Sug`urta bozorini statistik o`rganish



Yüklə 34,19 Kb.
səhifə2/3
tarix04.04.2022
ölçüsü34,19 Kb.
#85046
1   2   3
sultonov avazbek
- DISK UCHUN SLAYDGA, ochiq dars yuzi english, kafedralniy tta 2021
Sug‘urta bozori – bu sug‘urta holatlari ro‘y berganda jismoniy va yuridik shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.

Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug‘urtalovchilarning mavjudligidir.

Hozirgi kunda jahon amaliyotida sug‘urtada ikki tendensiya amal qilmoqda: sug‘urtalovchilarning ixtisoslashuvi va universallashuvi, ya’ni ma’lum sug‘urta kompaniyalari sug‘urtaning deyarli barcha turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yib o‘z faoliyatlarini kengaytirsalar, boshqa bir kompaniyalar sug‘urtaning ma’lum bir turlari bo‘yicha ixtisoslashib ushbu xizmat turini mukammal o‘zlashtirib olmoqdalar. Bu yo‘nalishlarning birinchisi bevosita mehnatning ijtimoiy taqsimlanishining kuchayishi bilan bog‘liqdir: ushbu jarayon sug‘urta ishida ham obyektiv zarurat tug‘dirmoqda.

Sug‘urtalovchilar faoliyatining universallashish tendensiyalari ko‘proq iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi unchalik yuqori bo‘lmagan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni u qadar ko‘p bo‘lmagan mamlakat, hudud yoki mintaqalarda yuz bersa, ixtisoslashuv jarayonlari iqtisodiyoti va sug‘urta tizimi rivojlangan, sug‘urta xizmatlariga talabgorlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakat, hudud yoki mintaqalarga xosdir, chunki sug‘urta bozori endigina rivojlanayotgan, sug‘urtalashga talabgorlar soni u darajada ko‘p bo‘lmagan mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalari bir yoki ikki sug‘urta turiga ixtisoslashish bilan yetarli darajada mijozlarga ega bo‘la olmaydilar. Shuning uchun ham ular mumkin qadar ko‘proq turdagi sug‘urta xizmatlarini amalga oshirib ko‘proq mijozlarga ega bo‘lishga harakat qiladilar. Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa sug‘urtalanishga talabgorlar soni yetarli darajada bo‘lib, ammo ularning talablari ham yuqori darajadadir, bunday talablarni qondirish uchun esa ma’lum bir sug‘urta turiga ixtisoslashib, ushbu tur bo‘yicha mukammal bilimlarni egallash va katta tajribaga ega bo‘lish talab etiladi.

Mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari sug‘urta faoliyatining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashish bilan bir vaqtning o‘zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Bunga yuqorida aytib o‘tganimiz sug‘urta sohasining xali yuksak darajada rivojlanmaganligi, korxonalar, tashkilotlar va aholining sug‘urta to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarining yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli sug‘urta xizmatlariga talabgorlar sonining yetarli emasligi sababdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikada sug‘urta bozorini rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish sug‘urta tizimi xodimlari va hukumatning asosiy vazifalaridan biridir.

Respublikamizda sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uchun bugungi kunda avvalo quyidagi muammolar va vazifalarni yechish muhimdir:

- hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtaga va uning xizmatlariga bo‘lgan talabini har tomonlama shakllantirish zarurdir;

- mamlakatimizda sug‘urta sohasidagi bozor mexanizmlarini talab darajasida qo‘llanilishiga erishish va shu asosda ixtiyoriy sug‘urtalashga sug‘urtalanuvchilarni jalb etishni talab darajasiga yetkazish zarur;

- respublikamizda ayni paytda mavjud bo‘lgan sug‘urta zahiralarini investitsiyaga yo‘naltirish ishlarini yanada rivojlantirish va mukammalllashtirish zarur.

Ayniqsa mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarida kapitalizatsiyaning talab darajasida emasligi, hali milliy qayta sug‘urtalash bozorini rivojlantirishga kam e’tibor berilayotganligi tufayli qayta sug‘urtalashga xorijiy sug‘urta kompaniyalarini jalb etish tendensiyasi saqlanmoqda. Hozirgacha mamlakatimiz sug‘urta bozorida axborotlar tizimining taraqqiy etmaganligi natijasida sug‘urtalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy barqaror va to‘lovga layoqatli sug‘urta kompaniyalarini tanlab o‘zining mol-mulkini, sog‘ligini sug‘urtalash imkoniyatlari chegaralanib qolganligi sug‘urta faoliyatining keng rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda.

Sug‘urta bozori amal qilishining asosiy sharti, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning mavjud bo‘lishi va sug‘urtalovchilar bu talabni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan xarakterlanadi. Demak, sug‘urta bozorining faoliyat ko‘rsatishi qiymat qonuni hamda talab va taklif qonuni bilan bog‘liq holda amalga oshadi.

Sug‘urta bozori subyektlarning mustaqil bo‘lishini, ularning o‘zaro teng imkoniyatlar bilan raqobat olib borishi, asosiy munosabat sug‘urta xizmatlarining oldi-sotdisi bo‘yicha, ya’ni sug‘urta mahsulotlarini sotib olish, gorizontal hamda vertikal rivojlanish aloqalarini olib borish bilan ta’riflanib kelinadi.

Sug‘urta bozori o‘zining tarkibiy jihati bo‘yicha ikki aspektga bo‘linadi, bular:

- tashkiliy - huquqiy aspekt;

- hududiy aspektdir.

Tashkiliy-huquqiy aspekt, bu aksionerlik, o‘zaro hamkorlik asosida, xususiy va davlat sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi.

Hududiy aspekt esa mahalliy (regional), milliy (respublika, mamlakat va h.k.), mintaqaviy va jahon sug‘urta bozori ko‘rinishida shakllanadi.




Yüklə 34,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə