Startap” loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirish tanlovida ishtirok etish uchun ariza



Yüklə 74,39 Kb.
səhifə3/6
tarix14.10.2023
ölçüsü74,39 Kb.
#127798
1   2   3   4   5   6
ilova 1 OoeU5xs

Loyihaning biznes-rejasi

  1. Rezyume (Loyihaning nomi, loyihani amalga oshiradigan tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli, loyihani amalga oshirish joyi, loyiha uchun zarur moliyaviy resurslar summasi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularning bozori (talab va taklif) haqida ma’lumotlar.

  2. Loyihaning barcha ijrochilari haqida ma’lumot
    (to‘liq holda ismi-sharifi; tug‘ilgan sanasi; aloqa uchun ma’lumotlar; mutaxassisligi
    va loyihadagi o‘rni; loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilarida kerakli bilim
    va ko‘nikmalar mavjudligini tavsif etish; ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari agar mavjud bo‘lsa).


  3. Biznes-loyiha haqida ma’lumot (amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning mohiyati tavsifi, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish sur’ati haqida ma’lumotlar; avval qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish prinsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qo‘llanilish darajasi; loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qo‘shimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklari; intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqning muhofazalanganligi — muhofaza hujjatlari, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti va/yoki mahsulotning (texnologiyaning) texnik reglamenti, sinov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar yoki mahsulotning tajriba nusxasi mavjudligi; loyihaning resurs bilan ta’minlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi
    va boshqalar); loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari haqida ma’lumotlar).


  4. Marketing tahlili (mahsulot va xizmatlar bozori, ularning raqobatbardoshligi
    va bozordagi mavjud raqobatchilar hamda iste’molchilar haqida ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga olishi lozim. Mazkur ma’lumotlar sotish, marketing dasturini ishlab chiqish hamda barcha xarajatlarni rejalashtirish uchun yetarli darajada bo‘lishi lozim).



  5. Yüklə 74,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə