Strategik menejment



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə179/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   192
Strategik menejment

Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora- tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;
(61-moddaning birinchi qismi ettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-373-sonliQonuni tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 36-son, 452-modda)
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(61-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
(61-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonuni tahririda — O‘R QHT, 2012y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta'minlashi;
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi;
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob- kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;

Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə