T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda kunlik balans hisobotini tayyorlash va taqdim qilish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Data

9.6. Banklarda kunlik balans hisobotini tayyorlash va taqdim qilish
Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida O ’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’matilgan shaklda kunlik balans hisoboti
tuzadi. Kunlik balans hisoboti Bosh bank tomonidan butun bank bo’yicha yagona
qilib tayyorlanadi.
Bosh bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti tomonidan yagona
balans hisobotini tuzish ustidan monitoring o’matiladi. Yagona balans "Bank
binosidan tashqarida joylashgan mas'ul
ijrochi buxgalter" qoidasi asosida
shakllantiriladi. Bunda, ma'lumotlarni qayta ishlovchi Bosh server Bosh bankda,
filiallarda esa yagona lokal hisoblash tarm og’iga ulangan buxgalter, iqtisodchi, filial
rahbariyati va boshqa xodimlaming ishchi stantsiyalari joylashgan bo’ladi. Filiallarda
barcha pul hisob-kitob hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan operatsiyalar maxsus
o’matilgan belgilar sifatida Bosh serverga avtomatik uzatiladi va shu zahoti Bosh
serverda aks ettiriladi. Har ish kuni oxirida Bosh bankda kun davomida amalga
oshirilgan operatsiyalaming banklararo, filiallararo va ichki bank operatsiyalariga
bo’lingan holdagi ro’yxati tayyorlanadi. Bu operatsiyalaming jamlanma summasi kun
mobaynida amalga oshirilgan butun bank operatsiyalari summasiga teng bo’lishi
lozim.
Bosh bank O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh
markazidan END faylni olgandan so’ng, kun yopish bilan bog’iq bo’lgan barcha
operatsiyalami bajaradi va shu zahoti o’zining filiallariga kun davomida amalga
oshirilgan operatsiyalar to ’g’risida END faylga mos bo’lgan nazorat faylini yuboradi.


Bank filiallari o’matilgan tartibda kunlik buxgalteriya hujjatlarini yig’majildga
tikishlari va ulami balans ma'lumotlari bilan solishtirishlari lozim. Har bir hisobot
shakli filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan sinchiklab tekshiriladi.
Bosh bank rahbarlari balans bo’lmagan, hisobda tartibga solinmagan tafovutlar
chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko’rsatilishi ta'minlanmagan
hollarda bu kamchiliklami bartaraf etish uchun zarur barcha chora-tadbirlami ko’rishi
lozim. Bank filiallari rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida
belgilangan muddatda Bosh bankka xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan
lavozimlaridan ozod qilishgacha bo’lgan choralar ko’riladi. Balansning to ’g’ri
tuzilganligi quyidagi tartibda tekshiriladi:
kunlik balansning aktiv va passivlaming qoldiqlar bo’yicha yakunlari tengligi;
-
"Ko’zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari qoldiqlari yakunining to ’g ’riligi, shu
hisobvaraqlar bilan ularga tegishli kontr-hisobvaraqlar qoldiqlarining o ’zaro
tengligi;
-
aktiv hisobvaraqlarda kredit qoldiq, passiv hisobvaraqlarda debet qoldiq
bo’lmasligi;
-
aktiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-aktiv hisobvaraqlar qoldiqi shu aktiv
hisobvaraq qoldiqidan ortiq bo’lmasligi, passiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-
passiv hisobvaraqlar qoldiqi shu passiv hisobvaraq qoldiqidan ortiq bo’lmasligi;
-
Bosh bankda ochilgan 16100 va 22200-hisobvaraqlari qoldiqlari hamda ular
bo’yicha ochilgan ikkinchi tartibli mos hisobvaraqlaming qoldiqlari o’zaro teng
bo’lishi;
-
asosiy vositalar, daromadlar va xarajatlar hamda bank kapitali hisobi faqat milliy
valyutada yuritilishini ta'minlash va balansning rezident va norezident
ustunlarini shunga mos ravishda to’ldirilganligi.
Balansning to’g ’riligiga ishonch hosil qilgandan so’ng kunlik buxgalteriya
hisoboti sifatida bir nusxa balans chop etiladi. Bankning yagona kunlik balansi bank
rahbari va Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori
tomonidan
imzolanishi lozim. Filiallar balansi filial boshqaruvchisi va uning bosh buxgalteri
tomonidan, kassa operatsiyalari bo’yicha hisobotlarga ulardan tashqari kassa mudiri
yoki mas'ul kassa xodimi imzo chekadi.
Banklar balansi boshqa zarur ma'lumotlar bilan birgalikda Markaziy bankka
taqdim qilish uchun Bosh serverdan Axborotlash boshqaruv tizimiga uzatiladi.
O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat
byudjeti kassa ijrosi departamenti tijorat banklari va O ’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalarining balanslarini alohida jamlab,
so’ngra butun respublika banklari bo’yicha yig ’ma balans tuzadi.
O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bank balansi Buxgalteriya hisobi, hisoboti


va davlat byudjeti kassa ijrosi departamenti tomonidan, tijorat banklari balanslari
Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti
tomonidan ta?lil qilinadi. Tahlil natijalari bo’yicha tijorat banklariga tegishli
ko’rsatmalar beriladi.
O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning vakolatli departamentlari ABT
dan o ’matilgan tartibda balans va boshqa tegishli ma'lumotlar olishi mumkin.
Kunlik balans hisobotlari va shaxsiy hisobvaraqlarga qo’lda biron-bir tuzatishlar
qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Summalami o ’chirib yozish va tuzatish, shuningdek
o’chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, ularga tuzatishlar kiritish ?at'iyan taqiqlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O ’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga j o ’natilganidan so’ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu
xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya
yozuvlari kiritish y o ’li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to ’g’rilanishi lozim.
Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlaming roziligisiz hisobdan
chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o ’rtasida tuzilgan shartnomada ko’rsatib
o’tilgan bo’lishi shart.
Tuzatish orderlari, agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko’rsatsa to ’rt
nusxada tuzilishi lozim. Ulam ing birinchi nusxasi order bo’lib xizmat qiladi, ikkinchi
va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo’yicha
bildirishnomalar bo’lib hisoblanadi, to’rtinchi nusxa esa order kitobchasida qoladi.
Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o ’rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga
boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo’yilishi shart.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo’l qo’yilgani
ko’rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo’lgan bo’lsa, shu sabab
ko’rsatiladi. Bunda memorial ordeming to ’rtinchi nusxasining orqa tomoniga
kimning aybi bilan xatolikka y o ’l qo’yilganligi qayd etiladi, ijrochining, shuningdek
noto’g ’ri yozuvni nazoratdan o ’tkazgan shaxsning lavozimi va familiyasi k o ’rsatiladi.
Tuzatish memorial orderlari tuzilishida asos bo’lgan arizalar kitobga tikilgan
memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim. Summasi keyinchalik teskari
buxgalteriya o ’tkazmalari bilan tuzatilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv
qarshisiga albatta "To’g’rilangan" belgisi qo’yilishi, to ’g ’rilash kiritilgan sana va
to ’g ’rilangan memorial orderining raqami ko’rsatilishi shart. Bu qayd to’g ’rilangan
memorial orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o ’rinbosari imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter to’g’rilangan memorial orderlaming kitobchada qolgan
nusxalaridan foydalanib, xodimlaming ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu
xatolar sabablarini o ’rganib ishni yaxshilash choralarini ko’radi. Banklararo va
filiallararo elektron to’lovlar bo’yicha xatolami memorial orderlar bilan to’g’rilash
qat'iyan man etiladi. Banklararo va filiallararo elektron to’lovlar bo’yicha xatolami
to’g ’rilash uchun xatolikka yo’l qo’ygan bank filiali, xato elektron to ’lovi j o ’natilgan
bankka "Lotus-Notes" aloqa elektron pochtasi orqali xato o ’tkazilgan to ’lov
to’g ’risidagi ma'lumotni ko’rsatgan holda, xato yuborilgan to’lov hujjatini qaytarish
to’g ’risida iltimosnoma xati jo ’natadi. Bu holda, xato o ’tkazilgan mablag’ni
qaytarilmasligidan qat'i nazar, tashabbuskor bank mablag’ni xatolik aniqlangan


kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan "19997 - Boshqa aktivlar"
hisobvarag’i orqali oluvchining hisobvarag’iga o’tkazishi shart.
9.7.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə