Suv. Xususiyatlari va biologik funksiyalari Reja: Suvning xususiyatlari Biologik funksiyalari


Yer shari yuzasining ¾ qismini okean,dengiz, kól, daryolar shaklida suv bilan qoplangan. Suv gazsimon holatda atmosferada keng tarqalgan



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#152233
1   2
R.L.M SUVюююю

Yer shari yuzasining ¾ qismini okean,dengiz, kól, daryolar shaklida suv bilan qoplangan. Suv gazsimon holatda atmosferada keng tarqalgan.

  • Yer shari yuzasining 3/4 qismini okean,dengiz, kól, daryolar shaklida suv bilan qoplangan. Suv gazsimon holatda atmosferada keng tarqalgan.

Suv ósimliklar, hayvonlar va insonlar hayotida juda katta ahamiyatga ega.

  • Suv ósimliklar, hayvonlar va insonlar hayotida juda katta ahamiyatga ega.

  • T irik organizmlarning tóqimalarida, hujayralarida suv bóladi.

  • I nson tanasining o ’rtacha 65% ini tashkil etadi.

  • Suvning yuqori issiqlik sig'imiga egaligi ham Yerdagi hayot uchun foydali. Yer yuzining 3/4 qismini egallagan dunyo okeani suvi Quyoshdan olgan energiyani ózida saqlab turadi.


Suvning yuqori issiqlik sig'imiga egaligi ham Yerdagi hayot uchun foydali. Yer yuzining 3/4 qismini egallagan dunyo okeani suvi Quyoshdan olgan energiyani ózida saqlab turadi.

Sanoat asosan chuchuk suv. bilan ishlashga moslashgan. Ma'lumotlarga kóra, har yili kishi boshiga órtacha 8000 l suv ishlatiladi.
Suv ozishga yordam beradi. Buning uchun kuniga 4 litrgacha suv ichish, faol harakatda bo‘lish, yog‘siz mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak, tuzli mahsulotlardan esa umuman voz kechish lozim. Ertalab och qoringa 200 ml., tushlikdan oldin 200 ml. va kechki ovqatdan avval ham 200 ml. suv ichish qatʼiy talab etiladi. Ish vaqtida kuni bilan 1 litrgacha yoki undan ko‘proq suv isteʼmol qilish mumkin.
Suv – nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da suvning termik parchalanishi 1,8 %ga, 3092°da 13 %ga, 5000°da 100 % ga yetadi. Suv ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi.
Toza suvning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g suvni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu suvning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday „oʻta sovigan“ suv barqaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab krladi. Shuningdek, toza suvni astasekin „oʻta isitish“ (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan. Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda bugʻ hosil qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xqutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarossasini namoyon qiladi.
Qutblangan suv molekulasi ab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.
Suv – keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.
Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə