rtasidagi eng ko’p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi o’rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to’la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni ko’zda tutadi.
-mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni ta’minlovchi funksional uslublarga to’la qonli ta’sir ko’rsatish va bunday uslublarni o’ta yuksak faoliyat darajasiga ko’tarish bilan bevosita bog’liqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab yetkazishning o’ta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog’lom aql va hissiyotga suyangan holda hal qilib bo’lmaydi. Sportchini tayyorlab yetkazish usullari ilmiy-metodik asoslar majmui, shuningdek, sportchilarni muayyan mutaxasislar bo’yicha tayyorlashni izchillik bilan amalga oshiruvchi tashkilotlar (muassasalar) xamjihatligi samarasidir.5
1. Bu majmua ichida eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadi, chunki aynan shu sportchi bir qator harakatlar (ilm olish, rivojlanish, tarbiya, mashg’ulot, musobaqa, oragnizmini qayta tiklash) ta’siriga to’qnash kelishi kerak. Vaholanki, sportchi o’ziga mustaqil shaxs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va xo’jalik ta’minoti, ilmiy metodik ta’minot, guruhlarisiz musobaqaga tayyorlana olmaydi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aqlan, ham ahloqan) rivojlanishi, shuningdek, jismoniy, texnik taktik, aqliy, funksional jihatdan tayyorlangan bo’lishini talab qiladi.
G’oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining tarbiyalash birinchi o’ringa qo’yilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yo’lga qo’yilgan taqdirdagina, o’zini, trenerni, komanda a’zolarini, raqibini va boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida ko’rsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish bilan bir paytda, sport qonunini buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o’zga ahloqsizlarga qarshi hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak. Sportchilar orasida bosar-tusarini bilmay qolgan, og’zi katta, mutakabbirlar, chempionlik shaxsiga sig’inishni talab qiluvchilar ko’p uchrab turadi. Sportchilar tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, modalar ketidan quvish, sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dog’ tushirish kabi salbiy qilmishlar mavjud. Musobaqalar va o’quv yig’inlarini rejalashtirishni ham albatta tashkiliy ish deb hisoblash kerak. Bu har qanday sport ishida eng mas’uliyatli jarayondir. Musobaqalarni shunday rejalashtirish kerakki, ular sport mashg’ulotlari o’tkaziladigan muddatlarga albatta mos tushishi, o’z amaliyotiga qarab tadrijiy ravishda o’tkazilsin, shuningdek, eng yirik musobaqalarning qanday sharoitda (iqlim, joyning dengiz sathidan qancha balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa) o’tkazilishi ham hisobga olinishi kerak. Musobaqalarni yillik sikl rejasiga to’g’ri taqsimlash, sport natijalarining o’sishini jadallashtiradi, musobaqa sharoitiga moslanishiga imkon tug’diradi.
O’quv yig’inlarini tashkil qilish va o’tkazish uslubi ham musobaqalar darajasi (rangi)ga bog’liq: bunday yig’inlarda bajariladigan har bitta ish nihoyatda puxta o’ylanishi kerak. Masalan: sportchilarni yig’in o’tkaziladigan joyga olib borish; mashg’ulot kunlarning puxta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish tartibi, mashq o’tkaziladigan joylar va hokazo ishlar. Bulardan tashqari, tarbiyaviy ishlar, tibbiy hizmat, ilmiy-metodik ta’minot amalga oshiriladi. Yig’inlar turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin: o’quv-mashq yig’ini, kuch yig’ish yig’ini, nazorat-tayyorgarlik yig’ini, musobaqa yig’ini va hokazo. SHuni ham aytib o’tish joizki, yig’in bo’ladigan joylarda sportchi uchun yaxshi sharoit yaratish lozim.
O’quv-yig’inlarini uyushtiruvchilar boshqa tashkilotlar bilan yaxshi aloqa o’rnatgan bo’lishlari zarur. Sport haqida ma’lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish yo’li bilan, nafaqat sportning bugungi mavqeini, shuningdek, kelajagini ham ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin. Bu o’rinda turli xil muvoffiqlashtirish xizmatlari mujassamlanadi (murabbiy, sportchi, shifokor, psixolog, metodist va boshqalar ular yangi texnik harakatlarni tuzilishi, amaliy murakkab mashg’ulotlarga funksional tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik kabi masalalarni birgalikda hal qiladilar, ya’ni sportchilar 2005 yilning modelini tuzadilar.
Terma komandalarni bunday mutaxassislar bilan ta’minlash uchun hamma yerda muntazam ravishda yangi kadrlar tayyorlash va eski kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini olib borish kerak. Hozirgi kunda terma komandalar uchun oliy toifadagi trenerlarning malakasini oshiruvchi bir yillik kurslar ochilmoqda. Sport hakamlaridan nainki, hakamlik mahorati, balki shuningdek jismoniy, funksional tayyorgarlik ham talab qilinmoqda. Murabbiylar uchun ilmiy va metodik konferensiyalar o’tkaziladi, oliy darajadagi mutaxassislarni taklif qilish yo’li bilan murabbiylar tajriba almashadilar va vaqti - vaqti bilan qayta attestatsiya qilinib turiladi. O’quv yig’inlari va musobaqalar paytida sportchilarning bo’sh vaqti va dam olishini to’g’ri tashkil qilish va samarali o’tkazish zarur. Terma komandalarda g’oyaviy-siyosiy tarbiya ishlari, komanda a’zolarining yoshiga qarab turlicha olib boriladi. Sportchilarning g’oyaviy-siyosiy tarbiyasi tarkibiga nazariy seminarlar, siyosiy axborotlar, muhim ahamiyatli sanalarga bag’ishlangan kechalar va shu singari tadbirlar kiradi. Inqilob ishtirokchilari, fuqarolar urushi va mehnat qaxramonlari, sport faxriylari bilan bo’ladigan uchrashuvlarni nihoyatda puxta o’ylab uyushtirish kerak bo’ladi. Yig’in mavsumida mehnat tarbiyasiga e’tiborni qaratish lozim (xona, sport zalida, sport maydonchasida navbatchilik qilish, baza xududini ozoda saqlash, kelgan qurilish materiallarini mashina va vagonlardan tushirish, zallarni, sport anjomlarni ta’mirlash, oshxonada, yotoqxonada navbatchilik qilish va boshqalar). Sportchini tayyorlash tizimida moddiy-texnika ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Sport bazalarini yaratish va ularni to’ldirish, mashg’ulot joylaridan hamma vaqt ham omilkorlik bilan to’g’ri foydalanish, sport anjomlarini sotib olish axborot beruvchi, tahlil qiluvchi maxsus apparatlar bilan ta’minlanishi kerak. Sport anjomlarini ishlab chiqarish va ular bilan sport ahlini ta’minlash masalalari yaxshi yo’lga qo’yilmagan, sport ashyo -anjomlari (ham standart, ham nostandart anjomlar, ham bolalar uchun mo’ljallanganlari)ning sifati past, trenajyor uskunalari yetishmaydi.

Sportchini kurashga tayyorlash tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash uchun, birinchi navbatda bo’lg’usi sportchining modelini tuzish zarur. Sportning ko’p turlari bo’yicha (yugurish, suzish, disk va nayza uloqtirish, balandga va uzunlikka sakrash, velosiped poygasi, bo’lib qatnashgan va boshqalar), modellar ishlab chiqilgan. Ayni paytda, u turlarning tarkibiy qismi va o’lchamlari ham tayyorlangan bo’lib trenerlar sportchilarni harakat texni-kasidagi holatlarni to’g’rilash chog’ida, hamda sportchini boshqa turli xil vositalar bilan musobaqaga tayyorlayotgan chog’larida mazkur o’lchamlarga suyanishlari mumkin.

Terma komandalarni ilmiy jihatdan ta’minlash, MDX bo’yicha o’tkaziladigan hamda mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida, har qaysi nomdor sportchining jismoniy xususiyatlari, mashq qilish usullari, qanday yuklamaga qurbi yetishi, turmush tarzi va o’zga jihatlari imkoni boricha to’laroq ma’lumot oli zarur. Bu sohada raqib komanda yoki raqibni uslublarini bilish razvedkasi tobora rivojlanib borishi kerak. Ta’minot bilan shug’ullanuvchi ilmiy-uslubi guruh mashq jarayonini boshqarish, sportchining sport formasiga kirishishi, sport formasining dinamikasi bo’yicha albatta o’z mulohazasini aytishi kerak.

Murabbiy mashg’ulot jarayonini amalga oshirar ekan, sport dargohida faqat istiqbolli bolalarni vijdonan tanlab olish (bu pedagogik, ijtimoiy, psixologik, metodik–biologik usullardan tarkib topgan xarakterlar majmuining tashkiliy–metodik tadbirlari tizimi bo’lib, sport mutaxassisligiga tanlanayotgan bolalarning iste’dodi va qobiliyati mazkur usullar yordamida aniqlanadi), ularning qaysi sport turiga layoqatli ekanligini aniqlash (hozirgi paytda sportning 16 turi bo’yicha bolalarni saralashning ham miqdoriy, ham sifatiy tuzilmasi aniqlangan) farz va qarzdir. Lekin har qanday vaziyatda ham trener bolalarni sportga tanlarkan, ulardagi ijobiy omillar yig’indisiga e’tibor berishi va albatta bolaning astoydil ishtiyoqli, mehnatga layoqati va o’ziga xos xislatlarini hisobga olishi shart.

Har bir trener sportchini tayyorlab yetkazishda uning shaxsiy iste’dodi va alohida xususiyatlariga suyangan holda, o’z usuli bo’yicha ish ko’radi. SHuni ham aytish kerakki, trener har qancha tajribali bo’lsin hamma vaqt ham har qanday sportchidan mashhur sportchi yetishtira olmaydi. Masalan: 100 metrga yugurishda bir xil natijaga (10.1-10.2 soniya) erishgan sportchilar: A.Xarri, Merchi va Robert Xeyeslar agar bitta trener bilan mashq qilganida bormi, ulardan uchta sprinter yetib chiqishi amri mahol edi. Juda nari borsa, ulardan faqat bittasi yuqori natija ko’rsatishi mumkin edi. Hozirgi trenerlar mashq va musobaqa yuklamasini rejalashtirishni o’rganib olganlar, lekin sportchi kuchini to’plashni rejalashtirishni mutlaqo bilmaydilar bu jarayoni o’z holiga tashlab qo’yilgan, ya’ni sportchi kuch yig’ish usullarini o’zi qidiradi (massaj, sauna, passiv dam, nazoratsiz ovqatlanish - xullas, kuch tiklanishning butun rejimi). Biroq, eng yuqori malakali katta trener ham sportchi bilan munosabat qilgan va o’z asosiy mutaxassislik burchini bajarayotgan chog’ida, bir qator ob’ektiv qiyinchiliklariga duch keladi.

Murabbiy mustaqil ravishda sportchidan mashq paytida yuz berishi mumkin bo’lgan har qanday tasodiflarni xotirjamlik bilan qarshi olishni talab qilarkan, uning ortiq darajada hayajonlanishiga, achchiqlanishiga, o’zboshimchalik qilishga mutloqo yo’l qo’ymasliligi kerak. Mashg’ulot jarayonini omilkorlik bilan samarali boshqa-rishning asosiy sharti mashg’ulot jarayonining tarkibiy qism-larini doimiy ravishda tahlil qilishdir. Bunday tahlilning asosiy tomoni quyidagilardan iborat:

1.Sportchilar tomonidan bajarilgan hamma ishni hisobga olish;

2.Sportchining ahvolini (uning mazkur ishga munosabatini) nazorat qilish, bunday nazorat natijasida sportchining holati haqida jismoniy, texnikaviy malakasining sifatiy rivojlanish sur’ati haqida va mashq yuklamalarini qay darajada bajara olishi haqida xolis ma’lumotlar olish mumkin.

Tavsiya qilingan yuklamalar sportchi organizmi imkoniyat-lariga mos tushganini bildiruvchi alomatlar: uning yaxshi kayfi-yatda bo’lishi, xamma narsadan xafasalasi pir bo’lishi, mashqdan ko’ngli sovishi mumkin. YUklamalarni organizmining funksional holatiga qanchalik mos tushganini puxta aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish lozim bo’ladi: mashg’ulotlarni qiyosiy tahlil qilish, aql-farosatni nazorat qilish, sportchining o’z-o’zi-ni nazorat qilishi, shifokor nazorati.

2.2 Sportchini tayyorlash tizimiga tavsif. Sport mashlariga moslashish.

O 'zbekiston Respublikasi mustaqillik qo' mitasi erishgandankeyingi yillard Presdentimiz sportni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish to ' g 'risida katta g 'amxo' rlik qo ' llanmasi.

Bo 'borada sportning Taroqlash bo' g 'ri bo' g 'ri bo' ysundi biz shundayliklar ko'ramizki, ular sportchini tayerlash jaraeniga yahudiy ta 'sir ko' rsatuvchilar va murabbiy bilan sportchilarimiz oldig 'i yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarnii bu vazifa va topshiriqlarnii esa, o' z navbatida, mashq jaraenini Toshkent eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:

- bugungi sportchilar erishgany yuksaklikichlar darazhasini yanada yuksaltirishchun, olamni eng yukaliy sportchilar tayerlash uslubini, shuningdek, sportchini tayerlashdauzoq yillik qabul qilish kelaetgan bugungi toshkil-usul usulniyam ham batamom takomillashirish talab qilinadi.

- Eng yiriq sport musobaqalaridah erishilganh utuklarningh natijalari'nin boraetgani sababli, musobaq kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi'nin. Bu hol sportchining texnikasi va Amaliyah mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularningning ustma-ustma-ust bo 'lishi turadigann ma'suliyatli startlar sharo' lda ahloqiy hirodaviy va ruhiy tayergarlikka bo ' lgan talabni benihoya oshiradi.

-Yuksak malakali sportchilar maxus jismoniy tayergar-likning shu qadar yuksaklikka aloqadorligi, Andy undanqoqlikka ko 'maklashish eng og' ir va eng murakkab vazifa bo 'lishi, sho' raga ko 'ra, maxus jismoniy tayergarlik samaradorligi oshirish zahiralarini va shu bilan birga umuman, mashq jaraeni tizimid yangicha usul va uslublar zarur bo' ldi.

- Mashg 'ulotni muhofaza qilish va shu bilan birga kattalashib, og' irlashib ketdiqiy, uni yilliq tsikli doirasidah, hamda uninghar bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masala qo 'ndalang qo' llanmasi. Shu bilan birga, mashg 'ulot samaradorligini oshrishning birdan bir uuli deb e' tirof etilgan munosabatda bo 'lish zarurati tug' ildi. Shunga ko 'ra birinchidan, turlicha imtiezli yo' nalishlard bo 'lim yuklamalar o' rtasidagi eng ko 'p foyda beradiganni nisbatini, ikkinchidan, mashklarni Toshkent shahrida yangi usullarini qo' riqlash zarurati vuzhudga keldi, zero bundaylar mashklari sportchida Energy zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi o 'rtasidagi anik munosabatga suyangan holda, uning tanasi faoliatidagi moslanishimkoniyatlarini to' la amalga oshirish uchun eng masbul sharoitni ko ' zda tutadi.

-mashning metodikasi masala hal qilish fanning vazifasi oshdi yukori malakali sportchilarni tayerlab yetkazish, sportchilarhaqida ta 'minlovchifunktsional xizmat to' lov to 'lov ta' sir ko 'rsatish va bundaylar xizmat ko' rsatishni o 'tkazish yuksaklik faoli darajasiga ko' rsatarish bilan bog 'liq bo' lish, endilikda sportchini zamonaviy u 'ulda tayerlab etkazishning o' rta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma 'lumotlarsize, faqat sog' lom a ' l va hissietga suyangan holda hal qilibb bo ' lmaidi.

Sportchini tayerlab yetkazish usuli ilmiy-uslubiyot asoslar majmui, shuningdek, sportchilarni muayyan mutahasislarbo'layich tayerlashni izchillikni bilan amalga oshiruvchi Toshkent (moissasalar) hamjihatligi samarasidir.

1. Yukoridagi jadvaldan kurinib turibdiqiy, yuksak malakali sportchini tayerlashga Chart-sharoit sportchii-murabbiy majmui yagona asosiy negiz qissablanadi. Bu majmua ichidah eng katta yuklama sportchining zimmasiga tushadixunki aynan shu sportchilarbir qator harakatlar (ilm olish, rivozhilish, tarbiya, mashgulot, musobaqaah, oragnizmini qayta tiklashh) ta 'siriga to' qimachilik kelishi kerak. Vaxolanki, sportchie o 'zbekiston mustaqil shahs sifatida murabbiysiz, moddiy-texnik va xo 'jalik ta' minoti, ilmiy metodik ta ' minot, guruhlariz musobaqaga tayerlan olmaidi. Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aklan, ham ahloqon) rivozhlanishi, shuningdek, jismoniy, taktik texnik, muqobil, funksional jihatdanh tayerlangang bulishini talabqiladi.

2. Sportchini tayerlab yetkazish uslublarini ko ' zdan kechirish uchun biz bu faoliatni toshkil jihatiga murojaat qilaylik.

Ko 'rinib turibdiqiy, g' oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-hirodaviy histlarinning tarbiyalash birinchi o 'ringa qo' yilgan, zero ushbux faoliatlar yaxshi yo 'lga qo' yilgan ta 'sirdagina, o' zini, trenerni, a 'zolari jamoasi, raqibini va boshqalarni Amaliyah hurmat qo' shimcha mumkin. Murabbiy bilan sportchilaryuqori sportchilaryog'och ezgu vazifalarni rivozlantirish bilan bir paitda, sportni buzuvchilashga qarshi kurash, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o 'zbekiston qishloq xo' jaligiga qarshi kurashish hammajo ' llanda ham muntazam ravishdah kurash olib borishlari kerak. Sportchilar orasidada bosar-tusarini bilmay qo 'lgan, ogzi katta, mutakabbirlar, chempionat shahsig' inga qarshi talabgorlar haliye ko ' p uchrab turadi. Sportchilarning maqsadi to 'ldirilishi yo' lga qo 'llanilishi, modalar ketidan qo' shish, sportchilarning sha 'niga (ayniq a, chet ellarda) sog' lig ' i tushirish kabi salbiyliklar mavjud.

Musobalar va o ' quv yiqinlarini redalashtirishni ham albatta toshkiliy ish deb hisoblashkerak. Bu har qanday sport ishida eng mas ' uliyatli jaraendir. Musoboqni shundaylik rejalaştirish kerak, ular sport mashg 'ulotlari o' zkaziladigan muddatlarga albatta tushishi, o 'zbekiston amaliyeti qarab Tojiy ravishda o' zkazilsin, shuningdek, eng yiriq musobaqalningning qo 'sharoitda (iklim, joining dengiz sathidan qanchaligi balandligi o' zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-apreldagi PQ-2021-sonli Musobaqalarni yilliq sikli rejasiga to ' g 'ri taqimlash, sport natijalarining o' zbekiston jadallashtiradi, musobaq sharoitiga moslanishiga imkon to ' g ' iradi.

O ' zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-apreldagi PQ-2021-son ~ ~ ~ qaroriga ~ ~ ~ muvofiq: Masala: sport bilan shug'ullanuvchi yigit joiga olib borish; mashg 'ulot kunlarningpuhta rejalashtirilgan tartibi, dam olish; ovqatlanish tartibi, mashg 'ulot ro' yxati ro ' yxati va himoya ishlari. Bulardan tashqari, tarbiyaviy ishlarbibiy hisobmat, ilmiy - metodik ta ' minot amalga oshiriladi. O'g'illar turlicha yo 'nalishda bo' lishi mumkin: o 'quv-mashg' ulotni, qo 'shiq yo' l yo 'lini, nazarot-tayergarlik yo' lini, musobaqalikni va himoya qilish. Shuni ham aitib o'tish joizki, yigit bo ' ladigan joylard sportchii uchun yaxshi sharoit yaratish lozimdir.

O ' zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-apreldagi PQ-3753-son ~ ~ ~ qarori

Xulosa


Musobaqalarda asosiy o‘rinlarni absolyut birinchiliklar (shaxsiy va jamoa) dunyo va olimpiada o‘yinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga yo‘naltirilgan musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, mashg‘ulotning ayrim boskichlari rejalashtiriladi, yuqori sport natijalarga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi. Boshqa ko‘pgina musobaqalar tayyorgarlik uchun o‘tkaziladi. Sport mashg‘ulotlarini umumiy vaqtidan 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi.

Musobaqa faoliyati - bu tartiblashtirilgan raqobat bo‘lib, o‘z qobiliyatini ob’ektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija ko‘rsatilishini ta’minlash hamda tartibga solishdir. Bu bir qancha maxsus xususiyatlarga ega:

1. Musobaqa tizimida raqobatni oshib borish darajasiga qarab hamda yutuqqa bo‘lgan talabga nisbatan (dastlabki va ofitsial musobaqalarda) faoliyatini tashkil qilishga.

2. Musobaqa o‘tkaziladigan vositalarni amalga kiritishda sportchini faoliyati, shart-sharoiti va yutuqlarini baholash yo‘llarini tartiblashtirish, ma’lum qoidalar hamda musobaqani umum me’yorlari bilan mustahkamlanadi.

3.Musobaqalashuvchilarni xulqini va o‘zini tutish tartibiga ham bog‘liq.

Sport musobaqalari - his-hayajon holatidagi ko‘rinishda bo‘lib hozirgi kunda 100 dan ortiq sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Har qaysi sport turi, musobaqa o‘tkazish uchun o‘zining metodik xususiyati, qatnashish sharti, o‘tkazish qoidasi va g‘oliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi.

Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina shaxsiy sport tayyorgarligiga ega bo‘lmasdan, ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan (targ‘ibot, ko‘rgazmalilik va b.q.) holda ham tashkil qilinadi.

Sport musobaqasi - o‘yin shaklida raqobat qilish shakli bo‘lib, jismoniy tayyorgarligi, harakat malakasi va mashqlarni bajarish san’ati yoki o‘ylash va tafakkur qilishni rivojlan-tirishni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Foydalangan adabiyotlar ro`yxati:

1. Aliev A. O`qituvchining ijodkorlik qobiliyati.-T., “O`qituvchi”.2019 y

2. Ataev A.K.Kurash.O`quv qo`llanma.-T., 2017 y

3. Abdumalikov R., Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari. O`quv qo`llanma, -T., O`zDJTI nashriyoti. 2020 y

4. Abdumalikov R., Abdullaev T., va boshqalar. Jismoniy tarbiya ta`limi ilmini takomillashtirish masalalari. Metodik qo`llanma. T., O`zDJTI nashriyoti 2020 y

5. Akramov A.K., O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. o`quv qo`llanma. T., O`zDJTI nashriyoti 2017y

6. Ashmarin B.A. Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya. “Prosveshenie”, M, 2018y

7. Arnautov V.V., Monaxov V.M, Optimizatsiya uchebnogo protsessa-obuchenie Moskva: Mixaylovka. MTSOP. 2017

8. Abdullaeva Sh.A va boshqalar. Pedagogika T., “Fan” 2020y

9. Botirov X.A., O`zbekistonda jismoniy tarbiya tarixi, omabop kitob T., Ibn Sino 2020y

10. Bril M.S. Otbor v sportivnix igrax.- M., 2020y

11. Bespalko V.T., Pedagogika i progressivnie texnologie obuchenie,-Moskva: IRPO. 2020

12. Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., “Sharq” 2020y

13. Barkamol avlod orzusi. T., O`zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2019y

14. Babanskiy Yu.K. Optimizatsiya uchebnogo protsessa obuchenie (obhe-didakticheskie aspekt) M; Pedagogika. 2017y
1Aliev A. O`qituvchining ijodkorlik qobiliyati.-T., “O`qituvchi”.2019 y

2Abdumalikov R., Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari. O`quv qo`llanma, -T., O`zDJTI nashriyoti. 2020 y


3Abdumalikov R., Abdullaev T., va boshqalar. Jismoniy tarbiya ta`limi ilmini takomillashtirish masalalari. Metodik qo`llanma. T., O`zDJTI nashriyoti 2020 y
4Akramov A.K., O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. o`quv qo`llanma. T., O`zDJTI nashriyoti 2017y
5Botirov X.A., O`zbekistonda jismoniy tarbiya tarixi, omabop kitob T., Ibn Sino 2020y

http://fayllar.org


{{Maʼnolari|Sport (maʼnolari)}}
[[Tasvir:Youth-soccer-indiana.jpg|thumb|200px|right|[[Futbol]] — keng tarqalgan sport turi.]]
'''Sport''' ([[fransuz tili|fr.]] ''desporter'' — „oʻynamoq“, „maza qilmoq“[http://www.etymonline.com/index.php?term=sport Online Etymology Dictionary]) qatnashuvchilarning [[jismoniy tarbiya|jismoniy]] va/yoki [[aql]]iy qobiliyatlarini solishtirishga va/yoki zavqlanishga moʻljallangan, tayinli qoidalarga ega [[faoliyat]] turidir.

'''Sport''' (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarni turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda 1-zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.


Sportning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliq tashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik ; oʻquv fani sifatidagi Sport; yuqori natijalar Sporti. Ommaviy havaskorlik Sporti — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi sport — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiy-jismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar sporti eng yaxshi sport koʻrsatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.


Taraqqiyot jarayonida sport jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Sport doʻstona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning oʻzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. XIX asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional sport rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi.


Sport turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy sport turlari va xalqaro sport turlari. Milliy sport turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosida rivojlangan. Xalqaro sport turlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. Sport bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori sport koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi.




Oʻzbekiston Respublikasida sport umumdavlat ishi hisoblanib, jismoniy madaniyat bilan birga Agʻolining barcha qatlamlarini va yosh guruhlarini qamrab olgan. Mamlakatda 50 dan ziyod sport turi ommalashgan, ulardan 30 turi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“ (2002-yil 31 oktabr), „Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida“ (2003-yil 3-iyun), „Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (2003-yil 4 noyabr) qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi da sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu qarorlar asosida yangi bolalar sport inshootlarini barpo etish dasturi, sport anjomlari va jihozlari, kiyimkechaklar va charm poyabzal mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish., maktablarda, ayniqsa, qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi oʻrtasida sport madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sport targʻibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishildi. Jumladan, Oʻzbekiston televideniyesining 4kanali sport kanaliga aylantirildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasini kadrlar bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida bolalar sport i uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy qimoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlanadi. Chunonchi, „Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (2000-yil 26-may)da davlat boshkaruv organlari, jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalari, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotlari va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratishlari hamda ularning sihatsalomatligi muxrfaza qilinishini taʼminlashlari shart qilib qoʻyildi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Sport musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sugʻurta polislariga ega boʻlishlari shart. Sport sohasida juda katta yutukdarga erishgan fukarolar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan sport ustozlari, sportchilarni taqdirlash maqsadida „Oʻzbekiston iftixori“, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“, „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvonlari taʼsis etiddi. Mamlakatda sport matbuoti shakllandi: „Sport“ gaz., „Oʻzbekiston futboli“, „Tennis +“, „Books plus futbol“ (Toshkent), „Futbol ekspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy) kabi lar nashr etilmoqda.
Yüklə 153,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə