Suitsidal hulq-atvomi namoyot bo‘lishi. Suitsid


Shaxsning depressiv holatlar profilaktikasi va uning bosqichlari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə7/15
tarix11.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#145603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Suitsidal hulq-atvomi namoyot bo‘lishi.

2.2. Shaxsning depressiv holatlar profilaktikasi va uning bosqichlari
Odamning o‘zini shaxs, individual inson sifatida qidirishi va tan olishi bilan bog‘liq og‘ir kechinmalar depressiv holatga o‘tishi mumkin, u esa o‘z navbatida suitsidal istaklarni kelib chiqishiga olib keladi. Bu holat turli yosh davrlariga xos bo‘lib, ushbu muammonining yetakchi jihati emotsional buzilishlar hisoblanadi. Darhaqiqat, depressiyadan aziyat chekayotganlarning ko‘pchiligida yomon kayfiyat ustunlik qiladi, biroq har doim ham emas. Masalan, aynan ichki ishlar xodimlarida kuchli inqiroz holatlarida ham qayg‘uni subyektiv tarzda kechirishini ko‘pincha ko‘rmasligimiz mumkin.
Affektiv tarkibning sust namoyon bo‘lishi vaziyatlarda, depressiya xolatida fikrlash va ta’sirlanishning aniq tizimlarini, jismoniy holat, odamda namoyon bo‘ladigan boshqa mexanizmlar va boshqa insonlar bilan aloqa stereotiplari orqali aniqlash mumkin. Bu xolat esa depressiyani diagnostikasini qiyinlashtiradi. Depressiv xolatni tushunishda shaxs shakllanadigan atrof-muxit muximdir, chunki u hayotni idrok qilish xarateriga, qadriyatlar tizimiga va shaxsiy dunyoqarashga (kechinmalarni kattalashtirish yoki kuchaytirishga moyilik) ta’sir qiladi.
I.S.Konning fikriga ko‘ra, shaxs depressiyasining profilaktikasi nizoli vaziyatlardan qochishdan iborat emas, buning imkoni ham yo‘q, balki shunday psixologik iqlim yaratish keraki, bunda har bir inson o‘zini yolg‘iz, tan olinmagan va nomukammal his etmasin. Shuningdek, bu o‘ta jiddiy masala bo‘lib, rahbarlar, bo‘lim boshliqlari va psixologlardan sezgirlik hakmda jiddiy e’tiborni talab qiladi. Depressiyaning belgilarini erta aniqlash esa to‘g‘rilab bo‘lmaydigan oqibatlarni oldini olishning muhim omilidir.
Depressiyaning simptomlari (belgilari):

  • Disfariya, yoki hayotga qiziqishning va lazzat olish qobiliyatining yo‘qolishi.

  • Ishtahaning va tana og‘irligining o‘zgarishi.

  • Kuch – quvvatning yo‘qolishi.

  • Uyqu davomiyligining o‘zgarishi.

  • Psixomotor faollikning o‘zgarishi.

  • O‘zining hech narsaga arzimasligi yoki aybdorlik hissi.

  • O‘lim haqidagi fikrlar.

  • Suitsidal hohishlar yoki urunishlar.

  • Ijtimoiy yakkalanish.

  • O‘zlashtirishning pasayishi yoki maktabga munosabatning o‘zgarishi.

  • Ilgari xos bo‘lmagan, kuzatilmagan agressivlik.

  • Somatik arzlar.

  • Jazolanishni kutish.

Shaxsda depressiya belgilari aniqlangach, ota – onalar, yaqin odamlari va mutaxassis – psixologlar u bilan individual ishni kuchaytirishlari zarur. Ularning quyidagi so‘zlariga xushyor bo‘lish kerak: “hayotni ko‘rgani ko‘zim yo‘q”, “men bo‘lmasam hammasi yaxshi bo‘ladi”, “ular menga qilgan qilmishlari uchun afsuslanadilar”, “men buni ko‘tara olmayman”, “men hammaga yukman”, “o‘zimni o‘ldiraman”, “men hech kimga kerak emasman” va h.z.
Kelajak hayotiy rejalarni ahamiyatini turmushda ro‘y berayotgan voqealarning muhimligi bilan tartibga sola olmaslik, o‘ziga xos muvozanat o‘rnata olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan hayot mazmunini yo‘qotish, ko‘pincha depressiv holatlar asosini tashkil qiladi. Buning zamini tarbiya jarayonida yaratiladi, o‘smirning qadriyatlar yo‘nalishi, turli muammolarni tushunishi, voqealar va xatti-harakatlarni ahloqiy baholash, birinchi navbatda kattalarning pozitsiyasiga bog‘liq, masalan, ota – onalarning.
Shu tariqa, bola voyaga yetish jarayonida atrofdagi kattalardan aniq hayotiy hulq-atvor strategiyani qabul qilish va bu bilan boshqasini rad etishi mumkin. Biroq har qanday bir yoqlama xulq – atvor strategiyasi to‘laqonli hayot uchun qoniqarsizdir. Odam bir hil darajada ayni vaqtda qoniqish olishni va kelajakda ro‘yobga chiqarildadigan dolzarb hayotiy maqsadlarni yaratishi va erishishdan rohatlanishni bilishi kerak.
Hayotiy rejalarning shakllanishi o‘smirning me’yorda rivojlanishi, hamda uning ma’nviy va psixik salomatligi ko‘rsatkichidir. Shunday qilib, rivojlanishning ertaki darajasi yoki shaxsning infantin holati uchun hozirgi ehtiyojlarini qodirishiga yo‘nalganlik xosdir, bu vaqtda esa pedagogik ta’sir vaqtinchalik istiqbolni shakllantirishga qaratilgan. Ta’sir ko‘rsatishning bunday ko‘rinishi ayni vaqtda rohat ola bilishga yo‘natirilgan xulq-atvorning ikkinchi strategiyasi saqlansagina haqoniy bo‘lib chiqdi.
Ko‘pincha shaxsning rivojlanishi va tarbiyasi jarayonida xulq – atvorning ikkinchi stretegiyasi yo‘qoladi va odam faqatgina kelajakdagi baxtga yo‘nalgan holda “kutish zalida” kabi yashay boshlaydi. Agar kelajakdagi baxt kelavermasa, hayotdan ko‘ngil qolish ro‘y beradi. Bunday vaziyatda “hozir va shu yerda” kabi yashash ko‘nikmasini maqsadga muvofiq ta’sirlar bilan qayta tiklashga to‘g‘ri keladi. Bundan yaqqol ko‘rinadiki, odam xulq – atvorining ikkala stategiyasini egallashi to‘laqonlik quvonchli hayot shartlaridan biri hisoblanadi, bunda esa o‘z – o‘zidan suitsidal fikrlarga joy qolmaydi. Bu bilan bog‘liq ravishda, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, profilaktika ishining samarali yo‘nalishlaridan biri bu – xulq-atvorning ikkala strategiyalarni egallashga o‘rgatishdan iboratdir.
Psixokorreksion va profilaktik ish uchun shaxsning o‘ziga-o‘zi baho berishi va da’vogarlik darajasini bilish muhim. Ularning orasidagi farq qancha katta bo‘lsa, shaxsda asab buzilishlari va ijtimoiy moslasha olmaslik xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Shaxsga birinchi psixologik yordam ko‘rsatish vaqtida quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.

  • Siz ishoning, siz unga yordam bera olasiz.

  • Bunday vaziyatlarda boshiga shunday ish tushgan odamlardan tajriba o‘rganing.

  • Sabrli bo‘ling.

Profilaktik suhbat o‘tkazish metodi:
Inqirozli holatni yengib o‘tishda asosiysi shaxs bilan individual profilaktik suhbat o‘tkazishdir. Quydagilarni e’tiborga olish muhim;

  • Suhbatda mijozni faol tinglashga yetarlicha e’tibor qaratish;

  • Faol tinglovchi – bu suhbatdoshning butun diqqati bilan, uni ayblamasdan tinglovchi odamdir, bu esa unga ichidagini to‘kib – sochish imkonini beradi.

  • Faol tinglovchi suhbatdoshning hissiyotlarini to‘liq tushunadi va undan o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlanib qolishiga yordam beradi.

  • Faol tinglovchi suhbatdoshini eshitishlariga yordam beradi.

Suhbat o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar:

  • Suhbat bo‘linmasligi uchun tinch joyda suhbatlashish;

  • Suxbatdoshning qarshisida o‘tirish (o‘rtada stol bo‘lmasligi kerak) butun e’tiborni unga qaratib, to‘g‘ri qarab o‘tirish kerak.

  • Suhbatdosh uni tinglaganligingizga ishonch hosil qilish uchun aytganlarini qayta so‘zlab bering;

  • Suhbatdoshni gapini bo‘lmasdan tinglash va u to‘xtagandan so‘ng gapirish;

  • Ayblamasdan va ishtiyoqsiz gapirish zarur, chunki bular suxbatdoshda ustunlik hissini oshirishga yordam berishi mumkin; faqatgina ijobiy-konsepruktiv jumlalarni gapiring (“daqiqali refreyming”);

  • Jadvalda keltirilgan tavsiyalardan foydalangan holda birinchi psixologik yordam ko‘rsating.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə