T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 - Bob. Banklarda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Data

8 - Bob. Banklarda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va
material zaxiralar hisobi
8.1. Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va ularning
hisobini yuritishning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shaklidan qa'tiy nazar barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlarida, albatta,
birinchi navbatda, moddiy bazasini yaratishlariga katta e'tibor qaratadilar. Shular
qatorida, tijorat banklari ham o ‘z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida asosiy
vositalar bilan to'liq ta'minlanishga harakat qiladilar. Banklar uchun asosiy vositalar
eng muhim moddiy asos bo'lib, ulaming faoliyati bevosita ularga bogMiq bo‘ladi.
Chunki bank faoliyatini amalga oshirishda bank binosi va boshqa asosiy vositalarini
shakllantirgandan so‘nggina ish boshlaydilar.
Shu boisdan, Banklarda asosiy vositalardan foydalanish va ulaming budligini
ta'minlash hamda asosiy vositalarining harakatini buxgalteriya hisobi orqali nazorat
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun Banklarda foydalanishda boMgan
asosiy vositalarning turkumlanishi, qayta baholanishi va ulaming buxgalteriya
hisobini to‘g‘ri tashkil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu
o‘z navbatida, asosiy vositalar to‘g‘risida to‘liq ma'Iumot va tushunchaga ega
bo'Iishni talab qiladi.
Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida
foydalanadigan, shuningdek, uzoq muddatli ijaraga beriladigan va uzoq muddat
davomida (bir yildan ortiq) xizmat qiladigan vositalarga aytiladi.
Shuningdek, asosiy vositalar ilmiy asoslangan holda o‘zining xususiyatlaridan
kelib chiqib alohida turkumladi. Shu boisdan, asosiy vositalar tarmoh belgilariga,
tayinlanishiga, turlariga, qaysi sohaga tegishli ekanligiga va foydalanishiga ko‘ra
turkumlanadi. Asosiy vositalami tarmoq belgilariga qarab guruhlash (sanoat, qurilish,
savdo, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) har bir tarmoqqa tegishli asosiy vositalarning
qiymati to‘g‘risida aniq ma'lumotlar olish imkonini beradi.
Tayinlanishiga ko‘ra, asosiy vositalar asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy
vositalar, boshqa tarmoqlardagi asosiy ishlab chiqarish vositalari va noishlab
chiqarishdagi asosiy vositalardan tashkil topadi. Asosiy vositalar turlariga ko'ra,
binolar va inshootlar; uzatuvchi moslamalar; mashina va asbob-uskunalar; transport
vositalari; asbob - uskunalar; ishlab chiqarish inventarlari va buyumlar; xo'jalik
inventarlari; ish va mahsuldor hayvonlar; ko‘p yillik daraxtlar; erlami yaxshilashga
sarflangan kapital sarflar va boshqa asosiy vositalar kabilarga guruhlanadi.
Shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital qo'yilmalar
ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalami turlari bo'yicha
turkumlashdan ko'zlangan asosiy maqsad ulaming analitik hisobini tashkil qilishdir.


Kimga tegishligiga qarab, asosiy vositalar o'ziga tegishli va ijaraga olingan
asosiy vositalarga, foydalanish belgilariga qarab esa, asosiy vositalar foydalanishdagi,
rekonstruktsiyadagi va qayta qurollantirishdagi asosiy vositalarga bo'linadi.
Banklarda asosiy vositalarning o ‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib,
boshlang'ich qiymati; tiklanish qiymati; qoldiq qiymat; tugatish qiymati bo‘yicha
baholanadi. Ayrim hollarda ular qayta baholanishi mumkin.
Asosiy vositalar balansda birinchi marta aks ettirilgandan keyin, haqiqiy qiymati
bo'yicha davriy ravishda qayta baholab borilishi, qayta baholangandan keyin, asosiy
vositalar ob’ekti qayta baholash kunidagi uning haqiqiy qiymati bo'yicha hisobga
olinishi
lozim.
Asosiy
vositalarning
alohida
ob’ektlari
qiymati
qayta
baholanayotganda, ushbu aktiv guruhiga kiruvchi boshqa barcha aktivlar ham qayta
baholanadi. Qayta baholash bank tomonidan mustaqil ravishda yoki qonunchilikka
muvofiq, baholash faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lgan malakali
baholovchi-ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi.
Banklarda
asosiy
vositalami
qayta
baholashda
quyidagi
usullardan
foydalanilgan holda amalga oshiriladi: indeks usuli; to'g'ridan - to'g'ri qayta
baholash usuli. Indeks usuli - bu asosiy vositalarning balans qiymati va qayta
baholash kunidagi shu aktivlar bo'yicha jamg'arilgan amortizatsiyasining ma'lum
indeksidan foydalangan holda amalga oshirilishidir. Bunda, aktivlaming qayta
baholangan qiymati ulaming balans qiymati va jamg'arilgan eskirish summasi bilan
taqqoslanadi hamda o'rtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya hisobi yozuvlari
amalga oshiriladi.
Shuningdek, asosiy vositalami qayta baholashning indeks usulida ulaming
alohida guruhi bo'yicha aktivlami sotib olish davridan kelib chiqib, har xil indekslar
qo'llanilishi mumkin. Bunda, to'g'ridan - to'g'ri qayta baholash usulidan
foydalanilganda, asosiy vositalarning to'liq tiklanish qiymati alohida ob’ektlar
qiymatini, shunga o'xshash yangi ob’ektlaming qayta baholash sanasida shakllangan
tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor qiymati asosida qayta hisoblash orqali
aniqlanadi.
To'g'ridan-to'g'ri usul bilan asosiy vositalami qayta baholashda, buxgalteriya
hisobida tegishli asosiy vositalar bo'yicha hisoblangan jamg'arilgan eskirish


summasi,
shu
aktivning qayta baholangandagi
tiklanish
qiymatini
qayta
baholangunga qadar bo'lgan balans qiymatiga bo'lish natijasida hosil qilinadigan
koeffitsientga ko'paytiriladi. Qayta baholashdan keyin aktivlaming haqiqiy qiymati
ulaming boshlang'ich qiymati va yig'ilgan eskirish summasi bilan taqqoslanadi
hamda farq summalariga muvofiq buxgalteriya hisobi o'tkazmalari amalga oshiriladi.
Asosiy vositalami hisobga olishda buxgalteriya hisobining oldiga qo'ygan
asosiy vazifalari quyidagilardan:
- asosiy vositalami kirim qilish, ichki harakati va ulami hisobdan chiqarish
vaqtida tegishli hujjatlarga asosan rasmiylashtirish hamda hisob registrlarida aks
ettirish;
- asosiy vositalarga eskirish hisoblashda amortizatsiya hisoblashning samarali
bo'lgan usullaridan foydalanish va buxgalteriya hisobi registrlarida o'z vaqtida to'g'ri
rasmiylashtirish;
- asosiy vositalarning turli xil chiqib ketishi bo'yicha moliyaviy natijalar to'g'ri
aniqlash;
- asosiy vositalar bo'yicha mulk solig'i to'lovlari miqdorini to'g'ri hisoblash va
ulami belgilangan muddatlarda soliq idorlariga o'tkazib berish;
- asosiy vositalami ta'mirlash xarajatlari va ulami qoplash manbalarini belgilash
hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- asosiy vositalarning naqliligi va ulaming harakati to‘g‘risidagi statistik hamda
buxgaleriya hisobida talab qilingan ma'lumotlarni olish imkoniyatini yaratish va x.k.
8.2. Asosiy vositalam i kirim qilish va ularning harakatini hisobga olish
Asosiy vositalar hisobini yuritishning asosiy qoidalari, ulaming balans qiymati
va shu aktivlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin boMgan amortizatsiya usullarini
aniqlash, shuningdek, asosiy vositalarning balans qiymati o'zgarishini aniqlash va
hisobini yuritish, amortizatsiya hisoblash hamda ulami hisobdan chiqarishdan
ko'rilgan moliyaviy natijalar hisobini yuritish tartibidan iboratdir.
Asosiy vositalarning hisob birligi bo'lib, alohida inventar ob’ektlari hisoblanadi.
Inventar obektlari deganda, bitta vazifani bajarishga mo'ljallangan, to'la qurib
bitkazilgan yoki ishlab chiqarilgan alohida predmet yoki predmetlar kompleksi
tushuniladi.
Har bir inventar obektiga alohida inventar raqamlari belgilanadi va foydalanish,
tugatish, ta'mirlash jarayonida ushbu inventar raqamlari saqlanadi. Inventar raqamlari
hisobga olinadigan vositaga biriktirib qo'yiladi va tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalar esa, ijaraga beruvchi inventar raqamlar bo'yicha
hisobga olinadi.
Banklaming asosiy vositalari quyidagi manbalar hisobidan: sotib olish yo'li
bilan; ob’ektlami qurish yoki rekonstruktsiya qilish yo'li bilan; qaytarib bermaslik
sharti yoki subsidiya shaklida; shartnoma asosida moliyaviy ijaraga (lizing) olish


yo'li; bankning o'zida hisobga olinmagan asosiy vositalarning kirim qilish yo'li bilan
shakllanadi.
Ulaming
hisobini
yritish
Banklaming
buxgalteriya
hisobi
hisobvaraqlarida hisobga olinadi23.
Asosiy vositalar bankning buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishi uchun
kelajakda ushbu aktivlar bilan bog'liq boMgan iqtisodiy samara keltirish ehtimoli bor
va uning qiymatini ishonchli tarzda baholash mumkin boMishi lozim.
Aktivlardan foydalanish natijasida kelajakda olinadigan iqtisodiy samara, bank
undan foydalanish natijasida yuzaga kelgan xizmatlami sotishdan tushadigan tushum
va xarajatlami tejash hamda boshqa foydalami o'z ichiga olishi mumkin. Sotib
olingan asosiy vositalar balansda boshlang'ich (haqiqiy) qiymati bo'yicha aks
ettiriladi. Ma'lum hollarda aktiv bilan bogMiq xarajatlaming umumiy summasini
qismlarga bo'lish va har bir qismni alohida hisobga olish lozim. Bunday hisob
yuritish ushbu ob’ektning alohida qismlari har xil foydali xizmat qilish muddatiga
ega boMgan holda amalga oshiriladi. Bank hisobidan qurilgan asosiy vositalar dastlab
balansda qurilishning amaldagi tannarxi bo'yicha aks ettiriladi.
Bankka tegishli boMgan asosiy vositalarning harakati va ulaming moliyaviy
natijalari Banklarda buxgalteriya hisobi schetlar rejasida tayinlangan birinchi
(ikkinchi) tartibli hisobvaraqlarida hisobga olinadi: ular, 16500- «Asosiy vositalar»
23 У збеки стон
Республикаси тиж орат банкларида бухгалтерия йисобининг йисобвараклари режаси. ЎэР 
А В
1 3 .0 8 .2 0 0 4 йилда 7 7 3 -1 7-со н билан рўйхатга олинган (янги таирири)
hisobvarag'i, 56600- «Eskirish xarajatlari» hisobvarag'i, 45900- «Boshqa foizsiz
daromadlar» hisobvarag'idir.
Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlar bo'yicha asosiy vositalarning hisobi bosh va
yordamchi
kitoblarida,
katochkalarda,
shuningdek,
jumallarda
yuritiladi.
Kartochkaning old qismida bank nomi, asosiy vositalar nomlari, inshoot sotib olingan
sana va uning joylashgan joyi, hisobvaraq raqami, kredit va debet bo'yicha
aylanmalari hamda qoldig'i, buxgalteriya yozuvining mazmuni, buxgalteriya yozuvi
qayd qilingan sana, nazoratchining imzosi va boshqa rekvizitlar ko'rsatiladi.
Kartochkaning orqa tomonida ob’ektning qisqacha tavsifi hamda texnik ahvoli bayon
etiladi.
Barcha asosiy vositalar balansda dastlabki qiymat bo'yicha, ya'ni, uni sotib olish


yoki qurish xarajatlari milliy valyutada hisobga olinib, ulami keltirish va o'matish
bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar ham shu qiymatga qo'shiladi.
Asosiy vositalami barpo etishda loyiha-tatqiqot ishlari, qurilish materiallari,
binolami qurish - ta'mirlash xarajatlari va ulami sotib olish bilan bog'liq boshqa
kapitallashtirilgan xarajatlar qiymatini oldindan to'liq yoki qisman to'lab beriladi.
Bunday operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt
19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan
mablag'lar”
hisobvarag’i,
Kt 16103-“Bosh bank/ filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha
olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i.
Agar bank faoliyati uchun bino sotib olingan bo'lsa, u holda, bank balansida
quyidagicha rasmiylashtiriladi
Dt 16509-“Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar” hisobvarag’i,
K tl9909-“Tovar-moddiy
qimmatliklar
uchun
to'langan
mablag'lar”
hisobvarag’i.
Shuningdek, bank uchun ofis jihozlari olinganda esa,
Dt 16535- “Mebel, moslama va jihozlar” hisobvarag’i,
Kt
19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan
mablag'lar”
hisobvarag’i.
Ushbu sotib olingan asosiy vositalami bank omboriga kirim qilish buxgalteriya
hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” hisobvarag’i,
Kt 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan
mablag'lar”
hisobvarag’i.
Tijorat banklari o'z faoliyatini kengaytirishi yoki binolarini ta'mirlash ishlarini
amalga oshirada, ularda ta'mirlash ishlari tugagunga qadar qilingan barcha xarajatlar
16505- «Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag'ining alohida shaxsiy hisobvarag'ida
yig'ilib boradi. Bunda binolami qurish va ta'mirlash bilan bog'liq bo'lgan barcha
xarajatlar qabul qilish - topshirish dalolatnomalari tuziladi va bunday xarajatlar
buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 16505-«Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag’i,
Kt
19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan
mablag'lar”
hisobvarag’i.


Agar banklarda shunday xarajatlar chet ellik hamkor bilan tuzilgan shartnomaga
asosan, amalga oshirilgan taqdirda, ushbu xarajatlar 16505- hisobvarag‘ ida amalga
oshirilgan kundagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining chet el
valyutasidagi kurs bo'yicha so'mdagi ekvivalentda amalga oshiriladi. Yil oxirida
16505-«Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag'idagi qoldiq bosh bankda va uning
filiallarida tugallanmagan qurilishning hajmiga mos kelishi va u keyingi yilga
o'tkazilishi lozim.
Agar qurib bitkazilgan yoki ta'mirlangan binolar foydalanishga tayyor bo'lgan
holda ulaming qiymati qabul qilish-topshirish dalolatnomalariga ko'ra, 16509-
“Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar” hisobvarag'iga kirim qilinadi.
Agar qurilish yoki ta'mirlash ishlarining xarajatlar smetasida mebel va jihozlami sotib
olish ko'zda tutilgan bo'lsa, unda qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan,
qiymati umumiy qiymatdan chegirilib, ulaming to'liq ro'yxati ilova qilinadi. Bunda
buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) binoning dastlabki qiymatiga:
Dt 16509- “Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar” hisobvarag’i,
Kt 16505 -«Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag’i.
b) mebel va jihozlaming chegirilgan qiymatiga:
Dt 16535- “Mebel, moslama va jihozlar” hisobvarag’i,
Kt 16505 -«Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag’i.
Shundan so'ng, qabul qilingan asosiy vositalarning qiymati kirim hujjatlariga
asosan, bank tomonidan to'lab beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha
rasmiylashtiriladi:
1. a) moddiy aktivlar kelib tushganda va ular darhol foydalanishga berilganda:
Dt 16535- “Mebel, moslama va jihozlar” yoki
16505- «Tugallanmagan
qurilishlar» (agar qayta ta’mirlashni talab qiladigan bino, tugallanmagan qurilish yoki
qurilish uchun materiallar sotib olinayotgan bo'lsa) hisobvarag’i,
Kt 29802- “Tovar - moddiy
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i.
b) agar ushbu asosiy vositalar bank omboriga kirim qilinganda:
Dt 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” hisobvarag’i,
Kt 29802- “Tovar - moddiy
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i.
2. Bank tomonidan aktivlaming qiymati to'lab berilganda:
Dt 29802- “Tovar - moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan mablag'lar” hisobvarag’i,
Kt 16103- “Bosh bank/ filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar
bo'yicha olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i.
3. Shuningdek, bank omboridan asosiy vositalarini foydalanishga berganda:
Dt 16535- “Mebel, moslama va jihozlar” hisobvarag’i,
Kt 16561-“Ombordagi asosiy vositalar^’ hisobvarag’i.
Tijorat banklari o 'z faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida ayrim asosiy


vositalar yuqori tashkilotlar yoki homiylar tomonidan bepul berilishi mumkin.
Bunday bepul olingan asosiy vositalar bank daromadi sifatida hisobga olinadi va
buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi (bepul olingan asosiy
vositalarning haqiqiy qiymatiga):
Dt 16500-“Asosiy vositalar” yoki 16561-“Ombordagi asosiy vositalar”
hisobvarag’i,
Kt 45994- “Boshqa foizsiz daromadlar*’ hisobvarag’i.
Bunda yuzaga keladigan xarajatlar joriy xarajatlaming hisobiga olinadi. Agar,
asosiy vositalar subsidiya shaklida olingan bo‘Isa, u holda,
Dt 16500--“Asosiy vositalar” hisobvarag’i,
Kt 22896- ’’Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” hisobvarag'i.
Tijorat banklari asosiy vositalami bank infratuzilmasini rivojlantirish doirasida
soliqdan ozod qilingan mablag'lar hisobidan sotib olgan bo'lsa, ulaming qiymatini
30903- hisobvarag'ining tegishli shaxsiy hisobvarag'ida hisobga olishlari mumkin va
ular buxgalteriya hisobida quyidagicha:
Dt 30903- «Umumiy zahira fondi» «Bank infratuzilmasini rivojlantirish fondiga
yo'naltirilgan mablag'lar» hisobvarag’i,
Kt 30903- «Umumiy zahira fondi» «Bank infratuzilmasini rivojlantirishga
sarflangan mablag'lar» hisobvaqlari.
Tijorat banklari tomonidan asosiy vositalarning sotib olinishi va ulaming
harakatini doimiy nazorat qilib turishda, buxgalteriya xodimlari tomonidan ulaming
butligi hamda naqdliligiga ham katta e'tibor qaratiladi. Albatta, bunday nazorat bank
mulkining jami qiymatidagi asosiy vositalarning ulushi qanchaligi va ulardan
olinadigan iqtisodiy samaraga ham bog'liqdir. Shu boisdan, bankning asosiy
vositalari bir yilda bir marta inventarizatsiyadan o'tkazilib turiladi va u bank rahbari
tomonidan tayinlangan komissiya tarkibiga binoan amalga oshiriladi.
Agar inventaritsiya o'tkazilishi davomida ortiqcha chiqqan asosiy vositalar
aniqlanganda, komissiya qaroriga ko'ra, baholangan qiymat bo'yicha qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi asosida balansga qabul qilinadi va buxgalteriya hisobida
quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 16500-“Asosiy vositalar” hisobvarag’i,
Kt 45994- “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag’i.
Agar omborga qabul qilinganda, esa,
Dt 16561-“Ombordagi asosiy vositalar” hisobvarag’i,
Kt 45994- “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag’i.
Maboda, inventarizatsiya natijalari bo'yicha aniqlangan kamomad bank
xodimlari aybi bilan sodir etilganda (o'zlashtirilsa), ushbu zarar qonunchilik
talablariga ko'ra, belgilangan tartibda bank xodimidan undirib olinishi mumkin, u
holda bu operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
1) Yig'ilgan eskirish summasiga;
Dt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvaraqlar bo'yicha yigilgan eskirish
summasi,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” tegishli hisobvaraqlaming dastlabki qiymati.
2) Agar undiriladigan summa asosiy vositaning qoldiq qiymatidan ortiq bo'lsa,


Dt 19908- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo'lgan
mablag'lar” hisobvarag’i undiriladigan summasi,
Kt 16500-“Asosiy vositalar”
qoldiq qiymati va 45994- “Boshqa foizsiz
daromadlar” hisobvarag’i - farq summasi.
3) Agar undiriladigan summa asosiy vositaning qoldiq qiymatidan past bo'lsa,
Dt 19908- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo'lgan
mablag'lar” hisobvarag’i undiriladigan summasi
Dt 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag’i - farq summasi,
Kt 16500-“Asosiy vositalar” hisobvarag’i qoldiq qiymati.
4) kamomadlar to'liq undirilganda,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag’i,
Dt 29803- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to'lanishi lozim bo'lgan
mablag'lar” hisobvarag’i -ish haqidan ushlab qolishlar,
Kt 19908- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo'lgan
mablag'lar” hisobvarag’i - undiriladigan summasi.
Shunday qilib, Banklarda asosiy vositalarning saqlanishi va butligini
ta'minlashda inventarizatsiya o'tkazishdan tashqari, buxgalteriya bo'limida maxsus
jumallar, kartochkalar va dasturiy yo'l bilan ham nazorat qilish iqtisodiy samara
beradi deb hisoblaymiz.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə