T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


  B ank operatsiyalarining turku m lanish i va ularning m azm uni



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Data

1.2. 
B ank operatsiyalarining turku m lanish i va ularning m azm uni


Banklaming o'ziga xos xususiyatlari ulaming faoliyatiga bevosita bog'liqdir.
Ushbu faoliyatning natijasi esa bank xizmatining yaratilishi hisoblanadi va uni
quydagilarga: to'lov vositasini amalga oshirish hamda xizmatlar ko'rsatishga ajratish
mumkin. Shu boisdan, Banklarda amalga oshirilayotgan operatsiyalami alohida
xususiyatlariga ko'ra turkumlash mumkin (1-chizmaga qarang).
1- c h izm a . B a n k o p e r a tsiy la r in in g tu r k u m la n ish i.
Quydagi chizmadan shuni ta'kidlash mumkinki, tijorat banklari tomonidan
ko'rsatilgan xizmatlami
o‘z faoliyatiga mos xizmatlar va o‘z faoliyatiga mos
bo'lmagan xizmatlarga bo'ldik. Demak, o'z faoliyatiga mos xizmatlar deganda, -
tijorat banklari faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ko'rsatiladigan
xizmatlari tushuniladi va Banklaming bajaradigan uchta operatsiyalarini ya’ni:
depozitlar operatsiyalari; kredit operatsiyalari; hisob-kitob operatsiyalarini kiritish
mumkin.
Yuqorida ta'kidlangan xizmat turlarini ba’zan ana'naviy bank operatsiyasi ham
deb atash mumkin va ulami bir vaqtda barcha banklar amalga oshiradilar. Chunki
shunday xizmat turlaridan birini boshqa kredit muassasalari ham bajarishi mumkin.
Banklar ko'rsatadigan depozit, kredit va hisob-kitob operatsiyalaridan tashqari, kassa
operatsiyalarini ham amalga oshiradilar.
O 'z faoliyatiga mos bo'lmagan yoki noana’naviy xizmat turlariga qo'shimcha
operatsiyalar kiradi. Ulaming tarkibiga quydagi operatsiyalami kiritish mumkin:
valyuta, qimmatli qog'ozlar, oltin va qimmatbaxo metallar hamda qo'yilmalar
bo'yicha oshiriladigan operatsiyalar. Bank xizmatlaridan huquqiy va jismoniy
shaxslaming barchasi birday foydalanishlari mumkin. Ammo Respublikamiz
banklarining jismoniy shaxslarga ko'rsatayotgan xizmatlarining hajmi sezilarli emas.
Shuning uchun ham kelgusida ulaming turlari va miqdorini ko'paytirish zarur.
Ma'lumki, banklar bo'sh pul mablag'lami yig'adi va ulami o'z mijozlari
o'rtasida qaytarish sharti bilan taqsimlaydi. Bank tomonidan ko'rsatiladigan
xizmatlar aktiv va passiv shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Passiv operatsiyalar
yordamida banklar resurslarini shakllantiradi. Banklar aktiv operatsiyalarini amalga
oshirish orqali o'zining va chetdan jalb qilingan resurslarini turli xo'jalik yurituvchi
sub’ektlarga hamda aholining ehtiyojlarini qondirish uchun joylashtiradi.
Tijorat banklari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlami to'lanishiga qarab,
pullik va bepul xizmat turlariga bo'linadi. Ammo bu bankdagi xizmat turlarining
ba'zilari bepul yoki pulli degan ma'noni bildirmaydi. Chunki, tijorat banklari o'z
imkoniyatlaridan kelib chiqib, hisob-kitob, depozit va kredit operatsiyalarining
tarkibidagi ba'zi xizmat turlariga haq to'lashni belgilamasliklari mumkin.
Moddiy ne’matlaming harakati bilan bog'liqligiga qarab, bank xizmatlarining
turkumlanishi: uning xarakati bilan bog'liq bo'lgan xizmatlar va sof xizmatlarga
ajratiladi.
Banklar o'zlarining mijozlariga ayrim operatsiyalar bo'yicha pullik xizmatlar
ko'rsatishlari bilan moddiy ne'matlar ishlab chiqarishning xarakatiga hamda ulaming
hajmini oshirishlariga yordam berishlari mumkin.
S o f xizmatlar - bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayoni bilan band bo'lgan


xo'jalik yurituvchi sub’ektlarga va alohida jismoniy shaxslaming talablarini
qondirish uchun xizmatlarini taklif etishidir.
Umuman olganda, banklar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar quydagi
xususiyatlarga ega: ulami zaxira sifatida ko'rsatish mumkin emasligi, unumli
xarakterga ega ekanligi, kapital bank xizmatining ob’ekti bo'lib hisoblanishi, aktiv va
passiv operatsiyalami o'z ichiga olishi, fakat bankning monopoliyasiga aylanmasligi
va boshqalardan iborat bo'lishidir.
Aktiv
operatsiyalaming
keng
yoyilgan turlariga quydagilami:
kredit;
investitsiya; depozit; boshqa chet el valyutalari bo‘yicha operatsiyalami kiritish
mumkin. Passiv operatsiyalarga esa: tijorat banklari qimmatli qog'ozlarining birinchi
emissiyasi; foydadan fondlami tuzish va ulami ko'paytirish uchun ajratmalar qilish;
boshqa yuridik shaxslardan kreditlar olish; depozit operatsiyalarini kiritish mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Banklarda amalga oshiriladigan
operatsiyalami turkumlash bank xizmatlaridan foydalanuvchi jism oniy va yuridik
maqomga ega bo'lgan shaxslarga xizmat turlaridan foydalanishlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratishdir. Shuningdek, bank ko'rsatadigan xizmat turlari bo'yicha to'liq
ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə