Strategik marketing



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/169
tarix30.03.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#103726
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

sotish sektori
deb nomlanuvchi toifa 
tomonidan amalga oshirib kelingan. Sotish jarayonining ba’zi funksiyalari ishlab 
chiqarish tomonidan (bevosita marketing), iste’mol tomonidan (iste’molchilarning 
birlashuvi) va sotish jarayoni tomonidan (supermarketlar, do‘konlar tarmog‘i va 
boshqalar) birlashtirilishi mumkin.
So‘ngra ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining turli bosqichlarida ishtirok 
etuvchi mustaqil firmalarni birlashtiruvchi vertikal marketing tizimlari ishlab chiqildi. 
Bu ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtirish, operasion xarajatlarda tejashga 
erishish va shu yo‘l bilan ularning bozorga ko‘rsatadigan ta’sirini oshirish maqsadida 
amalga oshirildi. Bunga chakana sotuvchilarning ko‘ngilli birlashmalari va 
franshiza
tashkilotlari misol bo‘la oladi. Ko‘plab sektorlarda marketing tizimlari g‘oyatda 
tarqoq bo‘lgan an’anaviy sotuv kanallarining o‘rnini egallamoqda. Ular sotuv 
sektoridagi eng katta siljish bo‘lib, sotuvning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi 
raqobatning keskinlashuviga sabab bo‘ladi hamda uning samaradorligini sezilarli 
darajada oshiradi. 
Sotish tufayli qo‘shilgan qiymat sotuv 
ustama narxi
yordamida o‘lchanadi, bu 
narx ishlab chiqaruvchiga birinchi xaridor to‘lagan narx bilan pirovard iste’molchi 
yoki tovardan foydalanuvchi to‘lagan narx o‘rtasidagi farqdan iboratdir. SHuning 
uchun sotishdagi ustama narx yoki bir necha vositachi qo‘ygan, masalan ulgurji va 
chakana savdodagi sotuvchilar qo‘ygan narxlarni o‘z ichiga olishi mumkin. SHunday 
qilib, sotishdagi ustama narx vositachilar amalga oshiradigan funksiyalar 
bajarilishining o‘rnini qoplaydi. Sotish xarajatlari bozorning barcha sektorlarida 
xaridor tomonidan to‘planadigan narxning katta qismini tashkil qiladi. Masalan, 
iste’mol tovarlari sektorlarida sotish jarayoni tomonidan hal qilinadigan jami 
vazifalar ko‘lamini o‘z ichiga olgan ayirboshlash narxi chakana narxning 40 %ini 
tashkil qiladi, deb hisoblanadi. 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə