T. N. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot



Yüklə 88,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü88,61 Kb.
#165405
1   2   3   4   5   6   7
1327-Текст статьи-3570-1-10-20221016

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
134
Education and innovative research 2022 y. №5
o’simliklar va hayvonlarning ehtiyojlari, ayrim organlar va ularning funksiyalari 
o’rtasidagi bog’liqliklar haqida.
Maktabga tayyorlov guruhida asosiy vazifa - jonsiz tabiat hodisalarining muntazam 
o’zgarishini aniqlashtirish va kengaytirish, ularni keyinchalik tizimlashtirish va 
umumlashtirish asosiy masaladir. Fasllarning o’zgarishi, kunduz va kechaning 
davomiyligining uzayishi (yoki qisqrishi), havo haroratining muntazam o’zgarishi, 
yog’ingarchilikning tabiati haqida fikrlarni shakllantirish kerak.
Shunday qilib, maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalar tabiat haqidagi 
bilimlarning boshlang’ich tizimini egallaydilar, bu aqliy faoliyatni rivojlantirishga va 
tabiatga nisbatan barqaror ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.
Vazifalarning murakkabligi va xilma -xilligi tarbiyachi-pedagogdan bolalar bilan 
ishlashning turli usullari va shakllaridan foydalana olishini talab qiladi, bu bir qator 
talablar, turli yosh guruhlaridagi xususiyatlari bilan bog’liqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish shakllari: mashg’ulotlar, 
ekskursiyalar, sayrlar, tabiat burchagida ish faoliyati, yer maydonchasidagi ish 
faoliyati.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish usullari: ko’rgazmali, 
amaliy, og’zaki.
1. Ko’rgazmali usul va uning turlari.
Ko’rgazmali usulga quyidagilar kiradi: kuzatish, tasviriy materiallar, texnik 
vositalar yoki o’quv ekrani. Kuzatish - bu atrofdagi dunyo ob’ektlari va hodisalarini 
maqsadli, tizimli idrok etish demakdir. Kuzatish atrof - olam predmetlari va hodisalarini 
maqsadga muvofiq, rejali idrok etish. Kuzatish - murakkab bilish faoliyati bo’lib, 
unda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etadi. Kuzatilayotgan hodisani tushuntirishda 
bolaning tajribasi, bilimi va malakalari muhim ahamiyatga ega. Bolalarni tabiat 
bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va 
nutqini o’stirishda g’oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqida K.D. Ushinskiy shunday 
deydi: “Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to’g’ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to’g’ri 
mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko’rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va 
aniq kuzatishlardan kelib chiqadi”.
Tabiatni bolalar bilan birgalikda kuzatishni tashkil etar ekan, bo’lajak tarbiyachi-
pedagog bir qator vazifalarni hal etadi: bolalarda tabiat haqidagi bilimni shakllantiradi, 
kuzatishni o’rgatadi, kuzatuvchanlikni o’stiradi, estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Predmet va hodisalarning xususiyati va sifatlari haqidagi bilimni shakllantirish 
maqsadida tashkil etiladigan qisqa muddatli kuzatuvlar jarayonida bolalar qismlarning 
shakli, rangi katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvini, sathining xarakterini 
farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ular chiqadigan 
tovushlarni ham o’rganadigan va x.k.
O’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy 
o’zgarishlar haqidagi bilimlarning yoritalishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq 
turi - uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi, bunda bolalarga ob’ektning 
kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashga to’g’ri keladi.
Bolalarning bilish darajasiga qarab, tarbiyachi-pedagog har xil turdagi 
kuzatuvlardan foydalanadi. Kuzatishlar o’simliklarni va hayvonlarni, ob - havo 
bilan, kattalarning tabiatdagi ishlari bilan tanishganda, mashg’ulot davomida
ekskursiyalarda, sayrlarda va tabiat burchagida tashkil etiladi. Kuzatish boshida, 
ayniqsa, agar u birinchi marta o’tkazilsa, bolalarga vazifa yoki topshiriq berishga 
shoshilmaslik kerak. Nazoratni qilish jarayonida tarbiyachi-pedagog turli xil 
usullardan - savollar, topishmoqlar, ob’ektlarni tekshirish, taqqoslash, o’yin va 



Yüklə 88,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə