Statistika va ekonometrika



Yüklə 10,03 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü10,03 Kb.
#154423
1   2   3   4
5 – Мавзу. Статистика кўрсаткичлари-hozir.org (1)

3. Mutlaq ko`rsatkichlar

  • Mutlaq ko`rsatkichlar o`rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o`xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko`lami, soni, hajmi, darajasi, makon va zamonda taqsimlanish sonini ifodalaydi. Ular ayrim hodisa yoki belgilar uchun va ularning to`plami uchun hisoblanadi. Birinchi holda mutloq miqdorlar bevosita statistik kuzatish natijasida shakllanadi, masalan: ro`yhatga oilingan shaxsning yoshi, ma`lum ishchi ishlangan soati, u ishlab chiqargan mahsulot miqdori va h.k. Ikkinchi holda ular kuzatish materiallarini qayta ishlash, guruhlash, jamg`arish natijasida yuzaga chiqadi.

  • Mutloq miqdorlar turli o`lchov birliklarida ifodalanadi. O`rganilayotgan hodisa yoki belgilarning tabiati va hisoblashda ko`zlangan maqsadga qarab ular natura shaklida, shartli natura birliklarida hamda pulda o`lchanadi. Bir jinsli va hilli hodisalarni hisoblashda natura birliklari qo`llanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan gaz mol uzunlik birligida (m, km), qazib olingan ko`mir og`irlik birligida (kg, t), gaz esa hajm birligida (m3, km3), qurilgan uy sathi yuza birligida (m2), hudud maydoni esa km2 da, ekin maydoni gektarda (ga) o`lchanadi. Murakkab hodisalar, masalan, tubinalar, dona va quvvat birligida (ot kuchi yoki kvt) hisoblanadi. Ammo natura birliklari hodisalarni jismoniy miqdorini aniqlab ularning sifatini hisobga olmaydi. Bir jinsli yurli sifatga ega bo`lgan hodisalar to`plami shartli natura birliklarida o`lchanadi. Buning uchun biror muhim belgi bu hodisalar asosida tuzilgan shartli birli qilib olingan hodisaga aylatirish koeffitsiyentlari tuzilib chiqiladi, so`ngra ayrim hodisalar jismoniy miqdorini ularga ko`pyatirib olingan natijalar jamlanadi.

  • 4.Nisbiy ko`rsatkichlar

  • Mutloq miqdorlar beqiyos umumlashtirish kuchiga ega, ammo ularni alohida yakka holda qaralsa, voqeaning rivojlanishi yoki harakteri haqida hech qanday ma`lumot bermaydi. Buning uchun mutloq ko`rsatkichlar bir-bir bilan taqqoslanishi lozim.

  • Taqqoslash statistik ko`rsatkichlarni shakllantirishning muhim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o`xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslashning turli yo`llari va shakllari mavjud (6.4-tarh).

    Yüklə 10,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə