Strategik menejment


Amaliy mashg'ulotlarning mazmuni



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə159/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   192
Strategik menejment

Amaliy mashg'ulotlarning mazmuni
I-modul. Strategik menejment fanining predmeti va boshqaruv jarayoni
1-mavzu. Strategik menejment fanining predmeti va boshqaruv jarayoni
Strategiya tushunchasi, uning mazmuni. Strategiyaning rejadan farqi. Firmani boshqarish vazifalari, ularning asosiy turlari.
“Strategik menejment” fanining predmeti, vazifalari.Firma kompaniya strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha menejerlarning vazifalari. Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarini belgilash. Kompaniya strategiyasining asosiy savollari. Strategik boshqarish maqsadi. Maqsadlarning turlari: qisqa muddatli, uzoq muddatli, moliyaviy, strategik. Strategiyani belgilashga ta'sir etuvchi omillar: ichki omillar, tashqi omillar.
Strategiyaga aniqliklar, o‘zgartirishlar kiritish. Strategiyani baholash uchun qo‘yiladigan savollar. Strategiyani amalgam oshirish bo‘yicha ma'muriyatning vazifalari. Strategik boshqarishning 5 vazifasi. Strategiyani amalgam oshirishda ijrochi direktorning o‘rni. Kompaniya strategiyasini belgilashda prezidentning o‘rni va vazifalari. Vitse- presidentlarining vazifalari. Turli darajadagi menejerlar va ularning vazifalari. Rejalashtirish bo‘limi va uning vazifalari.
Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o‘rni va vazifalari. Strategic fikrlash va uning afzalliklari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida strategic menejmentning ahamiyati.
2-mavzu. Strategiya yaratishning vazifalari
Firma faoliyati yo‘nalishlarini belgilash omillari. Kompaniya missiyasi, strategik ko‘ra bilish, faoliyat yo‘nalishini tanlash o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Faoliyat yo‘nalishini belgilash usullari: umumiy, batafsil. Ixtisoslashgan va diversiyalangan firmalar faoliyati doiralari. Missiyani vazifalarga aylantirish. Hal qiluvchi natijalar va ularning turlari. Reja ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar. Strategik boshqarish tamoyillari.
Strategiyani ishlab chiqish uslubi: maqsadlarga qanday erishish mumkin? Raqobatchilarni qanday yengish mumkin? Firma mavqeini qanday mustahkamlash mumkin? kabi savollarning javoblari. “Qiyin, ammo bajarish mumkin” mezoni strategiyani ishlab chiqish piramidasi.
Tashkil etish strategiyasi. Strategiyaning tashkiliy darajalari. Korporativ strategiya. Ishbop strategiya. Funksional strategiya. Amaliy strategiya. Strategiya turlarining o‘zaro bog‘liqligi.
Strategiyani belgilovchi omillar: ahloq-odob meyorlari, jamiyat manfaatlari, ijtimoiy manfaatlar. Jamiyat talablari, tartibga soluvchi meyorlar, aksionerlar va umumiy jamiyat manfaatlari. Kompaniyaning fuqorolik manfaatlari mavqei.
Tarmoqning jozibadorligi va raqobat darajasi. Kompaniya yaxshi bajara oladigan ishlar. Menejerlarning biznes falsafasi.
Strategiya va a'naviyat. Kompaniya ta'minotchilar oldidagi burchi. ”Yaxshi fuqoro” tushunchasi.
Strategiyani ishlab chiqishga yondoshuv turlari. Bosh strategik yondoshuv. Vakolatlarni boshqalarga o‘tkazish. Birgalikda kolloboratsion yondoshuv. Tashabbuskor yondoshuv. Strategiya yaratishda missiya, maqsadlar, strategiyalar birligi:
G‘olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat kurashda ustunlik. Ishlarning jadallashuvi.
Strategik menejmentni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqish.

  1. mavzu. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili.

Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. Tarmoqdagi raqobat va rivojlanish istiqbollari. Texnologik taraqqiyot sur'atlari. Talabning oshishi yoki pasayishi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va raqobatni baholovchi omillar. Tarmoq bozorining hajmi. Raqobat miqyoslari. Bozorning o‘sish sur'atlari. Raqobatchilar ta'rifi. Raqobatchilarning moliyaviy imkoniyatlari. Tarmoqdagi integratsion jarayon yo‘nalishi. Texnologik o‘zgarishlar. Tarmoqqa kirish va chiqish xususiyatlari. Tahlil natijalarini ifodalash.Mahsulot birligi tannarxi talab egri chizig‘ining ta'siri Tarmoqdagi raqobat va uning turlari. M.Porter ta'rificha bozordagi beshta raqobatchi kuchlar. Bozorga kirishdagi to‘siqlar va ularning turlari.Bozordagi vaziyatni ozgartiruvchi kuchlar.Bozor muhitini o‘rganish usullari.Delfa usuli.Raqobatchi kuchlarning bozordagi mavqeini o‘rganish.Strategik guruhlar xaritasiva uni tuzish uslubiyoti.

  1. mavzu. Kompaniya xolatining tahlili

Kompaniya tashqi va ichki muxitining taxlili. Kompaniya faoliyat xolatining tahlil qilish uslubiyoti. Tahlil uchun qo‘yiladigan savollar. Tahlil vositalari: SWOT - tahlil, qadriyatlar zanjiri tahlili, xarajatlar tahlili, raqobatbardoshlik bahosi.
Strategiyani amalga oshirish tahlili. Tahlil qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlar.
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari. Kuchli va zaiflik. ularning mazmuni va ko‘rsatkichlari. Kuch va zaiflikning umumiy natijalarini ifodalash.
Firma xarajatlari raqobatbardoshligini baholash. Xarajatlar darajasiga ta'sir etuvchi omillar. Raqobat kuchining tortilgan va tortilmagan baholari.Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri.
Muammolarni aniqlash va ifodalash.

  1. mavzu. Strategiya va raqobatchilik ustunligi

Kompaniyani raqobat strategiyasini belgilovchi omillar.Raqobat strategiyasining boshqa strategiyalar bilan bog‘liqligi.Raqobat kurashiga yondashuvlar.Keng tabaqalashtirish strategiyasi.Xujumkor strategiyaning asosiy turlari.Mudofaa strategiyalarining turlari.Vertikal integratsiya , uning turlari ,kamchiliklari

  1. mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish

Firma strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish.. Firma strategiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi.
Strategiyani ishlab chiqish uslubi: Maqsadlarga qanday erishish mumkin? Raqobatchilarni qanday engish mumkin? Firma mavqeini qanday mustahkamlash mumkin? kabi savollarning javoblari.
Yangi tarmoq tushunchasi. Yangi tarmoq firmalar oldiga qo‘yadigan vazifalar. Yangi tarmoq strategiyalari.

  1. mavzu. Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyalari

Kompaniyaning rivojlanish bosqichlari. Boshlang‘ich bosqich belgilari. Geografik ekspansiya bosqichi. Mahalliy bozordan xududiy-milliy va xalqaro bozorlarga chiqish. Tor ixtisoslashish va uning qulayliklari. Tor ixtisoslashishning kamchiliklari va xatarli jihatlari. Diversifikatsiyalashga undovchi.omillar. bozorni o‘sish suratlari. Raqobatchilik mavqei matritsasi. Turdosh tarmoqlarda diversifikatsiyalash strategiyalari. Qisqartirish va tugatish strtegiyalari. Qayta tarkiblash strategiyalari. Ko‘p millatli diversifikatsiyalash strategiyalari.
Korporativ strategiyani ishlab chiqish. Ishchanlik faolligi mezonlari.
Mustaqil ta'limnining shakl va mazmuni
“Strategik menejment” fani bo'yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o'rganish jarayonining tarkibiy qismi bo'lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to'la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg'ulotlarida pedagog-xodimlarning ma'ruzasini tinglaydilar, amaliy mashg'ulotlarda o'z fikrlarini bildiradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha professor o'qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo'shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o'rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo'llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to'plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to'garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o'quv faoliyati samarali bo'lishi mumkin emas.
“Strategik menejment” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko'rinishida shakllantirilgan.

Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə