T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish


səhifə23/188
tarix11.12.2023
ölçüsü
#144673
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188
Mutaxassislikka kirish

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. 
Fanning xususiyati, talabalarn­
ing bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kir- 
itilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish 
uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash 
va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizim- 
li bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
42


Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, 
tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli 
savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin 
bo‘lsa, savollar paydo bo'lsa. adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tiz- 
imli bayon eta olmasa va h.k.) o'qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo'yicha tayyorlangan ish kafe- 
drada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy 
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq boigan biror 
mavzu bo'yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy 
adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, 
ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron 
kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig'adi, tahlil 
qiladi, tizimga soladi va mavzu bo'yicha imkon darajasida toliq, 
keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o'qituvchidan 
maslahat va ko'rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya 
qilinadi.
Ko‘rgazmali vositalar (qurollar) tayyorlash. 
Talabaga muay- 
yan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o'zlashtirish uchun yordam 
beradigan ko'rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, 
xaritalar. maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, 
kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o'qituvchi 
tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko'rsatmalar, yo'l-yo'riqlar 
beriladi. Ko'rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni 
talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu 
bo'yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko'rgazmali materiallardan foydalanish bo'yicha yozma 
ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə