Strategik boshqaruvning besh vazifasi


Kompaniya qanday strategik muammolarga toʻqnash keladi



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə11/23
tarix17.12.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#150274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org (1)

Kompaniya qanday strategik muammolarga toʻqnash keladi
Yuqoridagi tahlil natijasini oʻrganib, menejerlar nimaga e’tibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
1) tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarni hisobga olganda firmaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;
2) firmaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning kalit omillariga mos keladimi;
3) tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi himoya qiladimi;
4) qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki zaifliklardan himoya qila olmaydi;
5) bir yoki bir nechta raqiblarning hujumi kompaniyaga zarar etkaza oladimi, agar etkaza olsa qanday zarar yetkaza oladi;
6) kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam koʻproq ishlashi kerakmi;
7) bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;
8) kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish lozimmi;

Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi.
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlami jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustahkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga oʻxshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador boʻlishi, zarar koʻrishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya gʻalaba qozonadi. Kompaniyaning
raqobat strategiyasi hujumkorlik va mudofaa harakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli harakatlarni oʻz ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta boʻlsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va koʻrinishlari shuncha boʻladi. Biroq ularning turi qanchalik koʻp boʻlmasin, ularning oʻxshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti 1. Xarajatlar boʻyicha ilgʻorlik strategiyasi. 2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi 3. Optimal xarajatlar strategiyasi. 4. Fokuslangan strategiya 5. Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi

Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə