T o sh k e n t davlat iq t iso d iy o t u n IV e r sit e t I


U-bob. UZOQ MUDDATLIAKTIVLAR AUDITI



Yüklə 11,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/131
tarix29.03.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#103552
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
ARM Tulaxodjayeva M M va boshq Audit darslik 2 qism 2018

U-bob. UZOQ MUDDATLIAKTIVLAR AUDITI


26-iyulda 474-son bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan va 1998-yil 14-avgustda Adliya vazirligi 
tomonidan ro‘yxatga olingan. 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy 
hisobot» 0 ‘zbekiston Respublikasi BHMS siga izohlar.
11.5-sonli «Asosiy vositalar» 0 ‘zbekiston Respublikasi BHMS. 
2003 yil 09 oktyabrda 114-son bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan 
Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
12. «Xo'jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy-xo'jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoMlash haqida yo‘riqnoma» 
21-sonli BHMS. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son bilan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2002 yil 23 
oktyabrda 1181-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
13. «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish» 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 19-sonli BHMSsi. 1999 yil 19 oktyabrda EGG 17-19-2075- 
son bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan va 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan Adliya vazirligi 
tomonidan ro‘yxatga olingan.
14. «Moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik hisoboti va auditorlik 
xulosasi» 70-sonli 0 ‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy 
standarti (AFMS). 2001 yil 14 fevralda 20-soni bilan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2001 yil 10 
martda 1016-son bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
15. «Ma’lumotlami kompyuterda qayta ishlash sharoitida audit» 
0 ‘zbekiston Respublikasi 11-sonli AFMS. 1999 yil 91 sentyabrda 76-son 
bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
va 1999 yil 23 sentyabrda 823-son bilan Adliya vazirligi tomonidan 
ro‘yxatga olingan.
16. «Soliq 
hisobotining 
shakllarini 
tasdiqlash 
to‘g‘risida» 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29.12.2007 yil N 111 sonli 
va Davlat Soliq qo‘mitasining 29.12.2007 yil N 2007-66 sonli qarori. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.01.2008 yil N 
1760 son bilan ro‘yxatga olingan.
11.1.2. Auditning maqsadi, vazifalari va manbalari
Asosiy vositalar auditining bosh maqsadi - korxona egaligida 
bo'lgan, korxona faoliyatida bir yildan ortiq foydalaniladigan va qayta 
sotish uchun mo‘ljallanmagan moddiy va nomoddiy aktivlar harakati va 
ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari to‘g‘ri hisoblanganiga va balans,
12


hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda BHMS talablariga 
mos aks ettirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Asosiy vositalar bo‘yicha audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida 
auditoming vazifalari quyidagilardan iborat:
• asosiy vositalar 
harakati va 
ular 
bo‘yicha amortizatsiya
ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil 
etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
• buxgalteriya tizimi ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks 
ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo‘yicha 
hisoblashishlar haqiqatdan ham ro‘y berganligiga ishonch hosil qilish;
• asosiy vositalaming barchasi to'liq hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalar 
harakati va 
ular 
bo'yicha amortizatsiya
ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to‘g ‘ri bajarilganligini 
o ‘rganish;
• balans hisobotida 
asosiy vositalar 
haqiqiy qiymatida aks
ettirilganligini baholash;
• balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘ri
guruhlashtirilganligiga va agar zarural bo'lsa, ular bo‘yicha zaruriy 
qo‘shimcha ma’lumotlar ilovalarda to‘liq va to‘g‘ri keltirilganligiga 
ishonch hosil qilish.
Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalariga muvofiq tekshiruvni 
etti yo‘nalishga ajratish mumkin:
• asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishining auditi;
• asosiy vositalar harakatining auditi;
• asosiy vositalar bo'yicha eskirish to‘g ‘ri hisoblanganligining auditi;
• asosiy vositalar qabul qilinishi bo‘yicha operatsiyalami tekshirish;
• asosiy vositalar tugatilishi to‘g ‘ri hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalami ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar asoslanganligini 
tekshirish;
• asosiy vositalarga oid operatsiyalar to‘g ‘ri soliqqa tortilganligini 
tekshirish.
Yuqoridagi vazifalami amalga oshirish asosiy vositalar yuzasidan 
audit dalillariga asoslanadi. Asosiy vositalarni audit qilish vaqtida 
foydalaniladigan audit dalillari korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga 
bogMiqdir. Bular jumal-orderli, memorial-orderli, soddalashtirilgan
kompyuterda ishlov uchun yo‘naltirilgan, shuningdek, qo'llaniladigan 
registrlar ro‘yxati, ulaming tuzilishi, ulardagi yozuvlar muntazamligi va 
yozuv usullari bilan belgilanadi. Lekin, asosiy vositalar bo'yicha
13


operatsiyalami hisobga olish yuzasidan qanday shakl qo'llanishiga 
qaramasdan ular dastlabki hisob hujjatlari quyidagi umumlashtirilgan 
idoralararo shakllarida rasmiylashtirishi lozimligini unutmaslik kerak:
AV-1 shakli - asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi 
(yuk xati);
AV-3 
shakli 

ta’mirlangan, 
qaytadan 
tiklangan 
va 
zamonaviylashtirilgan obyektlami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
AV-4 - asosiy vositalami hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-4a - avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-6 - asosiy vositalami hisobga olish bo‘yicha inventar varaqasi va 
boshqalar.
Asosiy vositalar va ular bo‘yicha eskirishning sintetik hisobi 13, 10, 
lOG'l-sonli 
jumal-orderlarda 
olib 
boriladi, 
ma’lumotlami 
kompyuterlashtirilgan texnologiyasi qoMlanilganda esa - «Asosiy 
vositalami hisobga oluvchi schyotlar», «Asosiy vositalaming eskirishini 
hisobga oluvchi schyotlar» schyotlari bo‘yicha debet va kredit 
aylanmalaming mashinogrammalarida; 
Bosh 
kitobda; buxgalteriya 
balansda (1-sonli shakl); «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da 
(2-sonli shakl); «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot»da (3-sonli 
shakl) olib boriladi.

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə