Suitsidal hulq-atvomi namoyot bo‘lishi. Suitsid



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə14/15
tarix11.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#145603
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Suitsidal hulq-atvomi namoyot bo‘lishi.

XULOSALAR
Bitiruv malakaviy ishning nazariy tahlili, vujudga keluvchi suitsidal xulq-atvorining sabablari va sharoitlari tahlili suitsidal xavf omillarini aniqlashga imkon beruvchi suitsidal xulq-atvorning pedagogik-psixologik diagnostikasi hisoblanadi. Shuningdek, real suitsidal xavfni aniqlash jarayonida, faqat suitsid xavfini shakllantiruvchi omillarni hisobga olibgina qolmasdan, balki shaxsni suitsidal xulq ko‘rinishlarining namoyon bo‘lishidan to‘xtatib qoluvchi pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash va faollashtirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi.
Suitsidentlar xulq-atvori pedagogik, ijtimoiy-psixologik belgi va tuzilmasini aniqlash asosida shaxsning suitsidal xulq-atvori pedagogik-psixologik korreksiyasining qo‘llanilishi tanlangan maqsad, belgilangan vazifalarning amalga oshirilganligi izlanish farazini tasdiqladi. Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda quyidagi ilmiy xulosalar chiqarildi.
1. Suitsid muammosining uzoq yillar davomida yopiqligi ta’lim- tarbiya jarayoni shaxsga suitsidal faollik bilan bog‘liq inqirozli vaziyatlarda zarur pedagogik-psixologik yordamni ko‘rsata olmasliklariga sabab bo‘ldi.
2. Suitsidal urinishlar sodir etgan kishilarda shaxslilik va emotsional jabha buzilishlari kuzatiladi. Suitsident shaxsining motivatsion-ehtiyoj sohasini tahlil etish, sodir bo‘layotgan suitsid hodisalarini tushunishda zarur va muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
3. Suitsidal urinishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, oiladagi va shaxslararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy qadriyatlarni yetarlicha his qila olmaslik, o‘zini o‘zi nazorat qilish hamda baholashdagi noadekvatlik hisoblanib, ulardagi dolzarb ehtiyojlarning qondirilishiga to‘sqinlikning asosiy omillaridan biri hisoblanib, korreksion tadbirlarni amalga oshirishda kompleks yondashuvni talab etadi.
4. Kishilar suitsidal xulq-atvori psixokorreksiyasi, suitsidallik darajasi uning ruhiy holati bo‘yicha aniq, chuqur hamda tezkor diagnostikani amalga oshirishda, psixologik-pedagogik ta’sir doirasi, usul va vositalarini aniq tanlash yotadi. Ichki ishlar xodimlarda o‘z-o‘zini namoyon eta olish imkoniyatlarini topishga yordam berish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ijtimoiy foydali faoliyatga yo‘naltirish, istiqbolli maqsadlarga intilish motivatsiyasini shakllantirish, korreksion tadbirlarni rejalashtirishning maqsad va vazifalarini belgilaydi.
5. Psixologik-profilaktik tadbirlar zamonaviy psixologiya fanidagi mavjud ilmiy nazariyalarga asoslangan bo‘lib, pedagoglar, ota-onalar, amaliyotchi psixologlar, mahalla faollari, tibbiyot va ijtimoiy xizmat xodimlariga ichki ishlar xodim hayoti va salomatligi uchun mas’uliyat hissini yuklaydi.
6. Suitsidal xavf ehtimoli mavjud kishilarni o‘z vaqtida aniqlab, kompleks pedagogik, psixologik korreksion tadbirlarni amalga oshirish. Shuningdek, ichki ishlar xodimlar o‘rtasida suitsidal harakatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha psixoprofilaktik tadbirlarni amalga oshirishda milliy odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizdan keng foydalanish.
7. Inqiroz holatidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga erishish, ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish va tashkil etishda ushbu yosh davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni chuqur hamda atroflicha o‘rganib chiqish lozim

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə