T o sh k e n t davlat iq t iso d iy o t u n IV e r sit e t I


Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan



Yüklə 11,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/131
tarix29.03.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#103552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131
ARM Tulaxodjayeva M M va boshq Audit darslik 2 qism 2018

11.1.5. Asosiy vositalar mavjudligi, saqlanishi va ulardan
samarali foydalanish darajasini tekshirish
Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida auditor tomonidan 
quyidagilar tekshiriladi:
• korxonada asosiy vositalami qabul qilish va uning natijalarini 
rasmiylashtirish bo‘yicha komissiya tuzilganligi;
• asosiy 
vositalami 
sotib 
olish-sotish 
shartnomalari 
ras m iy I ash t i ri Igan I igi;
• kelishilgan narxlar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilganligi;
• asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida 
ulaming dastlabki qiymati to‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
• obyektlar qurib bitkazilgani va jihozlanganidan keyin, yoki tiklash 
va qisman tugatilganidan keyin ulaming dastlabki qiymati to‘g‘ri aks 
ettirilganligi.
23


Asosiy vositalar obyektlarini nazorat qilish va hisobga olish holatini 
tekshirish natijalariga ko‘ra auditor nazorat samaradorligi to‘g ‘risida 
xuiosa chiqarishi mumkin.
Asosiy vositalar saqlanishining muhim shartlaridan biri - ulami 
sifatli inventarizatsiyadan o‘tkazish. Shuning uchun, nazorat vaqtida 
inventarizatsiya to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilganligi, uning natijaiari 
buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish lozim. 
Auditorga bu auditorlik riskini kamaytirish maqsadida korxonada 
o‘tkazilgan inventarizatsiya natijaiari to‘g‘riligiga qay darajada ishonch 
hosil qilish uchun kerak.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq korxonada har yilda kamida 
bir marotaba, lekin hisobot yilining 1 oktyabrdan aw al bo‘lmagan 
muddatda, yillik hisobotlar va balans tayyorlashdan oldin, asosiy 
vositalami inventarizatsiya o'tkazilishi lozim. 19-sonli BHMSga binoan 
asosiy vositalar har ikki yilda bir marta, kutubxona fondi esa har besh 
yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazilishi lozimligi ko'rsatib o‘tilgan.
Inventarizatsiyadan oldin xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalar 
bo‘yicha inventar daftarlari va ro‘yxatlardagi hamda texnik pasportlari va 
boshqa texnik hujjatlaridagi yozuvlar to'liqligi tekshiriladi. Agar texnik 
hujjatlar va buxgalteriya hisobi registrlaridagi ma’lumotlar orasida farqlar 
aniqlansa, ularga tegishli ravishda aniqliklar va tuzatishlar kiritiladi. 
Asosiy vositalami inventarizatsiya jarayonida obyektlar komissiya 
tomonidan bevosita tabiiy holatida ko‘rib chiqiladi va inventarizatsiya 
ro‘yxatida ulaming to‘liq nomlari, ishlatilishi, inventar raqamlari, asosiy 
texnikaviy va foydalanish tavsiflari qayd etiladi.
Hisobda qayd etilmagan obyektlar yoki hisob registrlarida ularga 
mansub 
boMmagan 
tavsiflar 
keltirilgan 
hollarda, 
ko‘rsatilmagan 
ma’lumotlar va texnikaviy ko‘rsatkichlar komissiya tomonidan toMdiriladi. 
Shu vaqtning o‘zida bunday obyektlaming bunyod etish yoki sotib olish 
vaqti, xarajatlami moliyalashtirish manbalari, ulami qurish zaruriyati, 
moliyaviy intizomga rioya qilinishi uchun mas’ul shaxslar doirasi 
aniqlanadi.
Auditor tomonidan qonunchilikka xilof ravishda bunyod etilgan yoki 
sotib olingan asosiy vositalami tasdiqlovchi hujjatlar aniqlansa, auditorlik 
tekshiruvi asosiy vositalar qonunga xilof ravishda sotilganligi yoki talon- 
taroj qilinganligi to‘g‘risidagi xabarga muvofiq o‘tkazilayotgan bo‘lsa, 
unda u to‘satdan taftish o‘tkazish bilan boshlanadi. Bunda auditor inventar 
varaqalari yoki inventar daftari mavjudligi va holati, sintetik va tahliliy 
hisob ma’lumotlari bir biriga muvofiqligini tekshiradi. 
Inventar
24


varaqalarining ma’lumotlari inventar ro'yxati ma’lumotlari bilan, inventar 
ro‘yxatining umumiy summasi 0100-sonli schyotlar guruhi ma’lumotlari 
bilan, ular o ‘z navbatida - balans ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Solishtirish vaqtida asosiy vositalaming kamomadi yoki ortiqchaligi, 
uning sabablari va aybdor shaxslar hamda ushbu omillaming boshqa 
ko'rsatkichlarga ta’siri aniqlanadi (asosiy vositalar bo’yicha eskirish va 
mol-mulk bo‘yicha soliq kam yoki ko‘p hisoblanishi). Auditor asosiy 
vositalar joylarda mavjud ekanligini tanlab olish usuli bilan tekshirib 
aniqlaydi.
Kamomad aniqlangan holda, auditor moddiy javobgar shaxslardan 
tushuntirish xati va kamomadlar qoplanishini talab qiladi. Ushbu 
kamomadlar auditorlik tekshiruvini o'tkazish vaqtida qoplanishi lozim.
Auditor asosiy vositalar saqlanishini tekshirganda ular moddiy 
javobgar shaxslarga biriktirilganligi, yozma ravishda moddiy javobgarlik 
to‘g ‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlaydi.
ijaraga olingan vositalar har bir ijaraga beruvchi bo'yicha alohida 
inventarizatsiya 
ro'yxatida 
aks 
ettiriladi 
va 
unda 
belgilangan 
ma’lumotlardan tashqari qo’shimcha ravishda ijara beruvchining nomi va 
ijara muddati ko’rsatiladi.
Asosiy vositalar harakatining auditini o‘tkazishda asosiy vositalar 
qabul 
qilinishi 
hisobi 
bo'yicha dastlabki 
hujjatlar 
to'g'ri
rasmiylashtirilganligi 
hamda 
mashina 
va 
uskunalarning 
texnik 
pasportlaridagi yozuvlar tekshiriladi. Birinchi navbatda asosiy vositalami 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzgan komissiya a’zolarining 
tegishli bilimga egaligi aniqlanadi. Uning tarkibiga inventarizatsiya 
obyektlari bilan mukammal tanish bo'lgan mutaxassislar kiritilishi lozim. 
Asosiy vositalar har bir inventarizatsiya obyektiga alohida tuziladigan 
qabul 
qilish-topshirish 
dalolatnomalariga 
asosan 
kirim 
qilinadi. 
Auditomnig vazifasi kirim hujjatlarida inventar obyektning barcha 
rekvizitlari va texnik tavsiflari (barpo etilgan yili, ishlab chiqargan zavod 
raqami, quvvati) qayd etilganligi, uning to‘liq jihozlanganligi va ishga 
yaroqli ekanligini tekshirishdan iborat. Korxonaga avval ishlatilgan 
inventar obyektlari olingan holda, auditor ulaming texnik pasportlariga 
asoslanib, yoki lozim bo‘lsa, amalda ko‘rib chiqib, eskirish to‘g‘ri 
hisoblanganligini tekshiradi.
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar obyektlari ijaraga beruvchining 
balansida hisobda turadi, ijaraga oluvchida esa, ijara shartnomasida 
ko’rsatilgan dastlabki qiymati bo'yicha balansdan tashqari schyotda 
hisobga olinadi. Ijaraga olingan obyektlaming tahliliy hisob registri
25


sifatida 
ijaraga 
olingan 
obyektlaming 
qabul 
qilish-topshirish 
dalolatnomasiga ilova qilingan inventarl varaqasining nusxasi qoMlaniladi. 
Auditor tomonidan ushbu tartibga rioya qilinishi va asosiy vositalaming 
ishga yaroqli holati va foydalanishi qanday ta’minlanganligi tekshiriladi.
(Capital qo‘yilmalar hisobidan yangi uskunalar olinganda, auditor 
ushbu operatsiyaning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va u kapital 
qo‘yi!malar hisobi, o‘matilishi lozim bo'lgan uskunalar, mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar, kelgusi davr xarajatlari va 
toMovlar schyotlarida aks ettirilganligini tekshiradi. Shuningdek, auditor 
titul ro‘yxatlari va loyiha-smeta hujjatlari mavjudligini ham tekshiradi. U 
kamchiliklami aniqlab, uning sabablari va aybdor shaxslami aniqlaydi 
hamda xato va kamchiliklami bartaraf etish bo‘yicha tadbirlami belgilaydi.
Audit o ‘tkazish jarayonida, ma’naviy eskirgan, batamom yaroqsiz 
holga kelgan va kelajakda ishlatish uchun yaroqsiz boMgan uskunalar, 
transport vositalari, ulami tiklash mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiq boMmaganligi sababli hisobdan chiqarilishi 
yuzasidan nazoratga alohida e’tibomi qaratish lozim.
Asosiy 
vositalarga oid obyektlar asosli 
ravishda hisobdan 
chiqarilganligi tekshiriladi. Bunda auditor ishga yaroqsiz holga kelgan 
asosiy 
vositalami 
tugatish 
tartibiga oid 
yo‘riqnomalarga 
rioya 
qilinganligini aniqlaydi. Avvalam bor, asosiy vositalami hisobdan 
chiqarish bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiya tegishli bilimga ega 
ekanligi aniqlanadi. Komissiyaga texnik xizmat mutaxassislari, bosh 
buxgalter, korxona bo‘linmalari va jamoat tashkilotlar rahbarlari 
kiritilganligi va komissiyaga korxona rahbarining o'rinborsari raislik 
qilayotganligi 
aniqlanadi. 
Avtomobillar, 
ko'targichlar 
hisobdan 
chiqariiishini 
tekshirganda, tegishli 
nazorat idoralarining (Davlat 
avtomobil nazorati, texnik nazorat va boshqalar) xodimlari komissiya 
ishida ishtirok etganliklari aniqlanadi.
Agar inventar obyekti eskirish muddatidan kam ishlatilgan bo‘lsa, 
har bir muddatdan oldin chiqarish holatlari alohida ko'rib chiqiladi. Bunda 
yo‘l qo‘yilgan ziyonga mas’ul shaxslar aniqlanishi va korxona rahbariyati 
tomonidan yo‘l qo‘yilgan ziyonni qoplash bo‘yicha va kelgusi faoliyatda 
bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun qanday choralar 
ko'rilganligi aniqlanishi lozim.
To‘liq eskirmagan asosiy vositalami hisobdan chiqarish (tugatish) 
natijasida vujudga kelgan zararlami tekshirayotganda auditor ular korxona 
xo‘jalik faoliyati natijalariga o‘tkazilishini aniqlaydi.
26


Asosiy vositalar hisobdan chiqarilishi (tugatilishi)ni nazorat 
qilayotganda auditor ulami qismlarga ajratish, demontaj qilish va tugatish 
operatsiyalari bo‘yicha schyotlarda aks etish tartibiga rioya qilinishi hamda 
tugatishdan hosil bo‘lgan materiallar kirim qilinishini tekshiradi. (shlatish 
uchun yaroqli bo‘lgan materiallar: ehtiyot qismlar, metall chiqindilari, 
o‘tin yoki ikkilamchi xom ashyo sifatida sotilishi mumkin bo'lgan 
narxlarda kirim qilinadi.
Asosiy vositalar hisobi holatini tekshirganda tahliliy hisob to‘g‘ri 
tashkil etilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Asosiy vositalar yuzasidan nazorat qilish va ulaming hisobi bilan 
chuqurroq tanishish maqsadida auditor korxona tomonidan hisobot 
tuzilgan sana holatiga ko‘ra barcha mavjud asosiy vositalaming, ulami 
turlari bo‘yicha ajratgan holda, mufassal ro‘yxatini tuzib berishni talab 
qiladi. Ushbu ro‘yxatga qiymati kamaytirilgan yoki qiymati qaytadan 
ko‘rib chiqilgan asosiy vositalar obyektlari, boshqa korxonalardan va 
tashkilotlardan ijaraga olingan asosiy vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar 
ilova qilinishi lozim.
Asosiy vositalar hisobda muntazam ravishda emas, operatsiyalar 
sodir etilishiga qarab aks etiladi, bu esa, eskirish to‘g‘ri hisoblanishiga va 
ishlab chiqarish xarajatlariga to‘g‘ri kiritilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Jamg‘arilgan eskirish ajratmalari hisobot tayyorlangan sana holatiga 
hisoblanadi. Asosiy vositalar ro‘yxati asosiy vositalar mavjudligi, ulaming 
yil davomida harakati to‘g‘risida keng ko‘lamda ma’lumotga ega 
bo‘lishiga qaramasdan, auditor asosiy vositalar qabul qilinishi, chiqarilishi, 
harakati to‘g‘risidagi hujjatlami ham o'rganib chiqishi lozim. Hujjatlardagi 
ma’lumotlar va ulardagi buxgalteriya yozuvlariga asoslanib asosiy 
vositalar harakati bo'yicha operatsiyalar ulaming hisobi bo‘yicha 
schyotlarda to‘g‘ri aks etilganligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Asosiy vositalaming hisobi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari 
to‘g‘risidagi ma’Iumotlami tasdiqlash kengaytirilgan muolaja hisoblanadi, 
chunki ma’lumotlaming asosiy qismi ichki va tashqi hujjatlarda aks 
ettriladi.
Schyot-fakturalar, kontraktlar, ijara to‘g‘risidagi kelishuvlar, sug‘urta 
polislari, belgilar, soliq idoralarining dalolatnomalari va boshqa 
hujjatlardan foydalanish auditorga audit o‘tkazilayotgan obyekt to‘g‘risida 
ishonchli ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Agar auditorlarga hisob registrlaridan olinadigan ma’lumotlardan 
ham ishonchliroq ma’lumotlar kerak bo‘Isa, ular ijara beruvchilar, sug‘urta
27


kompaniyalari va davlat idoralariga jo ‘natilgan xatlar bilan tanishib 
chiqishlari lozim.
Asosiy vositalar bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarining hujjatli tasdig‘i 
- bu schyot bandini tanlab olish va uni oxiridan boshlanishiga qarab 
o‘rganib chiqish, ya’ni hisob yozuvini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlami 
qidirish jarayonidir. Asosiy vositalar bo‘yicha auditorlar hujjatlami tanlash 
usuli asosida, ular amalda qabul qilinganligi va tugatilganligi hamda 
ta’mirlash uchun katta miqdorda mablagMar sarflangan xarajatlar 
bandlarini aniqlashlari mumkin. Shuningdek, tasodifiy tanlash usulini ham 
qo‘llash mumkin. Shunday yo‘l bilan hisobda aks etilgan soliqlar va asosiy 
vositalami sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlami ham tanlab olish mumkin.
Asosiy vositalar auditi jarayonida, asosiy vositalar bo'yicha 
eskirishni hisoblanishi, ular tugatilishi va hisobdan chiqarilishini baholash 
bo‘yicha tekshimvni amalga oshirishda qayta sanash usullari keng 
qoMlaniladi. To‘plangan eskirish arifmetik son ko‘rinishida mavjud, 
shuning uchun uning haqiqiyligi faqat qayta sanash yo‘li bilan aniqlanishi 
mumkin.
Asosiy vositalar tekshiruvi vaqtida quyidagilami aniqlash lozim:
• asosiy vositalardan samaradorlik bilan foydalanilganligi (ushbu 
ko'rsatkich bir qator yillar bo‘yicha o‘rganiladi); mablag‘lar qaytimini 
ko‘tarishga qaratilgan tadbirlar majmui ishlab chiqilganligi va amalga 
oshirilganligi (smenalik koeffitsientini ko'tarish, ish to‘xtab qolishlami 
kamaytirish va boshqalar). Asosiy vositalardan (ijaraga olinganlar va 
xususiy) qanday foydalaniladi va ular ishlatilishini hisobga olish qanday 
tashkil etilgan, ulaming ish bilan ta’minlanganligi, bekor turib qolishlar 
hollari mavjudmi, transport vositalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun 
foydalanish; ish bilan ta’minlanmaslik va bekor turib qolishlar sabablari;
• ishlatilmaydigan asbob-uskunalar mavjudligi, ulaming sifati, 
saqlash sharoitlari; ortiqcha va kerakli bo‘lmagan mol-mulkni sotish 
bo‘yicha ko'rilgan chora-tadbirlar (bunday mol-mulk hosil bo'lish 
sabablari aniqlanadi);
• asosiy vositalaming amalda mavjudligi va harakati buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlariga muvofiqligi; balansda hisobda bo'lgan asosiy 
vositalar haqiqiyligi hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlari korxonada 
o‘tkazilgan oxirgi inventarizatsiya ma’lumotlari bilan solishtirish yo‘li 
bilan aniqlanadi; bundan tashqari, auditor alohida ishlab chiqarish 
bo’limlarida asosiy vositalaming nazoratli invcntarizatsiyaini o‘tkaziladi;
28


• asosiy vositalar (jamg’armalar) ga oid buxgalteriya hisobi 
standartlarida ko‘zda tutilgan asosiy vositalami hisobga olish tartibiga 
rioya qilinishi;
• korxonaga sotib olingan asosiy vositalar moddiy javobgar shaxslar 
tomonidan tegishli hujjatlarga asosan o‘z vaqtida rasmiylashtirilganligi va 
qabul qilinganligi; ular buxgalteriya hisobida toMiq kirim qilinganligi;
• asosiy 
vositalaming 
ishga 
tushirilishi 
o‘z 
vaqtida 
rasmiylashtirilganligi;
• yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalami tugatilishiga oid amaldagi 
tartibga rioya qilinishi, ulami hisobdan chiqarilishi dalolatnomalar bilan 
to‘g ‘ri 
rasmiylashtirilganligi, 
ushbu 
dalolatnomada 
ko'rsatilgan 
ma’lumotlar (ishlatish muddatlari, balans qiymati, eskirish summasi va 
boshqalar) 
hisob 
ma’lumotlariga 
mos 
kelishi; 
asosiy 
vositalar 
tugatilishidan hosil bo'lgan moddiy boyliklar (ehtiyot qismlar, materiallar, 
ikkilamchi metal I chiqindilari, ikkilamchi xom ashyo) toiiq kirim 
qilinganligi;
• asosiy vositalardan foydalanishda xo'jasizlik va xatoliklarga yo‘l 
qo‘yilishi; ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sotib olingan xo’jalik asbob- 
uskunalari va mol-mulk audit qilinayotgan korxona xodimlariga shaxsiy 
foydalanish uchun berilgan hollari mavjudligi; bunday hollar mavjud 
boMsa, mol-mulkdan foydalanganligi uchun ushbu shaxslardan haq 
olinganligi;
• binolar va inshootlami ta’mirlash fondiga ajratilgan mablag‘lardan 
to‘g‘ri foydalanganligi; ulami kapital ta’mirlash ko'rinishida, kapital 
qo’yilmalar hisobiga bajariladigan yangi qurilish yoki qayta qurish amalga 
oshirilganligi;
• asosiy vositalar bo‘yicha belgilangan yagona eskirish mc’yorlarini 
qo'llash tartibiga rioya qilinganligi.
Tekshirish vaqtida asosiy vositalar o‘z vaqtida inventarizatsiyadan 
o’tkazilganligi, inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, 
uning natijalarini ko'rib chiqish muddatlariga rioya qilinishi tekshiriladi.
11.1.6. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash to‘g‘riligini 
tekshirish
Eskirish - bu asosiy vositalar qiymatini, hisobot davri davomida 
tizimlashgan uslubda, bosqichma - bosqich ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) qiymatiga o‘tkazishdir.
Asosiy vositalarga eskirish 
hisoblashni 
audit tekshiruvidan 
o'tkazayotganda auditoming vazifasi asosiy vositalarga nisbatan eskirishni
29


hisoblash usullari to‘g ‘ri qoMlanilganini tekshirish va tasdiqlangan 
me’yorlariga rioya qilinayotganini nazorat qilishdan iborat. Asosiy 
vositalar obyektlari bo‘yicha har oyda eskirish hisoblanishining to‘g‘ri 
amalga 
oshirilganligi 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
Chunki 
eskirish 
me’yorlarining bilmagan holda yoki atayin belgilangan normadan oshirish 
yoki kamaytirish mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini noto‘g‘ri 
aniqlashga, binobarin, olingan foyda va byudjetga to‘lovlar miqdorlarini 
noto‘g‘ri hisoblashga olib keladi. Natijada mijoz moliyaviy hisobotning 
buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarida 
korxona moliyaviy holati va moliyaviy faoliyati natijalariga doir 
ma’lumotlar BHMS talablariga mos boMmagan tartibda keltiriladi.
Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari har bir inventar obyektning 
dastlabki qiymatiga nisbatan belgilangan foiz hisobida aniqlanadi. 
Ulaming bir oylik me’yori bir yillik me’yoming 1G'12 miqdorida 
belgilanadi.
Asosiy vositalaming yangilanishida korxonalar va tashkilotlarning 
manfaatlarini oshirish maqsadida ulaming faol qismi (mashina, uskuna, 
transport 
vositalari) 
bo‘yicha 
tezlashtirilgan 
eskirish 
ino’yorlari 
qoMlaniladi, ya’ni, ushbu mablaglaming dastlabki qiymati ishlab 
chiqarish va muomala xarajatlariga, eskirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan 
me’yorlardan tashqari qisqaroq vaqtda to‘liq o ‘tkazilishi mumkin. Buning 
uchun korxonalarga eskirish me’yorlarini ko‘pi bilan ikki marotaba 
oshirish ruxsat etilgan.
Eskirish hisoblanishini tekshirganda auditor foydalanish muddatlarini 
o ‘tab boigan va eskirish to‘liq hisoblanib bo‘lgan asosiy vositalar 
bo‘yicha hisoblangan eskirishni ham tekshiradi.
Auditor tanlash usulida hisoblangan eskirish bo‘yicha qaydnomalami 
tekshiradi. Buning uchun u Bosh kitobdagi asosiy vositalar eskirishi 
bo'yicha schyotlardan hisoblangan eskirish bo'yicha eng ko‘p farqlar 
bo‘lgan oyni tanlab oladi. Auditor buning asoslanganligini tekshiradi. Agar 
eskirish noto‘g ‘ri hisoblanganligi hollari mavjud bo‘lsa, aybdor shaxslar 
va sabablari, shuningdek, ushbu omillar xarajatlarga va foydaga ta’siri 
aniqlanadi.
Agar korxonada tezlashtirilgan eskirish qo‘llanilsa, auditor u to‘g‘ri 
hisoblanganligi va qoMlanilganligini tekshiradi, chunki tezlashtirilgan 
eskirish asosiy vositalaming faqat faol qismi uchun qoMlanilishi mumkin, 
bunda me’yor ikki barobardan yuqori ko‘tarilishi mumkin emas.
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish ijaraga 
bemvchi tomonidan hisoblanadi.
30


Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi ulaming 
ishlatish 
jarayonida 
eskirganligini 
ko'rsatadi, 
shuning 
uchun, 
buxgalteriyada asosiy vositalar eskirishi ko‘payganligi va shu vaqtning 
o‘zida korxona xarajatlari ko‘payganligi to‘g‘risida yozuv amalga 
oshiriladi.
Audit 
o‘tkazish 
jarayonida 
eskirishni 
hisoblashda 
asosiy 
vositalaming barcha obyektlari hisobga olinganligi, asosiy vositalar 
harakati hisobga olingan holda eskirish hisobolanganligi, eskirish 
me’yorlari to‘g‘ri qoilanilganligi tekshiriladi.
Er uchastkalariga amortizatsiya hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi 
asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanmaganligini auditor 
tekshirishi lozim:
• er uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar 
(suv, erosti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
• mahsuldor chorva mollari;
• kutubxona fondi;
• muzey qimmatliklari (muzey ashyolari);
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga 
o‘tkazilgan asosiy vositalar;
• arxitektura yodgorliklari;
• umumiy foydalanishdagi avtomobil yoMlari, yoMaklar, sayilgohlar, 
xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan 
obodonlashtirish inshootlari;
• qiyinati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk;
• asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
Asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha eskirish, ushbu obyekt
buxgalteriya hisobiga olingan oydan keying! oyning birinchi sanasidan 
boshlab hisoblanadi va ushbu obyektning qiymati toTiq qoplangani yoki 
xususiy egalik qilish huquqi yoki boshqa mulk huquqi tugatilgani 
munosabati bilan buxgalteriya hisobidan chiqarilgungacha qadar davom 
etadi.
Asosiy vositalar obyektlari bo'yicha eskirishni hisoblash ushbu 
obyekt bo'yicha eskirish to'liq qoplangan yoki u buxgalteriya hisobidan 
chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi kuni to‘xtatiladi.
Asosiy 
vositalar 
obyektlari 
bo‘yicha 
hisoblangan 
eskirish 
buxgalteriya hisobida u tegishli bo'lgan hisobot davri bo'yicha aks etiladi 
va korxona ushbu hisobot davrida faoliyat natijalari qanday bolganligidan 
qat’i nazar hisoblanadi.
31


Asosiy 
vositalar 
obyektlari 
bo‘yicha 
hisoblangan 
eskirish 
buxgalteriya hisobida aks etilishi tegishli summalar alohida schyotda 
jamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2004- yil 30- yanvardan bosh lab 2003- yil 9- oktyabrda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya 
vazirligida 2004- yil 20- yanvarda 1299- son bilan ro‘yxatdan o‘tgan 
5-sonli «Asosiy vositalar» 0 ‘zbekiston Respublikasi BHMSsiga muvofiq 
eskirishni hisoblash tartibi o‘zgartirilgan.
Standart kuchga kiritilgunga qadar faqat bir xil, ya’ni to‘g‘ri chiziqli 
usul qoMlanilar edi. 1999- yil 1- yanvardan boshlab eskirishni hisoblash 
bo‘yicha qo‘shimcha ravishda quyidagi usullar joriy etilgan:
1) eskirish hisoblanishining bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) usuli;
2) eskirishni ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ishlar hajmiga 
mutanosib holda hisoblash usuli (ishlab chiqarish);
3) hisobdan chiqarishning tezlashtirilgan usuli;
a) kamayib boruvchi qoldiq usuli;
b) foydali ishlatilgan yillar yig'indisi bo‘yicha qiymatni hisobdan 
chiqarish (kumulyativ usuli);
Hisoblangan eskirish summasi eskirish ajratmalari ko‘rinishida 
muntazam ravishda butun foydali ishlatish yoki me’yoriy xizmat qilish 
muddati davomida subyekt xarajatlariga taqsimlanadi.
Eskirish hisoblanishining bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) usuli shundan 
iboratki, bunda eskirish (amortizatsiya) bir maromda, teng bo‘lgan 
ulushlarda, asosiy vositalardan foydali ishlatilishi muddati davomida 
ulaming qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Eskirishni ishlab chiqarish usuli bo‘yicha hisoblash asosiy vositalar 
foydali xizmat muddatlarida ishlab chiqarish birliklarini hisobga olishga 
asoslangan.
Ushbu usul bo‘yicha har yilgi eskirish miqdorini aniqlash uchun 
obyektning 
butun 
foydali 
ishlatish 
muddati 
bo‘yicha 
umumiy
baholanadigan jamlangan ish mahsuli va ushbu aniq yildagi ish mahsulini 
bilish lozim. Ish mahsuli sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birligi, 
ishlatilgan soatlar miqdori va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalar jadallik bilan ishlatilganda hamda ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyotning ta’siri katta bo‘lganda, asosiy vositalaming eskirishi 
tezlashtirilgan yo‘l bilan ifodalanadi va ular quyidagi usullar bilan 
hisoblanadi: eskirish me’yorlari ikki barobar oshirilgan holda kamayib 
boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
32


Kamayib boruvchi qoldiq usul aktivning foydali ishlatish davri 
bo‘yicha eskirish summasi kamayib borishligini anglatadi. Ushbu usulning 
ma’nosi shundan iboratki, bunda bir tekisda (to‘g ‘ri chiziqli) usulida 
qo‘llani!adigan eskirish me’yorlari ikki barobarga ko'paytiriladi va asosiy 
vositalaming qoldiq qiymati nisbatan qo‘llaniladi.
Yillar yig‘indisi (kumulyativ) usul - bunda har bir yilda eskirish 
me’yorlari eskirishning oxirigacha qolgan eskirish qiymatining ulushi 
sifatida aniqlanadi. Ulush eskirish ajratmalari tugallanishigacha qolgan 
to‘liq yillar miqdorini eskirish muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘indisiga 
bo'lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Turli xil asosiy vositalar uchun eskirish hisoblashning turli xil 
usullarini qollash mumkin. Bunda asosiy vositalaming bir turiga faqat bir 
xil eskirish hisoblash usulini qo‘IIashgayo‘l qo‘yiladi.
Eskirishni hisoblash uchun tanlab olingan usul hisob siyosatida 
belgilanishi va bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davrigacha 
qo‘llanilishi hamda yil davomida o‘zgartirilmasligi lozim.
Qo‘llaniladigan eskirishni hisoblash usulidan qat’i nazar, hisobot yili 
davomida asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha eskirish ajratmalari har oyda 
yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanadi.
Asosiy vositalami eskirish ajratmalarining tegishli guruhlari bo‘yicha 
to‘g ‘ri ajratish muhim ahamiyatga egadir.
Eskirish xarajatlar schyotlari yoki boshqa manbalar bo'yicha to‘g‘ri 
o’tkazilganligini tekshirish uchun asosiy vositalar ishlab chiqarish turlarga 
mansub yoki mansub emasligini aniqlash lozim.
Eskirish hisoblanishini tekshirayotganda auditor asosiy vositalar 
bo'yicha eskirish hisoblanishiga, masalan, ijtimoiy-madaniy obyektlar 
bo’yicha eskirish mahsulot tannarxiga kiritilayotganiigiga alohida e’tibor 
qaratishi lozim.
Hozirgi paytda ko’pchilik korxonalar faoliyat ko'rsatmasdan turib 
qolishligi yoki ikki smenadan kam ishlayotganliklari munosabati bilan, 
asosiy vositalar zaxirada saqlanmoqda yoki konservatsiya qilingan. 
Eskirish hisoblanishi bir tekisda to'xtatilishi yoki amaldagi me’yorlarga 
kamaytiruvchi koeffitsientlami qo'llash tekshirav o'tkazishning muhim 
elementi hisoblanadi (eskirishni hisoblash bo'yicha ko’pchilik me’yorlar 
uskunalarning 
ikki 
smenada 
ishlatilishi 
asosida belgilanganligini 
unutmaslik kerak).
To‘liq eskirib bo'lgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish ajratmalari 
hisoblanib borilayotganligini tekshirish muhim ahamiyatga egadir.
33



Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə