Strategik menejment


Fan bo'yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko'nikma va malakalariga



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə157/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192
Strategik menejment

Fan bo'yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko'nikma va malakalariga
qo'yiladigan talablar
Mazkur fan bo'yicha bakalavr:

  • menejer;

  • menejerlik faoliyati;

  • strategik menejmentning usullari va tamoyillari;

-xizmatlar sohasida va korxonalarda strategik boshqaruvni tashkil etish bosqichlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • strategiya yaratishning vazifalari,

  • strategiya yaratishda qo‘llaniladigan amallar haqidagi bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • korxona strategiyasini rejalashtira olishi;

  • marketing muhitini tahlil qila olishi;

  • strategik faoliyatni tashkil qilish haqidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak.

  • menejmentda tavakkalchilik;

  • korxona strategiyasi va taktikasi tahlili;

  • xizmat ko‘rsatish sohalarining va korxonaning raqobatbardoshligini tahlil qila olishi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

Fanning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi va uzviyligi
“Strategik menejment” fani umumkasbiy fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, matematik programmalashtirish, iqtisodiy geografiya), umumkasbiy (iqtisodiy nazariya, statistika, pul, kredit va banklar, menejment, marketing, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, strategik menejment, mehnat iqtisodiyoti, xizmatlar ko'rsatish texnologiyalari. innovatsion menejment. personalni boshqarish moliya va h.,k.) va ixtisoslik (sifat menejmenti, xalqaro menejment, xizmatlar sohasi menejmenti, bank menejmenti va marketing ) fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiladi.
Fanning “Ta'lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasi va innovatsiyon
rivojlanishdagi o'rni

“Strategik menejment” fani milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan xizmat ko'rsatish sohalarida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar boshqaruv faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha muhim axborotlar shakllantiriladi hamda muhim strategik qarorlar qabul qilish uchun boshqaruvchi menejerlarga taqdim etiladi. Bu axborotlar korxonada sog‘lom muhit sharoitini yaratish iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar ijtimoiy boshqaruv faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishda hamda bozorda o‘z iste'molchilarini topish. raqobatbardosh mahsulot(xizmat) yaratishda muhim axborot manbai bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun ushbu fan umumkasbiy fani hisoblanib, zamonaviy boshqaruv faoliyatini shakllantirishning ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi.
Fanni o'qitishda qo'llanilishi tavsiya etilayotgan pedagogik, axborot va
internet texnologiyalari

“Strategik menejment” fanini o‘zlashtirishda ta'limning innovatsion ta'lim metodlaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, fanni yanada chuqur o‘zlashtirishda o‘quv uslubiy ta'minot, ya'ni darslik, elektron darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, modul topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Fanni amaliy jihatdan mustahkamlashda esa kompyuter dasturlaridan (Microsoft Exel, Microsoft Power Point, Web Trust, SYS Trust) slaydlaridan, multimedianing innovatsion ta'lim vositalari-dan, internet sahifalari va tizimlaridan foydalaniladi.
“Strategik menejment” fani 3-kursning V va VI semestrlarida o'qitilib, unda ma'ruza, amaliy, mustaqil ta'lim mashg'ulotlari semestrlar bo'yicha quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə