T o sh k e n t davlat iq t iso d iy o t u n IV e r sit e t I


-bob. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOL1YAV1Y



Yüklə 11,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/131
tarix29.03.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#103552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
ARM Tulaxodjayeva M M va boshq Audit darslik 2 qism 2018

15-bob. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOL1YAV1Y
NAT1JALAR AUDITI
15.1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditi maqsadi, vazifalari,
ma'lumot manbalari va me’yoriy asoslari.............................................. 325
15.1.1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining xususiyatlari va amallari.. 
327
15.1.2. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari auditining rejasi va dasturini


tayyorlash................................................................................................
330
15.1.3. Mahsulotlar tannarxi to'g'ri aniqlanganl igini tekshirish............
33$
15.1.4. Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish............................... 
339
Nazorat uchun savollar.............................................................................
343
15.2. 
Moliyaviy natijalar auditining maqsadi, tashkil etish va
o‘tkazish ketma-ketligi
............................................................................. 
343
15.2.1. Moliyaviy natijalar auditining rejasi va dasturini tayyorlash....... 
348
15.2.2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija auditi............ 
351
15.2.3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlami tekshirish........ 
356
15.2.4. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlami tekshirish... 
360
15.2.5. Favqulodda foyda va zarami tekshirish......................................... 
366
15.2.6. Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish...........................................
368
Nazorat uchun savollar..............................................................................
372
16-bob. MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI
16.1.
Moliyaviy hisobot auditining maqsadi, vazifalari va me’yoriy
asoslari.......................................................................................................
373
16.2. Ichki nazorat tizimini baholash, auditni rejasi va dasturini tuzish... 
376
16.3. Buxgalteriya hisobi schetidagi yozuvlarni asoslanganligin
tekshirish...................................................................................................
379
16.4. Korxonaning moliyaviy hisobotini o‘rganish va u belgilangan
muddatlarda topshirilishi ta’minlanishini tekshirish.................................
392
16.5. Balans to‘glri tuzilganligini tekshirish............................................
397
16.6. Moliyaviy hisobot buzib ko‘rsatilganligini aniqlash....................... 
399
Nazorat uchun savollar..............................................................................
403
6


KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng 
ko‘lamli islohotlar milliy davlatchiiik va suverenitetni mustahkamlash, 
xavfsizlik va huquq-tartibotni, daviatimiz chegaralari daxlsizligini, 
jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo 
totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim 
poydevor 
bo‘ldi, 
xalqimizning 
munosib 
hayot 
kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish jarayonida turli xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar, mulkdorlar, kreditorlar va qarz oluvchilar
ijarachilar va pudratchilar, ta’minotchilar, iste’molchilar, boshqaruv 
organlarining manfaatlari shakllandi. Aynan narxlami erkinlashtirishning 
salbiy oqibatlari, iqtisodiyotni boshqarishda yuzaga kelgan qiyinchilikiar 
korxonalaming to‘lov qobiliyatini yanada murakkablashtirdi hamda 
xo‘jalik munosabatlarining aksariyat ishtirokchilari manfaatlariga putur 
yetkazdi.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha 
tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modemizatsiyalash, texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng koMamda amalga 
oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo - mahsulotlarimiz 
tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ulaming raqobatdoshligiga 
salbiy ta’sir ko'rsatmoqda.
Respublikamiz 
Prezidenti 
Sh.M. 
Mirziyoyev 
tomonidan 
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida, «Iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy 
barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur’atlarini saqlab 
qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq 
xo‘jaligini modemizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda 
davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy 
islohotlami davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik rivojini raqbatlantirish, hududlar, tuman va shaqarlami 
kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, 
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti


tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalami faol jalb etish»1 vazifasi 
belgilab berilgan.
Ushbu vazifani 
amalga 
oshirish 
doirasida 
mamlakatimiz
korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida 
quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi: import qilinadigan resurslar 
narxlarini qayta ko‘rib chiqish va pasaytirish; mahalliy xomashyo va 
materiallardan foydalanish darajasini oshirish; foydalanilmayotgan ishlab 
chiqarish quwatlarini konservatsiya qilish; materiallar sarfi me’yorlarini 
pasaytirish; mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; 
ma’muriy boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
sharoitida real 
sektor
korxonalarini qoMlab-quwatlash bilan bir qatorda ulami sogMomlashtirish 
tadbirlari ham muhim o‘rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz 
mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar 
ko‘rib 
ishlayotgan 
korxonalami 
saqlab 
qolish 
iqtisodiyotning 
sog‘lom!igiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday korxonalami 
bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tarkibiy 
o‘zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to‘g‘ri va samarali echim 
hisoblanadi.
Yuqoridagilami ijobiy hal etish o‘z navbatida buxgalteriya hisobi, 
iqtisodiy tahlil va audit oldiga ham bir qancha masalalami dolzarb qilib 
qo‘yadi, jumladan: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga 
oshiriladigan xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining milliy va 
xalqaro standartlar talablari asosida hisobda aks ettirish, moliyaviy- 
xo‘jalik faoliyatini va iqtisodiy barqarorligini tahlil qilish, moliyaviy 
hisobotini va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga 
mosligini aniqlash maqsadida auditorlik tekshiruvini o‘tkazish hamda 
boshqa malakali xizmatlar ko‘rsatish va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti yuzasidan 
xulosa berishda auditorlar o‘zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi 
bo'yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar 
tomonidan xo‘jalik subyektining moliyaviy hisobotlari to‘g‘risida berilgan 
beg‘araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar 
aksiyalami sotib olishda va sotishda, krcditlar va qarzlar berish to‘g‘risida 
qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi birinchi 
Prezidenti I.A. Karimov 
ta’kidlaganidek, «Agar biz o‘z vaqtida uzoqni ko‘zlab, ertaga hayotga
O'zbektston Respublikasi P reZ ldcntining farmoni « 0 ‘zbekislon Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 
harakatlar strategiyasi to'g'nsida» (O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari lo'plamt. 2017*y , (>*son. 70-modda)
8


kirib kelayotgan yoshlarimizning chuqur bilim va kasb-hunar egallashi 
uchun zamin yaratmasak, ulami zatnon talab qiladigan mutaxassis kadrlar 
etib tayyorlamasak, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqiroz davrida yurtimizda tinchlikni 
saqlab, 
iqtisodiyotimizning barqaror o ‘sish sur’atlarinita’minlashga, ayni shunday 
og‘ir sharoitda xalqimiz hayotining tobora yuksalishiga erisha olarmidik? 
Yo‘q albatta.
Hammamizga teran bir haqiqat ayon boMishi kerak-biz yurtimizning 
ertangi rivoji yoMida qanday chuqur o‘ylangan dasturlami tuzmaylik, bu 
rejalami bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlami 
yaratmaylik, buning uchun qancha ko‘p sarmoya safarbar etmaylik, 
ulaming barchasini amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli bir 
omil borki, u ham bo‘lsa yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi 
kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o ‘ zimmasiga olishga qodir bo‘lgan 
yetuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, o‘ylaymanki hech qachon xato 
bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham bu o ‘ta muhim masalani doimo davlatimiz, 
jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida ko‘rishimiz darkor»2.
Shu ma’noda mazkur darslik zamon talab qiladigan mutaxassis 
kadrlar tayyorlash, jumladan: «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya», 
«Bank ishi», «Soliqlar va soliqqa tortish», «Iqtisodiyot», «Menejment», 
«Marketing» yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni dolzarbligi bilan 
bog‘liq.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi 
Qonunining 10-bandida qayd etilgan subyektlar va tashkilotlar tarkibiga 
kiradigan xo'jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, kreditorlar, mol 
yetkazib beruvchilar, aksiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma'lum 
iqtisodiy ishonchga ega boMishni istagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘z 
moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o ‘tkazishlari shart qilib 
qo‘yildi.
Darslik xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida sodir bo‘ladigan 
moliyaviy-xo'jalik 
muomalalarini 
auditdan 
o ‘tkazishning 
uslubiy 
jihatlarini o 'z ichiga oladi. Jumladan, auditning predmeti va usullari, 
auditorlik tekshiruvini tashkil etish, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
auditi, moliyaviy investitsiyalar auditi, pul mablagMari auditi, hisob- 
kitoblar auditi, tovar-moddiy zaxiralari auditi, subyektning ustav, 
qo‘shilgan, zaxira kapitallari va boshqa muomalalami audit uslubiyati
2 Karimov I A. O'zbckiston Konstiluisiyasi - biz uchun demokralik taraqqiyot yo'lida va fuqarolik 
jamiyalini barpo elishda mustahkam poydevordir. //Xalq soVi. 2010-yil 6- dekabr.
9


bayon etilgan. Shuningdek, darslikda moliyaviy hisobot bo‘yicha 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash tartibi keltirilgan.
Darslikni tayyorlashda buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatiga 
oid me’yoriy hujjatlardan, shu soha bo‘yicha MDH davlatlari va 
respublikamiz iqtisodchi olimlarining o‘quv-uslubiy, nazariy va amaliy 
qoMlanmalaridan keng foydalanildi.
Darslik, asosan 5230900 «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi 
talabalari uchun moljallangan. Shuningdek, undan 5230600 «Moliya», 
5230700 «Bank ishi», 5230800 «Soliqlar va soiiqqa tortish», 5230100 
«Iqtisodiyot», 
5230200 
«Menejment», 
5230300 
«Marketing» 
yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
Darslik albatta, ba’zi bir kamchiliklardan xoli emas. Shuning uchun, 
matnda uchragan kamchilik, fikr-mulohaza va takliflami lutfan qabul 
qilamiz hamda Sizlarga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.



Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə