T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil qilish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Data

1.3. Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil qilish
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali rahbari amalga
oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U bank
tizimining bosh buxgalterlari to ’g ’risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi.
Bosh buxgalter bo’lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o’rinbosari
bajaradi.
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi.
Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar
yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat'iyan taqiqlanadi. Bank
buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo’limlar soni
amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ulaming avtomatlashtirilganlik
darajasiga bog’iq b o ’ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo’linmasi
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi
bo’yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalaming
hisobini yuritish maxsus bo’limlarga topshirilishi mumkin. Ish hajmi katta banklarda
buxgalteriya apparati asosiy talablam i hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim.
Shuningdek, barcha operatsiyalar mas'ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va
nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o ’tishini ta'minlash maqsadida ish
hajmidan kelib chiqqan holda mas'ul ijrochi va nazoratchilar soni o ’rtasida
mutanosiblik saqlanishi lozim.
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bank rahbari buyrug’i bilan
tasdiqlanadi. M as'ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan


hisobvaraqlami yuritish yoki alohida operatsiyalami amalga oshirish ishlari
yuklatiladi. hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o’rtasida shunday taqsimlanishi
kerakki, bunda bitta xo’jalik yurituvchi sub'ektning barcha depozit va ssuda
hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el
valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlami buxgalteriya
xodimlari o ’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi
hamda qo’lda m axsus daftarda qayd etib boriladi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklami ulam ing yo’qolishiga
yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda
foydalanishi ustidan nazoratni ta'minlashi shart. Bank muhrlari va burchakli
shtamplarining hisobi ulami saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko’rsatilgan
maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog’langan va bank muhri,
bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi va bank
rahbarining yoki uning xohishiga ko’ra bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo’lishi kerakki, bunda
mijozlar va boshqa begona shaxslaming bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari va
blanklarini olishlariga imkon bo’lmasligi lozim. Xodim mehnat ta'tiliga chiqqan,
kasal bo’lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan hollarda unga
biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda
boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd
etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni
buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo’g ’inlarida o’matilgan tartibga amal
qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va
yordamchi kitoblarda operatsiyalami qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi
hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh
buxgalteri ishda bo’lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug’iga
ko’ra uning o’rinbosapiga topshiriladi. Mijozlaming bank xodimlarining xatti-
harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e'lonlar
osib qo’yish yo’li bilan mijozlarga ma'lum qilinishi lozim.
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans
va boshqa hisobotlami o ’z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o ’z vaqtida
va sifatli xizmat ko’rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart. Tarkibiy
tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan yirik banklaming buxgalteriya
apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin.
Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati quyidagilar
bilan izohlanadi: tarkibiy bo’linmalaming asosiy vazifalari; mijozlarga xizmat
ko’rsatish; nazoratni amalga oshirish.
Tarkibiy bo’linmalaming asosiy vazifalari:
Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga
bo’linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to ’g ’ridan-
to ’g’ri xizmat ko’rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari
tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishini


kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalami qayta ishlab, uni nihoyasiga
etkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog’Iiq bo’lmagan ikkita
bo’limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o ’zaro nazorat qilish tizimini
yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo’linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta
bo’limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo’lgan xodimlardan o ’zining barcha
masalalarini echish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to
uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo’lib, Bek-ofis
mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo’lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas'uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan
operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo’limlar bo’yicha vazifalar
taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki,
bo’linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo’lishi shart emas. Bank
bo’linmalarida k o ’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining
avtomatlashtirilgan darajasiga bog’iq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida
ayrim bo’lim / sektor bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo’lim / sektor
vazifalarini boshqa bo’lim / sektor bajarishi ko’zda tutilishi lozim. Vazifalar, bank
tarkibiy tuzilmasining har bir bo’limi uchun alohida taqsimlanadi.
Mijozlarga xizm at ko’rsatish:
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo’limida
ko’rsatilganligi bois, mazkur bo’lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi
biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va
bank tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar ro’yxati e'lon qilinishi hamda
mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo’lg’usi mijozlari xabardor qilinishi shart.
Xizmat ko’rsatish jarayonida nostandart - ko’zda tutilmagan holatlar kelib chiqishi
ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi bo’yicha paydo
bo’lgan savollami joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalami butunlay nazorat
qilish salohiyatiga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan
bo’lishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalami amalga oshirishda mas'ul ijrochi
bilishi lozim bo’lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo’lsa, uning ishi tez va
sifatli bo’ladi. Shuning uchun, Front-ofis mas'ul ijrochilari o ’rtasida mijozlami
taqsimlashda, bir mas'ul ijrochida bir toifali mijozlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas'ul ijrochi tomonidan
xizmat ko’rsatilishi shart.
Front-ofis xodimlarini mijozlaming jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo’yicha
guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli xilligiga bog’iq holda, yuqorida qayd etib
o’tilgan mijozlami yanada kichik bo’lgan quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
faqat milliy valyutada operatsiyalami amalga oshiradigan mijozlar;
milliy va chet el valyutasida operatsiyalami amalga oshiradigan mijozlar.
Turli qonunchilik ta'sir doirasida bo’lgan mijozlaming quyidagi toifalari
bo’yicha guruhlarga bo’lish tavsiya etiladi: Korxona va tashkilotlar hamda jismoniy
shaxslarga.
Korxona va tashkilotlar:


-
o’z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday
tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el
valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan har qanday tashkilotlar;
o ’z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik mijozlar;
kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek,
yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Jismoniy shaxslar:
-
milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jism oniy shaxslar;
-
faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jismoniy shaxslar.
Bankning Front-ofis bo’limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga
ko’rsatiladigan to ’liq standart xizmatlar ro’yxatini ularga taqdim etadi. Xodimlar
guruhi tomonidan mijozlarga ko’p operatsiyalar turi bo’yicha xizmat ko’rsatilsa,
mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki, ko’p turli operatsiyalar
bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo’yicha unga xizmat ko’rsatish bank xodimining
ko’p vaqtini egallaydi.
Nazoratni amalga oshirish:
Front-ofis
zimmasiga
mijoz
tomonidan
taqdim
etilgan
hujjatlaming
rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalaming to’g’riligini
dastlabki nazoratdan o ’tkazish vazifasi yuklatiladi. Q o’shimcha nazorat zarur
hollarda Front-ofis xodimi operatsiyalar bo’yicha hujjatlami nazoratchi xodimga
taqdim etadi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining
nazoratini o’z xususiyatlari bo’yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
mijozning shartnomaga asoslangan harakatini tekshirish;
mijoz o’z operatsiyalarini qonunchilikda o’matilgan tartibda bajarayotganligini
tekshirish;
hujjatlaming
rasmiylashtirilishiga qo’yilgan talablarga rioya
qilinishini
ta'minlash;
-
to’lovlami amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjudligini aniqlash.
Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas'ul ijrochi
buxgalter ma'qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini
aniqlash maqsadida qaytadan joriy nazoratdan o’tkaziladi va ijroga qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratni Bek-ofis xodimlari tomonidan amalga oshirilib ulaming


vazifasi operatsiyalaming yakuniy nazoratini amalga oshirish, ya’ni kun davomida
amalga oshirilgan barcha bank operatsyalaming keyingi bank ish kunidan
kechiktirmagan holda yakuniy nazoratdan o’tkazish hisoblanadi.
Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya apparatining ish faoliyatini tug’ri tashkil
qilish amaldagi qonuniy va me'yoriy hujjatlar talablarini o ’z vaqtida va ulaming
sifatli bajarilishini ta’minlashda yaqindan yordam beradi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə