T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda daromadlar va ularning buxgalteriya hisobi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Data

9.4. Banklarda daromadlar va ularning buxgalteriya hisobi
Banklaming daromadlarini to‘g ‘ri hisobga olish va moliyaviy hisobot shakllarini
tuzish uchun zarur ma'lumotlar majmuini shakllantirishda buxgalteriya hisobi alohida
ahamiyatga ega. Banklarda buxgalteriya hisobining amaldagi hisobvaraqlar rejasida
bank daromadlarini hisobga olish uchun alohida to'rtinchi bo‘lim hisobvaraqlari
tayinlangan bo‘lib, ularda bank daromadlari turlari bo‘yicha hisobga olinadi. Bank
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida daromadlar oladilar va bu daromadlar foizli
va foizsiz ko'rinishga ega bo‘lib, bank faoliyatining moliyaviy ahvoliga ijobiy ta’sir
ko'rsatadi.
Ushbu daromadlar quyidagi manbalardan: O'zbekiston respublikasi markaziy
bankidagi
hisobvaraqlar
bo'yicha
foizli
daromadlari,
boshqa
banklardagi
hisobvaraqlar bo'yicha foizli daromadlari, oldi-sotdi qimmatli qog'ozlar bo'yicha
foizli
daromadlari,
sotishga
mo'ljallangan
qimmatli
qog'ozlarga
qilingan


investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlari, sotib olingan veksellar bo'yicha foizli
daromadlari, mijozlaming majburiyatlari bo'yicha hisoblangan foizlar, bankning
to'lanm agan
aktseptlari
yuzasidan
mijozlar
majburiyatlari
bo'yicha
foizli
daromadlari, O'zbekiston respublikasi markaziy bankiga, shuningdek, boshqa
mulkchilik shaklidagi yuridik va jism oniy shaxslarga berilgan qisqa hamda uzoq
muddatli kreditlar bo'yicha foizli daromadlari, so'ndirish muddatigacha saqlanadigan
qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlari,
boshqa foizli daromadlari, lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlari,
qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo'yicha foizli
daromadlardan tashkil topadi.
Foizsiz daromadlar esa- O 'zbekiston respublikasi markaziy bankiga hamda
boshqa banklarga ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlari
qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan brokerlik operatsiyalari bo'yicha
daromadlari, bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan amalga
oshirgan operatsiyalari bo'yicha daromadlari, sotib olingan debitorlik qarzlari
bo'yicha daromadlar -faktoring, bankning trast operatsiyalari bo'yicha daromadlari,
akkreditivlar va aktseptlar bo'yicha vositachilik va boshqa xizmatlar uchun olingan
daromadlari, overdraft bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun daromadlari, kreditlar
bo'yicha vositachilik daromadlari, kredit majburiyatlari bo'yicha ko'rsatilgan
xizmatlar uchun olingan daromadlar,
menejment xizmati bo'yicha daromadlari,
sindikat kreditlarda qatnashganlik uchun olingan daromadlari, mahalliy to'lovlar
bo'yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlari, xorijiy to'lovlar bo'yicha
vositachilik
xizmatlari
uchun
olingan
daromadlari,
mijozlaming
inkasso
operatsiyalari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlari, kafolatlar
va kafilliklar bo'yicha operatsiyalami amalga oshirishda ko'rsatilgan xizmatlar uchun
olingan daromadlari, boshqa ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan
daromadlar, xorijiy valyutalardagi foyda, qaram xo'jalik jamiyatlariga, qo'shm a
korxonalarga va shu'ba xo'jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan
foyda va dividendlari, investitsiyalardan olingan foyda va dividendlari, boshqa foizsiz
daromadlari, ya'ni bank asosiy vositalarining ijarasidan olingan daromadlari bankning
boshqa ko'chm as mulkka qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlari, bank


asosiy vositalami sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foydasi, bankning boshqa
xususiy mulklarini sotish va yoki dispozitsiya qilishdan olingan foydasi, hisobdan
chiqarilgan mablag'larining qaytarilishidan ko'rilgan daromadlardan iborat.
Ushbu hisobvaraqlar passiv hisobvaraqlar bo'lib, ulaming kreditida olinadigan
daromad hisobga olinadi va hisobvaraqlaming debetiga esa qachonki olingan
daromad foyda tarkibiga o'tkazilganda yoziladi. Shuningdek ushbu hisobvaraqning
debetiga olinadigan foiz daromadlari n o to'g'ri hisoblanganda ham yoziladi. Agar
tijorat banki 01.07.2007 yil holatiga o 'z mijozi bo'lgan qo'shm a korxonaga 1 000
000 so'm qaytarish sharti bilan 6 oy muddatga, yillik 20% miqdorida qisqa muddatli
kredit berdi. Bir oylik o'rtacha foiz to'lovi 16667 so'm . Ushbu operatsiyalar
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida quyidagicha rasmiylashtiriladi: Asosiy kredit
summasiga,
Dt 12901- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar” hisobvarag’i - 1000000 so'm ,
Kt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar
bo’yicha olinadigan mablag’lar’ hisobvarag’i - 1000000 so‘m.
Foiz hisoblanganda esa,
Dt 16309- “ Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag’i - 16667 so ‘m,
Kt 42401- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag’i - 16667 so‘m.
Agar ushbu hisoblangan foiz summasi mijoz tomonidan to'lansa unda:
Dt 20214- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalaming talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlari” hisobvarag’i - 16667 so‘m,
Kt 16309-“Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag’i - 16667 so ‘m.
Hisoblangan foiz to'lovlari yil oxirida sof foyda tarkibiga o ‘tkazilganda,
Dt 42401- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag’i - 100000 so'm,
Kt 31206- “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag’i - 100000 so'm.
Kreditning asosiy summasi to'liq qaytarilganda,
Dt 16103- “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha
olinadigan mablag'lar” hisobvarag’i - 1000000 so'm ,
Kt 12901- “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar” hisobvarag’i - 1000000 so'm.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bank daromadlarining tarkibida investitsiyalardan
olinadigan daromadlar ham sezilarli solmoqqa ega. Ushbu daromadlar 44800-
“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan
investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” - «So'ndirish muddatigacha saqlanadigan
qarz qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar»
hisobvarag'ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning kreditida investitsiyalar
bo'yicha hisoblangan foiz daromadlari, debetida esa ushbu daromadlar foyda
tarkibiga o'tkazilishi aks ettiriladi. Investitsiya qilingan m ablagiarga hisoblangan
foiz summasiga quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi tuziladi:
Dt 16311- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag’i,


Kt 44800-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” - tegishli hisobvaraqlari.
Foiz daromad sifatida tan olishda, esa,
Dt 44800-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” - tegishli hisobvaraqlar bo'yicha
foiz daromadlari,
Kt 31206- Sof foyda (zarar) hisobvarag'i.
Shunday kilib, banklar faoliyatida olinadigan daromadlaming buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirilishi buxgalteriya
hisobini xalkaro standartlar talabi darajasida tashkil qilishni ta'minlaydi va
banklaming moliyaviy hisobotlarini tuzish uchun zarur ma'lumotlar majmuini
vujudga keltiradi.
Daromadlar -
bu bankning
odatdagi
faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy
resurslaming yoxud aktivlaming oqib kelishi
yoki o‘sish yo‘li orqali yoxud
majburiyatlaming qisqarishi yo‘li orqali o ‘sishidir.
Xarajatlar - bu foydani ko‘paytirish maqsadida bank faoliyatidan kelib
chiqadigan passivlam ing kamayishi yoki majburiyatlami o 'z zimmasiga olish orqali
ro‘y beradigan iqtisodiy resurslaming kamayishidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda tan olishni moddaning bank moliyaviy hisobotlariga
kiritilishi jarayoni deb ta'riflaydi. Tan olish ko'rsatilgan summani hisobotning
yakuniy ko'rsatkichlarida aks ettirishdan iboratdir.
Daromad moddalarini qondirish lozim bo'lgan tan olish mezonlari quyidagicha:
a) modda o'lchash uchun tegishli asosga ega va summani oqilona baholashni
amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi;
b) kelgusida iqtisodiy manfaatlaming olinishi mumkinligi yoki olinishidan
iboratdir.
Shunday
qilib,
daromadlar
odatda
shartnomaning
bajarilishi
amalga
oshirilganda va tushumni o'lchash hamda olish imkoni mavjudligi to'g'risida qat'iy
ishonch hosil bo'lganda tan olinadi. Daromad va xarajatlar o'zaro sabab-natijaviy
munosabatlar bilan bog'liq bo'lganda xarajat daromadga mos keladi va bitta davr
daromadining yakuniy hisob-kitobiga kiritiladi.
Boshqa hollarda
xarajatlar
daromadlar bilan


bog'liq bo'lmasligi mumkin, biroq, operatsiyalar amalga
oshiriladigan davrga tegishli bo'lishi mumkin.
Tan olishning 4 mezoni - aniqlash, baholash, o 'z vaqtlilik va ishonchlilik -
moliyaviy
hisobotlarda tan olish uchun hamma modalarga nisbatan qo'Ianiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda banklar daromadini vaqtiga muvofiq tan olishda
quyidagi
usullardan foydalanish qo'llaniladi: daromadlami tan olishning kassa usuli,
shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida tan olish usuli.
Tijorat banklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida shundaylari
mavjudki, ulardan olingan daromad xizmatlar bajarilganida tan olinadi. Shuning
uchun ham daromadni tan olishning ushbu usuli kasa usuli deb ataladi.
Shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida daromadni tan olish usuli
bank o 'z aktivlaridan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish uchun
shartnoma asosida
berilganda
qo'llaniladi. Banklaming daromadlari ulaming
xarajatlarini qoplaydigan asosiy manba hisoblanadi. Bank daromadlari asosan ikki
manbadan tashkil topadi: foizli va foizsiz daromadlardan, shuningdek, bank
xarajatlari ham uch manbadan; foizli va foizsiz hamda operatsiyaon xarajatlardan,
ulaming tarkibi yuqoridagi paragrafda keltirilgan.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə