Ta lim texnologiyalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə80/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Kreativ ijodkorlikda o‗qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o‗z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‗qituvchilargina bunga erishishi mumkin.

Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste'dodi deyiladi.

Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‗indisi, iste'dodining yuksak cho‗qqisi – uning intellektini belgilaydi. “Intellekt – bu aqlan ish ko„rish, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati” (Veksler), ya'ni intellekt insonning atrof muhitga to‗liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi. (4 ilova)


  1. Pedagogik qobiliyatlar o‗z funksiyasiga ko‗ra umumiy va maxsus turlarga bo‗linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‗lganda o‗qituvchi o‗z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‗ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo‗lgan o‗qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.

O‗qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: “Ta'lim – tarbiyada ro„y beradigan ko„pgina kamchiliklar o„qituvchi o„z pedagogik qobiliyatining amaliy yo„nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste'dodning o„qituvchida yo„qligi natijasida ro„y beradi”.

Maxsus qobiliyatga ega bo‗lgan o‗qituvchilar faqat o‗zlari egallagan kasbiy yo‗nalishlari bo‗yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‗ullanadilar.


Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta'minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi (6 ilova).


Barcha mutaxassisliklarda bo‗lgani kabi o‗qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat – uning shaxsiy iste'dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda sub'ektiv shart - sharoitlar yaratadi.

Har qanday qobiliyat – shaxsga tegishli bo‗lgan murakkab tushunchadir, u faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‗z ichiga qamrab oladi.

Har qanday faoliyat ham murakkab bo‗lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‗yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‗z qobiliyatini ko‗rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‗lsa, shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi.

Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o„zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko„rsatkichlarga erishishni ta'minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish lozim.


O‗qituvchi qobiliyatini o‗rganishda xususiyatlar «ansambli» iborasini biz shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda mavjud bo‗lishini emas, balki ularning uzviy bog‗langan bo‗lishini, muayyan tizimda o‗zaro ta'sir qilishini ko‗zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri oldingi o‗ringa chiqib, yetakchi xususiyatga ega bo‗lsa, ayni vaqtda boshqalar uchun yordamchi xususiyatlar rolini o‗ynaydi.

Kishining kobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega. Qobiliyat yuqori mehnat unumdorligini ta'minlashga, binobarin, ijtimoy boylikning son va

sifat jihatidan tez o„sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. Shuning uchun ham bo„lajak o„qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o„z o„rnida foydalanishini o„rganib olishi zarur ekanligi haqidagi masala qat'iy talab qilinadi.

Qobiliyat bilim, ko‗nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‗ladi.

O‗qituvchining o‗quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaffaqiyatli bo‗lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog‗liq. O‗qituvchilarning faoliyati yosh avlodni ma'naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo‗ladi. Buning muvaffaqiyati o‗qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga bog‗liq. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun o‗qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo‗lishi kerak.


  1. Pedagogik–psixologiyada o‗qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‗q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‗payib va o‗zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha

―o‗zgarmas irsiyat‖ nasldan – naslga o‗tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‗rsatilgan:

  1. O‗z kasbiga muxabbat, o‗quvchilarni seva olishi.

  2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.

  3. Pedagogik taktga (odob va go‗zallikka) ega bo‗lish.

  4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.

  5. O‗z mehnatiga ijodiy yondashish.

  6. Javobgarlikni his etish.

  7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.

O‗qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‗ziga xos tizimlari mavjud.

Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:



  • asosiy xususiyatlar;

  • tayanch xususiyatlar;

  • yetakchi xususiyatlar;

  • yordamchi xususiyatlar.

Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‗lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‗p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‗qituvchining o‗zaro fikr almashuvi bilan bog‗liq xususiyatlari asosiy rol o‗ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‗qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi:


Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə