Strategik marketing



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

kommunikasiyalarni
tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali 
mutanosibligini ta’minlash maqsadida ayirboshlashdan avval yuz beruvchi, 
ayirboshlash bilan bir paytda yuz beruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini 
tashkil qilish. 
SHunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli 
sotuvchilar bilan xaridorlar 
o‘rtasida ayirboshlash va kommunikasiyani tashkil qilishdan
iborat. Mazkur 
ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’iy nazar marketingning vazifa va 
funksiyalariga alohida e’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta’rif tijorat faoliyatiga 
ham, notijorat faoliyatiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. 
Ayirboshlash jarayonini tashkil qilish.
Tovar va xizmatlar ayirboshlashini 
tashkil qilish, sotish jarayonining funksiyasi bo‘lib, uning vazifasi tovarlarning 
ishlab chiqarish holatidan iste’mol uchun tayyor holatgacha harakatlantirishdan 
iboratdir. 
Tovarlarning shu tarzda iste’mol holatiga o‘tishi quyidagi uch xil foydalilik 
turini vujudga keltiradi va shu tariqa tovarga sotish bosqichida katta qo‘shilgan 
qiymat beradi: 
-
Holat foydaliligi.
Tovarlarni iste’mol holatiga o‘tkazuvchi barcha moddiy 
o‘zgarishlar majmuasi: bu o‘rash, saralash va boshqa jarayonlardir. 
-
Makon foydaliligi.
Tashish, geografik taqsimlash va boshqa shunga o‘xshash 
tovarlarni foydalanish, o‘zgartirish yoki iste’mol joylarida iste’molchilar tasarrufiga 
taqdim qilishni ta’minlovchi makondagi o‘zgarishlar. 
-
Davriy foydalilik.
Iste’molchi tanlangan vaqtda tovarlarning mavjud 
bo‘lishini ta’minlovchi jamlanish kabi davriy o‘zgarishlar. Aynan mana shu 
funksiyalar talab va taklif o‘rtasidagi real mutanosiblikni ta’minlashga imkon beradi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan sotish jarayoni vazifalari tarixda, asosan, xaridlar bo‘yicha 
agentlar, ulgurji savdogarlar, chakana sotuvchilar va sanoat savdosi xodimlari kabi 


23 
mustaqil vositachilar tomonidan, ya’ni 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə