Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish



Yüklə 9,47 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü9,47 Kb.
#155913
  1   2
Davlatova Mohira (1)

Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Fizika va Kimyo” fakulteti. Yo’nalishi: Kimyo. 21/3- guruh. Fan nomi: Kimyoviy texnalogiya. Topshirdi: Davlatova Mohira. Qabul qildi: Kamilov Qamariddin.

Mavzu: Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish. Sulfat kislota kimyo sanoatining asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. U mineral o‘g‘itlar, turli xildagi mineral tuzlar va kislotalarorganik mahsulotlar, bo‘yoqlar va boshqalar ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi. Sulfat kislota ishlatilmaydigan yirik zamonaviy sanoat korxonalari mavjudligini tasavvur etish qiyin. Sulfat kislotadan neftni qayta ishlash, metallurgiyametallarni qayta ishlash, to‘qimachilik, charm va boshqa sanoatlarda suvsizlantiruvchi va qurituvchi modda sifatida, neytrallash jarayonida, metallarni tozalashda va boshqa bir qancha maqsadlarda foydalaniladi.


XIX asr boshlarida oltingugurtni alohida pechlarda yondirish, azot oksidlarni esa selitrani sulfat kislota bilan parchalash orqali olish yo‘lga qo‘yildi. Sulfat kislota ishlab chiqarish usuli yildan yilga takomillashib bordi, buning natijasida mahsulot tannarxi kamaytirildi, ayniqsa, 1837-yildan boshlang‘ich xomashyo sifatida oltingugurt o‘rniga oltingugurt kolchedani ishlatila boshlandi. Qo‘rg‘oshinli kameralar o‘rniga to‘ldirgichli minoralarning ishlatilishi va azot oksidlari qo‘llash orqali sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish ishlab chiqarish samaradorligini bir necha marta oshirishni ta’minladi. Bu usul sulfat kislota ishlab chiqarishning minorali usuli deb ataldi
Xozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha sulfat kislotasi ishlab chiqarishning 2 xil usuli mavjuddir:
1.Nitroza usuli; 2. Kontakt usuli. Nitroza usuli 2 xil turga: a) Kamerali tur; b) Minorali turga bo‘linadi. Nitroza va kontakt usullarining bir-biridan asosiy farqi asosan SO2 gazini SO3 gaziga qanday oksidlashga bogliqdir. Nitroza usulida o‘choq gazi tarkibidagi SO2 yuqori bo‘lmagan xaroratda suyuq fazadan iborat nitrozada absorbsiyalanib, shu vaktning o‘zida u, ya’ni SO2 oksidlanib, suyuk fazada maxsuliy sulfat kislotasi hosil qiladi
Fan va texnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalashish, ilg‘or tajribalarni joriy etish, yangi usullarni qo‘llash yo‘li bilan ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun sulfat kislota ishlab chiqarish usullarining asosiy negizlarini hamda ulardagi hisoblarni amalga oshirishni chuqur o‘rganish kimyoviy texnologiya va ishlab chiqarish tayyorlov yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Sulfat kislota Uzbekiston Respublikasining asosan quyidagi korxonalarida ishlab chiqaradi
Olmaliq tog‘ - kon metallurgiya konbinatida;
Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida;
Samarqand kimyo zavodida
Chirchiq “Elektrokimyo sanoati” birlashmasida 
Navoiy tog‘ - kon metallurgiya konbinatida va x.k.

Yüklə 9,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə