Strategik menejment



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə11/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192
Strategik menejment

- jadval

Firma strategiyasiii ishlab chiqishning asosiy pogonalari

Pog’ona

Ishlab chiqishga (qaror qabul qilishga mas’ullar)

Ishlanmaning mazmuni

Korporati v strategiya

Ijrochi direktor,
asosiy vitse-direktorlar (qarorlar direktorlar
kengashi tomo-nidan
qabul qilinadi, qayta kqrib chiqiladi)

Xo’jalikning o’rta bo’g’ini portfelini tashkil
qilish va boshqarish.
Xo’jalikning o’rta bo’g’ini sinergiz-mini raqobatli ustunlik sifatida ta’minlash.
Investitsiya imtiyozlarini aniqlash va eng manfaatli tarmoq|larda resurslarni
boshqarish. Xo’jalikning o’rta bo’g’ini
rahbarlarining asosiy strategik yondashuvlarini qayta ko’rib chiqishni tekshirish
umumiylashtirish

Xo’jalikni ng o’rta bo’g’ini strategiyasi

Bosh menejer
Xo’jalikning o’rta bo’g’ini boshliq tomoni- dan (qarorlar firma rahbariyati tomonidan qabul qilinadi, qayta ko’rib chiqiladi).

Muvaffaqiyatli raqobatchilikka hamda unda ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlar hamda yondashuvlarni belgilab olish.
Tashqi shartlarning o’zgarishiga javob rodaktsiyalarini shakllantirish.
Asosiy funktsional xizmatlarning stra­tegik tashabbuslarini umumlashtirish. O’ziga xos muammolarni hal qilish.




Funktsion al strategiya

Funktsional menejerlar (qarb,
stratetda xo'-jalikning o'rta bo'g'in rahbariyati tomonidan qabul qilinadi qayta ko'rib chiqiladi).

Biznes strategiyasini qo'llab-quvvatlash- ning funktsional yondashuvlarini tashkil qilish va ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar bilan ishlash sohalarida funktsional maqsad va strate-giyalarga erishish. Quyi bosqichdagi mene-jerlarning asosiy
yondashuvlarini qayta ko'rib chiqish tekshirish unifikatsiyalash.

Tezkor strategiya

Dala bo'linmalari- ning rahbarlari quyi daraja menejerlari, shu jumladan, funktsional
menejerlar (qa-rorlar
funktsional bo'-
limlarning boshliqlari
tomonidan qabul
qilinadi, qayta ko'rib chiqiladi),

Dala bo'linmalari va funktsional bo'limlarning maqsadlariga erishish uchun funktsional va xo'jalikning o'rta bo'g'ini strategiyalarni qo'llab-quvvatlashga qara-tilgan tor sohadagi va maxsus yondashuvlar va chora- tadbirlarni ishlab chiqish


Strategik boshqarishda korxona missiyasini shakllantirish korxonaning mazmun- mohiyatini, uning faoliyat maydonini, kelajakdagi istiqboli va rivojlanish yo'nalishlarini va uning boshqa raqobatchilardan farqini aniqlab olishga yordam beradi.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi sanoqli korxonalardagina aniq ifodalangan korxona missiyasi mavjudligini ko'rishimiz mumkin tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, zamonaviy boqarish uslublari rivojlangan AQSh da ham kompaniya va firmalar 60-70% gina o'z missiyasiga ega.
Missiyada barcha e'tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotga emas, balki iste'molchining talab va xohish-irodasini qondirishga qaratilishi lozim.
Keyingi bosqich korxonaning uzoq muddatli maqsadlarini aniqlab olishga qaratilishi kerak. Odatda, bunday uzoq muddatli maqsadlar aniq ko'rsatkich va raqamlarni o'z ichiga olmaydi. Ammo korxona o'z oldiga qo'yadigan uzoq muddatli maqsadlarni aniq va lo'nda bo'lishi hamda unga erisha olish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Maqsadlar korxonani muvafaqqiyatini ta'minlovchi ikki asosiy natijada o'z ifodasini topishi kerak bo'ladi. Bu korxonaning moliyaviy va strategik faoliyatiga qaratilgan aniq natijalardir.
Korxonaning ko'p qirrali maqsadalari bir-biri bilan bog'liq holda bir maqsadga erishish boshqa ikkinchi bir maqsadga etishishda uni o'zaro qo'llab-quvvatlashi zarur.
Biznes olamida muvaffaqiyatga erishgan mashhur kompaniyalarning tajri- balaridan ma'lumki, odatda korxonalar juda katta miqyosdagi uzoq muddatga mo'ljallangan maqsadalarni o'z oldilariga qo'yadilar va unga erishish uchun 10-20 yil mobaynida ko'p kuch-mablag'larini sarf etadilar.
Masalan, O'zbekistonda mebel sanoatida samarali faoliyat olib borayotgan «Fayz-Xolding» kompaniyasining biznesdagi asosiy maqsadi o'z xaridorlariga oddiy tovar sotish emas, balki ular qilgan xaridlaridan qoniqish hoosil qilish, haqiqiy foyda olish hamda xonadonga xursandchilik bag'ishlashga yordam berishdir. 11 ta ishlab chiqarish majmuasidan 5 ta qo'shma korxona va 14 ta savdo uylariga ega bo'lgan «Fayz-Xolding» kompaniyasi zamonaviy nemis texno-logiyalari va strategik boshqarish uslublarini joriy etishni natijasida mahsulot turini kengaytirib, oshxona mebeli, yumshoq mebel, ofis mebeli, maktab mebeli va tibbiyot mebellarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Bunda kompaniya asosiy e'tiborni mebellar qulayligiga, xavfsizligiga, yuqori sifatliligiga, sotuvdan keyingi kafolatlar mavjudligiga va arzon narxlarda sotilishiga qaratmoqda.
Tashqi muhitdagi strategik omillarni tahlil etish korxonalarga bog'liq bo'lmagan tashqi omillarning istiqbolda rivojlanish yo'llarini va bu o'zgarishlar korxona strategiyasiga va uning faoliyatiga ta'sir eta olish darajasini aniqlash imkonini beradi. Umuman olganda, strategik omillarni tahlil etishda maqsad tashqi muhitdan kelib chiqadigan havf-xatar va qulay imkoniyatlarni odindan ko'ra bilishdan va shu orqalli korxonaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan iboratdir.
Ichki muhit tahlili korxonaning ichki resurs va imkoniyatlarini o'rganishni, uning hozirgi holati, kuchli va zaif tomonlari hamda mavjud strategik muammolarini aniqlashni ko'zda tutadi. Ichki muhit tahlili korxonaning iqtisodiy salohiyatini, uni raqobatchi korxonalar bilan taqqoslashni va bozordagi egallab turgan mavqeini to'g'ri talqin etish imkonini beradi.
Masalan, «O'zbekengilsanoat»uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Kosonsoy- Tekmen» qo'shma korxonasi, «Anteks», «Buxoroteks», «Kashteks» hissadorlik jamiyatlari eksport strategiyasini shakllantirishda Evropa hamjamiyati davlatlari, Rossiya, Turkiya va Slovakiya kabi davlatlarning bozorlarini o'rganib chiqib, respublikamiz paxta tolasidan tayyorlangan yuqori sifatli gazlama va matolar hamda tayyor kiyim-kechak mahsulotlariga talab kattali-gini aniqlashgan. Olib borilgan tahlillar natijasida bu bozorlarni o'ta yuqori sifatli va xalqaro standartlariga javob beradigan mahsulotlar bilan egallash mumkinligi haqida ijobiy xulosaga kelingan.
Bugungi kunda engil sanoat tarmog'idagi korxonalar mahsulotlarini xalqaro sifat standarti «ISO-9000» talablariga javobyu beradigan darajaga etkazish, korxonaga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, yangi turdagi kiyim-kechak va xo'jalik uchun zarur bo'lgan boshqa tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish laboratoriyalarini xom-ashyo sifatini tekshiruvchi zamonaviy dastgohlar bilan jihozlashga qaratilgan keng qamrovli strategiyani amalga oshirishmoqdalar.
Strategiyani amalga oshirish eng murakkab va uzoq vaqt mobaynida olib boriladigan jarayon bo'lib, korxonaning istiqboldagi maqsadlarini ro'yobga chiqarishi asosan mana shu bosqichda hal etiladi.
Belgilangan strategiya chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan vazifa bo'lib, menejerlar tomonidan korxonaning barcha resurslari va mo'ljallangan maqsadlari o'rtasida o'zaro monandlik va uyg'unlikni ta'minlashni talab etadi.
Strategiyani amalga oshirish uni ishlab chiqishga nisbatan ancha og'ir vazifa bo'lib, menejerlardan sabr-toqat, kuchli iroda va jiddiy mas'uliyatni talab etadi. Bu bosqichda har qanday biznes reja va mo'ljallangan maqsadlar amaliy jihatdan ro'yobga chiqishi yuzasidan haqiqiy ko'rikdan o'tkaziladi. Misol uchun, respublikamizda 2001 yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi tugatilgan 174 ta korxonalarning aksariyatida moddiy resurslar bilan belgilangan strategiya o'rtasida uyg'unlikni ta'minlamaslik, jalb etilishi kerak bo'lgan moliyaviy mablag'larni to'g'ri hisob-kitob qila olmaslik, hamkorlar tomonidan majburiyatlarni to'laligicha bajarmaslik, hamda korxona imkoniyatlarini haddan tashqari yuqori baholab yuborish holatlari tashkilotlarni o'z faoliyatlarini to'xtatishga olib kelgan.
Belgilangan strategiyani amalga oshirishdagi muhim omil uni bajarilishi-ni to'laqonli ta'minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni tashkil etishni ko'zda tutadi. Chet el kapitali ishtirokidagi kommunikatsiya sohasida 1997 yilning sentyabridan faoliyat olib borayotgan Daewoo Unitel kompaniyasi, hozirgi kunda 50 mingdan oshiq abonentlarga ega bo'lib, O'zbekistonda eng zamonaviy uyali aloqa xizmatini ko'rsatuvchi kompaniyaga aylandi. Uning O'zbekistonda eng muvaffaqiyatli biznesni olib boruvchi 1-raqamdagi kompaniyaga aylanishi, yuqori sifatli kommunikatsiya xizmatlarni ko'rsatishi va kompaniyaning barcha xodimlari tomonidan iste'molchilar haqida doimo qayg'urish maqsadlarni ko'zlab amalga oshirayotgan strategiyasi tufayli, kompaniya respublikada uyali aloqa xizmati bozorida 30% dan ortiq ulushga erishishga muvaffaq bo'ldi.
Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uni tanqidiy nuqtai-nazardan baholash zarur bosqich bo'lib, bunda olib borilayotgan siyosat ko'zlangan maqsadga muvofiq kelmay qolsa, bu holat chuqur tahlil etilib, strategiyaga tegishli o'zgarishlar kiritib boriladi.
Strategiyani maqsadli amalga oshirish to'xtovsiz jarayon bo'lib, uni amalga oshirilishini doimo baholab borish strategik boshqarishning zarur element-lariga kiradi.
Tashqi yoki ichki muhitda vujudga keladigan yangi shart-sharoitlar kompaniya strategiyasi o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, «Sovplastital» qo'shma korxonasi o'z faoliyatining ilk davrida faqat plastmassadan tayyorlanadigan 10 assortimentdagi sun'iy gul mahsulotlarini ishlab chiqargan. Yillar davomida olib borilgan doimiy izlanish va bozorni chuqur tahlil etish hamda zamonaviy taxnologiyalarni o'rganish natijasida qo'shma korxona plastmassa, rangli shisha, farfordan tayyorlanadigan suvenirlar va xalq iste'moli mollarini ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biriga aylandi. Hozirga kunda korxona 30 ortiq mamlakatlarga o'z mahsulotlarini eksport qilmoqda. bunga «Sovplastital» qo'shma korxonasi bozorda yuz berayotgan o'zgarishlarni vaqtida va tezlik bilan tahlil etib, bozorning yangi talablariga mos keladigan aniq strategik boshqarishni joriy etish orqali erishishdi.
Biznes muhitida shart-sharoitlar biznes faoliyatini o'zgartirishni, uzoq muddatli maqsadlarga qo'shimchalar kiritishni yoki kelajakda strategik yo'nalishga yangicha yondashuvni taqozo etishi mumkin. Ko'zlangan maqsadlar kompaniyada mavjud imkoniyatlardan ancha yuqori bo'lishi yoki kelajakdagi istiqbollarga ma'lum darajada mos tushmay qolishi mumkin.
Strategik boshqarish doimiy amalga oshiriladigan jarayon bo'lib, kompaniya strategiyasiga baho berish va unga tegishli o'zgartirishlarni kiritish bu jarayonning ham yangidan boshlanishi va ham yakuniy bosqichi sifatida e'tirof etiladi.
Tashkilot maqsadli mqljallarsiz faoliyat yurita olmaydi. Tashkilot faoliyatining maqsadli yqnalishi birinchi navbatda uning faoliyati odamlarning turli guruhlari manfaatlarining ta'siri ostida bqlishi bilan bog'liq. Tashkilotning maqsadi ta'sischilar, xodimlar, xaridorlar, hamkorlar, maxalliy jamoa va butun jamiyat kabi insonlar manfaatlarini aks ettiradi.
Tashkilot faoliyatidagi maqsadli negizining ikki asosiy tarkibiy qismlari ajratiladi: vazifa va maqsadlar. Vazifa keng ma'noda tashkilot mavjudligining falsafasi, mazmuni sifatida, tor ma'noda esa-tashkilot nima uchun faoliyat yuritayotganligi haqida shakllangan, batafsillashgan ma'no,tasdiq sifatida tushuniladi. Yaxshi shakllangan vazifa mqljallar, faoliyat sohalari, tashkilot falsafasi, faoliyatni amalga oshirish imkoniyat va usullari, tashkilot imidjining izohini qz ichiga oladi.
Tashkilot maqsadlari ma'lum muddatdan keyin u erishishga harakat qiluvchi alohida parametrlarning aniq holatini tasvirlaydi. Maqsadlar uzoq va qisqa muddatli bqladi. Maqsadlar ba'zi zaruriy talablarga javob berishi lozim: ular erishish mumkin bqlgan, egiluvchan, ulchanadigan, aniq, moslashtiriluvchi va qabul qilinishi mumkin bqladigan bqlishi kerak.
Strategiyani tanlash va amalga oshirish strategik boshqaruvning asosiy qismlari bqlib hisoblanadi. Strategik boshqaruvdagi strategiya tashkilot rivojining uzoq muddatli sifatli aniqlangan yqnalishi sifatida tushuniladi.
Starategiyani tanlash tashkilotdagi vaziyatga bog'liq. Biroq strategiyani tenglashda ma'lum yondashuvlar mavjud.
Strategiyani tanlash firma faoliyatiga bog'liq bo'lgan uchta savolni xal qilishga bog'liq:

  1. ma'lum biznesni tugatish;

  2. ma'lum biznesni davom ettirish;

  3. ma'lum biznesga utish.

Tanlangan strategiyani baholash quyidagi yqnalishlar bqyicha amalga oshiriladi:

  1. strategiya firma maqsadlariga erishilishiga olib keladimi?;

  2. tanlangan strategiya muhim xolati va talablariga mos keladimi?;

  3. tanlangan strategiya firma potentsiali va imkoniyatlariga mos keladimi?

  4. strategiyadagi risq qzini oqlaydimi?

Xulosa shuki, strategik boshqaruv murakkab harakterga ega va kqp omillarning hisobga olinishini talab qiladi. Shu bilan birga, u firmaning ba'zi muammolarini va ularni echish usullari tuplamini aniqlaydi. Strategiya bqlish uchun bu tqplam tizimga aylanishi lozim.
2.4 .Strategiyani yaratishga bo'lgan turli xil yondashuvlar
Strategiya tuzishga yondashuvlar quyidagicha bo'ladi:
Bosh strategii yondashuv - bunda strategiyani boshliqning o'zi ishlab chiqadi. Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya qismlariga kuchli ta'sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida ish yuritadi.
Vakolatlarni berish yondashuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas'ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo'yicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardam tuzilgan maxsus komissiyaga toshpiradi.

  1. Qo'shma (kollaboratsion) yondashuv - avvalgi ikki yondashuv o'rtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki strategiyani ishlab chikish kimlarga topshirilgan bo'lsa, uni o'shalarni o'zlari bajarishlari kerak bo'ladi.

  2. Tashabbusli yondashuv. Bunday yondashuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham, «g'oyalar generatorlari» guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bil'aks, boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, himoya qilish va hayotga tadbiq etish uchun menejerlarni o'zlari safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo'lgan to'rtta asosiy yondashuvning birortasi ham eng yaxshi yondashuv sifatida yuzaga chiqmaydi. Ular har birining| kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.

Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo'yicha variantlarni turlicha bajaradilar. Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy amalga oshiriladi. Yirik firmalar strategiyani har yili ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.
Strategiya avvalo ma'naviy jihatdan sog'lom bo'lishi kerak. Kompaniyaning har bir harakati axloq-odob, ma'naviyat doirasida bo'lishi talab etiladi. Kompaniya mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, etkazib beruvchilar va jamiyat oldida mas'uliyatlidir. Kompaniyaning etkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor muno-

sabatlariga quriladi. Kompaniya bilan etkazib beruvchi ham sherik, ham o'zaro raqibdir. Shuning uchun ular o'rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim.
Agar strategiya kompaniyaning ahvolig'a mos bo'lmasa, raqobat ustunligi yara- tilmasa, ishni yaxshilashga yaramasa, bunday strategiya g'olibona strategiya deyil- maydi. G'olibona strategiyaning uch belgisi bo'ladi:
moslik darajasi mezoni;
raqobat kurashida ustunlik mezoni;
ish jadalligini oshirish mezoni.
Moslik darajasi mezoni. Yaxshi strategiya uning imkoniyatlari va intilishlari, ichki va tashqi omillar nuqtai nazaridan kompaniyadagi vaziyatga mos kelmas ekan, u shubhalidir.
Raqobat kurashida ustunlik mezoni. Yaxshi strategiya raqobatda barqaror ustun- likka erishishga olib keladi. Strategiya yordamida raqobat kurashida qanchalik katta ustunlikka erishilsa, strategiya shunchalik kuchli va samarali bo'ladi.
Ishlarning jadalligini oshirish mezoni. Yaxshi strategiya kompaniya ishining tezkorligini oshiradi. Ishlarni takomillashtirishning ikki turi o'tamuhim bo'lib, ular quyidagilar: Daromadlilikning oshishi. Kompaniyaning uzoq kelajakdagi faolligi raqobatbardoshligining oshishi.
2.5.Iste'molchilarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalaini loyihalash1.
Bozor va iste'molchilar to‘liq tushunilgandan keyin, marketing boshqaruvi endi iste'molchiga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini loyihalashi mumkin. Biz marketing boshqaruvini maqsadli bozorni tanlash va u bilan samarali munosabatlarni qurish san'ati va fani deb tushunsak bo‘ladi. Marketing menejerlarining asosiy maqasdi yuqori darajadagi iste'molchi qiymatini shakllantirish orqali xaqiqiy iste'molchilarni topish, ularni jalb etish va ular sonini oshirishdan iboratdir. Samarali marketing strategiyasini loyihalash uchun marketing menejerlari quyidagi ikkita savolga javob topishlar kerak:

  • qanday iste'molchilarga xizmat ko‘rsatamiz?

  • va bu iste'molchilarga qanday qilib xizmat ko‘rsatamiz?


Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə