Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2- misol. 

Kompaniya  1  fevral  2011  yilda  ishlab  chiqarish  binosini  qurishga  kirishdi. 

Qurilish 2011  yil 30  noyabrda tugallandi. Qurilish davri davomida qisman to’langan 

kredit hisobiga quyidagi to’lovlar amalga oshirildi: 

 

Qurilish  uchun  to’langan 



to’lovlar sh.b 

1 fevral 2011 yil 

1000000 

1 aprel 2011 yil 

800000 

1 iyul 2011 yil 

700000 

1 oktyabr 2011 yil 

500000 

jami 


3000000 

Qurilishni amalga oshirish uchun kompaniya maqsadli kredit olmadi. Shunday 

bo’lsada kompaniyada quyidagi maqsadsiz qarz mablag’lari bor edi: 

Qisqa muddatli bank krediti 2000000 sh.b. 15 % yillik 

Uzoq muddatli bank krediti 3000000 sh.b. 12,5 % yillik 

Kapitalizatsiyalashning o’rtacha stavkasini aniqlash: 

(2000000x15%+3000000x12.5%)/(2000000+3000000)=13.5% 

Qarzlar bo’yicha kapitalizatsiyalashtiriladigan xarajatlar summasi 

Muddati 

Qurilish 

uchun 

to’langan 



to’lovlar 

sh.b 


Vaqtinchalik 

koeffitsent 

Foiz 

stavkasi 



Qarzlar 

bo’yicha 

haqiqiy 

xarajatlar sh.b. 

1 fevral 2011 yil 

1000000 


10/12 

13,5% 


112500 

1 aprel 2011 yil 

800000 

8/12 


13,5% 

72000 


1 iyul 2011 yil 

700000 


5/12 

13,5% 


39375 

1 oktyabr 2011 yil 

500000 

2/12 


13,5% 

11250 


jami 

3000000   

 

235125 


Qachonki  ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktivning  balans  qiymati  yoki 

kutilgan yakuniy qiymati uning qoplanadigan summasidan yoki sof sotish qiymatidan 

oshsa,  balans  qiymat  boshqa  Standartlarning  talablariga  muvofiq  qisman  yoki  to’liq 



 

 

96 



 

hisobdan  chiqariladi.  Muayyan  holatlarda,  qisman  yoki  to’liq  hisobdan  chiqarilgan 

qiymat boshqa Standartlarga muvofiq qayta tiklanadi. 

Tashkilot  qarzlar  bo’yicha  xarajatlarni  ma’lum  talablarga  javob  beradigan  

aktiv tannarxining qismi sifati kapitalizatsiyani boshlanish sanasidan boshlashi lozim. 

Kapitalizatsiya  uchun  boshlanish  sanasi  tashkilot  quyidagi  barcha  shartlarni  dastlab 

qanoatlantiradigan sanadir:  

(a) 


u aktiv bo’yicha sarflarni amalga oshirsa; 

(b) 


u qarzlar bo’yicha xarajatlar ni amalga oshirsa; va 

(c) 


u  aktiv  bo’yicha  ko’zlangan  foydalanish  va  sotish  uchun  uni 

tayyorlashda zarur bo’lgan choralarni amalga oshirsa. 

Ma’lum  talablarga  javob  beradigan    aktiv  bo’yicha  sarflar  faqatgina  shunday 

sarflarni o’z ichiga oladiki, ular pul mablag’larining to’lanishiga, boshqa aktivlarning 

o’tkazilishiga yoki foizli majburiyatlarning qabul qilinishiga olib keladi. Sarflar aktiv 

bilan  bog’liq  tarzda  olingan  har  qanday  oraliq  to’lovlarga  va  olingan  grantlarga 

(MHXS  20  «Davlat  grantlarini  hisobga  olish  va  davlat  yordamini  ochib  berish»  ga 

qarang) kamaytiriladi. Davr mobaynidagi aktivning o’rtacha balans qiymati, shu bilan 

birga oldin kapitalizatsiya qilingan qarzlar  bo’yicha  xarajatlar , odatda ushbu davrda 

kapitalizatsiya  stavkasi  qo’llaniladigan  xarajatlarning  asosli  taxmini  bo’lib 

hisoblanadi. 

Aktivni  ko’zlangan  foydalanishga  yoki  sotishga  tayyorlash  uchun  zarur 

choralar  aktivning  faqatgina  jismoniy  barpo  etilishi  qamrab  olmaydi.  Ular  jismoniy 

barpo  etilishi  boshlanishigacha  bo’lgan  texnik  va  ma’muriy  ishlarni,  masalan 

jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha ruxsatlarni olish bilan bog’liq choralarni, o’z 

ichiga  oladi.  Biroq,  bunday  choralar  aktivning  holatini  o’zgartiradigan  hech  qanday 

ishlab  chiqarish  yoki  takomillashtirish  sodir  bo’lmayotgan  paytda  aktivga  egalik 

qilishni  o’z  ichiga  olmaydi.  Masalan,  yerni  takomillashtirish  paytida  amalga 

oshirilgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    takomillashtirishga  tegishli  choralar  amalga 

oshirilayotgan  davr  mobaynida  kapitalizatsiya  qilinadi.  Biroq,  qurilish  maqsadlarida 

sotib  olingan  yer  hech  qanday  tegishli  takomillashtirish  chorasisiz  egalik 

qilinayotganda  amalga  oshirilgan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar    kapitalizatsiya  qilish 

bo’yicha talablarga javob bermaydi. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə